Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


ILK O‘SPIRINLIK YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI



Download 5,72 Mb.
bet145/233
Sana31.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#420089
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   233
Bog'liq
Filologiya 2 Majmua

ILK O‘SPIRINLIK YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Ilk o‘spirinlik yoshi davriga 15-18 yoshdagilar (akademik lisey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari) kiradi. Bu davrda o‘quvchi jismonan baquvvat, ishni tugatgach, mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o‘zini sinab ko‘radigan imkoniyatga ega bo‘ladi, ma’naviy jihatdan yyetuklikka erishadi. Ilk o‘spirin 16 yoshida mamlakat fuqarosi va 18 yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga ega bo‘ladi. Bularning barchasi ilk o‘spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga yetishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi va yyetuk shaxs sifatida ma’naviy o‘sishi uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi.


Ilk o‘spirinning shaxsi ijtimoiy hayotda, akademik lisey, kasb-hunar kolleji jamoasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan mutlaqo yangicha mavqei ta’sirida, ish va turmush sharoitidagi o‘zgarishlar ta’sirida tarkib topa boshlaydi.
Mazkur davrning yana bir xususiyati – mehnat bilan ta’lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta’siri ostida ilk o‘spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o‘sishida o‘ziga xos o‘zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo‘ladi. Akademik lisey, kasb-hunar kolleji uvchilari ijtimoiy hayotdagi dolzarb vazifalarni hal qilishda faol ishtirok eta boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta’lim xarakterining o‘zgarishi yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e’tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy his-tuyg‘uning vujudga kelishiga, bilimni o‘zlashtirishga ijodiy yondashishning kuchayishiga olib keladi, natijada mustaqil fikrlash shakllanadi.
Hayotda o‘z o‘rnini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni tanlash, istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo‘lishni keltirib chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g‘ayrat, shijoat, qahramonlik ko‘rsatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo‘lish bilan boshqa yosh davrlaridan keskin farqlanadi.
Ayniqsa, turmush va ish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari sinf (kurs) jamoasidagi o‘zgacha vaziyat, ilk o‘spirinlarning maxsus ta’lim tizimida egallagan yuqori mavqyei, jamoatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga yuksak talab hamda mas’uliyatli vazifalar qo‘yadi. Bu davrda ilk o‘spirin yangacha ta’lim muhitida tashkilotchilik, rahbarlik, tarbiyachilik, tashviqotchilik vazifalarini o‘tay boshlaydi.
Ilk o‘spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, o‘quv jamoasi, ta’lim jarayoni qo‘yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o‘rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar ilk o‘spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez o‘sishi orqali bartaraf qilinadi.
Ilk o‘spirinlik davri «kamolot bo‘sag‘asi» deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi.
Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Akselerasiya natijasida bugungi bolalarimizning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval yetilmokda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3 ta bosqichga ajratadilar:
I bosqich - prepubertat;
II bosqich - pubertat;
III bosqich - postpubertat,
Yosh psixologiyasi o‘spirinlikning yoshini I–II bosqichlar bilan bog‘lab kelar edi. Akselerasiya munosabati bilan o‘spirinlik yoshining chegarasi endi 15-16 dan 18 yoshgacha bo‘lmokda. Demak, o‘spirinlik ham oldin boshlanadi. Lekin, bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqyei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga bog‘liqdir.

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish