Tashabbuskorlik – xarakterning qimmatli xislati bo‘lib, bu xislat ko‘pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Temperament(lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik xarakteristikasi bo‘lib, ularning tezligi, o‘zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Tafakkur– turli masalalarni (nazariy va amaliy) echishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko‘plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o‘z-o‘zini shakllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |