Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Download 5,72 Mb.
bet164/233
Sana31.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#420089
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   233
Bog'liq
Filologiya 2 Majmua

Pedagogik xayol - bu kishining uvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirganda o‘z ish harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan maxsus qobiliyatdir.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari ituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator insoniy xislatlarga ega bo‘lishi lozimdir.
Ta’lim tizimini tubdan tashkil qilish o‘quv faoliyatini takomillashtirish, o‘quvchi shaxsini psixologik jihatdan rivojlantirish hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada O‘zbyekiston psixologlaridan M.G.Davlyetshin , B.R.Qodirov , E.G‘oziyev, R.I.Sunnatova, S.Jalilova, F.Xaydarov, Z.T.Nishonovalar tomonidan bu borada tadqiqot ishlari olib borilib ta’lim muassasalarida itish, tarbiya byerish masalalari atroflicha yoritilib byerilgan. M.G.Davlyetshin o‘z tadqiqotlarida talabalarning ish faoliyatidagi ko‘nikma, malakalarni hosil bo‘lishi va psixik qobiliyatlarni rivojlantirish masalalarini ilgari surdi. SHuningdek, uning shogirdlari tomonidan tadqiqot muammosini ilmiy dalillar asosida asoslab byerganlar.
Jumladan, M.G.Davlyetshin,S.X.Jalilovlar tomonidan hozirgi zamon ta’limining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
a) ta’limning har bir darajasini uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida anglash. Bu yo‘nalish maktab bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi aloqa muammolarinigina emas, balki talabalarning kasbiy tayyorligini oshirish vazifasini hisobga olgan holda oliy o‘quv yurti bilan mutaxassisning ishlab chiqqarish faoliyatini o‘rtasidagi aloqani ham ko‘zda tutadi;
b) “Ta’limni industriallashtirish” yani kompyutyerlashtirish va texnologiyalashtirish asosida hozirgi zamon jamiyatining aqliy faoliyatini kuchaytirish;
d) ta’limning hozirgi vaqgacha ustunlik qilgan axborot byeruvchilik shakllaridan faol o‘qitish metodlari va shakllariga o‘tish. Bu yo‘nalish “Xotira maktabi”dan “tushunish maktabi”, “tafakkur maktabi”ga o‘tishdan iborat;
e) o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va boshqarishning qat’iy belgilangan nazorat usullaridan rivojlantiruvchi, faollashtiruvchi, takomillashtiruvchi usullar va o‘yin usullariga o‘tish. Bu esa ta’lim oluvchilarning tashkiliy-ijodiy, mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va uni rivojoantirishni taqozo etadi.
f) ta’lim oluvchi va muallif o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirini tashkil etish, ta’lim oluvchilarning birgalikdagi jamoa faolligi sifatida tashkil qilish zaruriyati qayd qilinadi. Bunda asosiy urug‘, o‘qituvchining bilim berish faoliyatidan talabaning bilim olish faoliyatiga o‘tkaziladi.
Psixolog E.G‘oziyev tomonidan ham o‘quvchilar o‘quv faoliyatlari xususiyatlari talabalar o‘qish jarayonlari va undagi qiyinchiliklar masalalari tadqiq qilingan. Uning “o‘quv faoliyatini boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmasida o‘quv jarayonni boshqarish, bu borada xorij tadqiqotlari o‘quvchi shaxsi va aqliy taraqqiyot, intellekt muammolari tahlil qilingan. SHuningdek, olim tomonidan tafakkur muammosi keng doirada talqin qilinib, yoshga xos tafakkur jarayonlarini rivojlanish ko‘rsatkichlari tadqiqot natijalari asosida yoritib byerilgan.
Ma’lumki talabalarning yetakchi faoliyatini ish hisoblanadi. O‘quv faoliyati jarayonida mutaxassislarni tayyorlash asosiy maqsadlariga erishiladi. O‘qish faoliyati talabaning psixik jarayonlarini xususiyatlarini rivojlanishiga kasbiy muhim bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni egallashga ta’sir ko‘rsatadi. Agar ish ijodga aylansa, talabalarning hissiy sohasiga ijobiy ta’sir qiladi, diqqat va xotirasini rivojlantiradi, qoniqish hissini yuzaga keltirdi, faoliyatga nisbatan qiziqishi ortadi.
A.A.Abdurazzoqov va E.P.Nazirovlarning o‘tkazgan tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha birinchi va ikkinchi kurslarda auditoriyada beriladigan vazifalarga qiziqish kuchli bo‘ladi. YUqori kurslarda esa auditoriyadan tashqari vazifalarga va mutaxassislikka bog‘liq fanlarni chuqur o‘rganishga qiziqish kuchayadi. SHuning uchun talabalarning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda ularning bu xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Talabalarning o‘quv faoliyatini o‘rgangan E.G‘oziyev rahbarligida uning shogirdlari tomonidan zo‘r qiziqish bilan o‘rganildi. Jumladan, A.X.Ruhiyeva “Talabalar o‘quv faoliyatida o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissyertasiyasida umumlashgan o‘quv faoliyatining usullari sistyemasi orqali o‘quv faoliyatini boshqarish deganda maqsadga yo‘naltirilgan, ryejalashtirilgan, nazorat qilinadigan sistemalashtiriladigan, tashkil qilinadigan mustaqil bilim olishga qodir bo‘lgan faoliyatini tushuniladi. Tadqiqotda o‘z-o‘zini boshqarishning barcha komponentlarining tarkibiy qismlari xususiyatlarga egaligi professional qiziqishini takomillashtirish va faoliyatni amalga oshirishda uchraydigan to‘siqlarni yengish orqali talaba o‘quv faoliyati sub’yektiga aylanishi isbotlangan.R.I.Sunnatova ilmiy izlanishlarida shaxsda o‘z-o‘zini boshqarish va tafakkur opyerasiyalari tadqiq qilinib, bu borada tadqiqot ishlari olib boriladi. Olim tomonidan ta’lim muassasalarida o‘qitish ishlarini tashkil qilish va uni shaxs rivojlanishiga ta’sir masalalari yetarlicha yoritib byerildi. SHuningdek, olti yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorligi, moslashish xususiyatlari, psixik rivojlanish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
Z.T.Nishonova tadqiqotlarida aynan o‘smirlik davri o‘quv faoliyatlarini egallash masalalari yoritilib, muallif bu borada tafakkur sifatlarini rivojlanishi, bilimlar egallashning asosi ekanligini tadqiqot natijalari asosida ko‘rsatib o‘tadi.
F.I.Haydarov tomonidan o‘rganilgan muammo o‘quv faoliyati motivlari masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib bu borada qishloq va shahar maktablari o‘quvchilarining ish motivlarini rivojlanishi bo‘yicha tadqiqot ishini olib bordi. Tadqiqot natijalaridan shuni ko‘rish mumkinki, o‘smirlik davrida o‘qish motivlarini namoyon bo‘lish xususiyatlari ya’ni bilish, ijtimoiy, tashqi, ichki motivlari yoritiladi.Shuningdyek, ularning o‘zaro farqlar bo‘yicha dinamikasi ko‘rsatiladi Ma’lumki, shaxsda ishga nisbatan ijobiy xususiyat bilimga qiziqish, intiluvchanlikni yuzaga chiqishi ichki turtki sabablar ya’ni motivlarga bog‘liqligi asoslab berilgan.
S.X.Jalilovaning “Pedagogika instituti talabalarida shaxsiy sifatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasida talabalarda shaxsiy sifatlar dinamikasini aniqlashga uringan. Pedagogika institutilaridagi ta’lim jarayonida talabalarni sistyemali o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, “retrospektiv”, “real”, “ideal”, va“reflyeksiv”- “men”ni bir-biri bilan taqqoslash talabalarning shaxsiy-ehtiyoj sohasida hamda ularning shaxsiy professionallashuv jarayoniga ta’sir qiladi. Tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar asosida pedagogika institutilarining talabalarini pedagogik – psixologik tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu tavsiyalar milliy psixologiya va pedagogikaning eng yaxshi an’analarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, o‘qish, o‘qitish masalasiga e’tiborining ortishi bu boradagi tadqiqot ishlari olib borilishiga turtki bo‘ladi. O‘quv faoliyati masalasining mohiyati mazmuni o‘rganilgan bo‘lsada, yosh olimlarimiz tomonidan uning o‘rganilmagan jabhalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish