Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi



Download 1,09 Mb.
bet57/127
Sana18.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#391078
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Bog'liq
fayl 1493 20210818 (2)

Jismoniy tarbiyaning tabiiy-ilmiy asoslari. Bolaning biologik
rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmuyi o'rganadi. Ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va ular izdoshlarining organizm va muhit birligi, organizmning yaxlitligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasining tartibga soluvchilik roli haqidagi ta’limoti tashkil etadi. Oliy asab faoliyati, shartli reflektor, organizmning muhit bilan o‘zaro aloqasini va unga eng ko‘p darajada moslashuvini ta’minlovchi asosiy qonunlaming kashf etilishi bolani to‘laqonli jismoniy va ijtimoiy rivojlantirishda tarbiyaning rolini to‘g‘ri tushunishga, bolalar organizmining funksional imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berdi.
Organizmdagi barcha jarayonlaming birligi to‘g‘risidagi qoida ko‘p qirrali masala sifatida ko‘rib chiqiladi.

Birinchidan, organizm yagona bir butunlikdan iborat bo‘lib,
unda alohida organlar va sistemalar ishi o‘zaro bog‘liq holdadir [13; 45-b.]. Bu qoida jismoniy tarbiya, bolaga alohida yondashish vazifalarini hal etishning asosini tashkil etadi: jumladan chiniqtirish faqat shamollash kasalliklarining oldini olish uchun emas, shu bilan birga organizmning atrof-muhitning turli noqulay ta’sirlariga chidamliligini oshirish uchun o‘tkaziladi; har tomonlama jismoniy rivojlanish shuning uchun kerakki, organlar va sistemalar rivojlanishidagi nomutanosibliklar ulardan har birining ishlashiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, bu esa salomatlikda ham, harakat sifatlarida ham namoyon bo‘ladi.

Ikkinchidan, organizm yagona bir butun bo‘lib, unda jismoniy
va ruhiy jarayonlar bir-birini shart qilib qo‘yadi. Bu qoida maktabgacha tarbiya muassasasida ishni tashkil etish uchun muhimdir. Jismoniy tarbiya vositalari normal jismoniy rivojlanishni, yaxshi kayfiyatni, bolalarning bosiq va ayni paytda shodon holatini, ulaming ishchanligini ta’minlashga qaratilgandir. Busiz bolada ruhiy jarayonlaming to‘laqonli kechishi, uning har tomonlama rivojlanishi mumkin emas.

Uchinchidan, organizm yaxlit bir narsa sifatida atrofdagi muhit
bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. 0 ‘zgarib borayotgan muhit sharoitlariga yuksak darajada moslashish murakkab dinamik andozalarni va shartli reflektorli aloqalami vujudga keltirish bilan ta’minlanadi. I.P.Pavlovning beixtiyor harakatlarning shartli reflector tabiatiga bog‘liqligi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o‘zaro
aloqasi haqidagi ta’limoti negizida jismoniy mashqlar didaktikasi
ishlab chiqiladi, bolalarning madaniy-gigiyenik ko‘nikmalami va
odatlami o‘zlashtirishi ro‘y beradi. Oliy asab faoliyati tiplari to‘g‘risidagi ta’limot katta ahamiyatga ega, chunki bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, alohida ish olib borish metodikasi shunga asoslangandir. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari jamiyatning ehtiyojlari bilan belgilanadi. Bu ehtiyoj tarbiyaning umumiy maqsadidan kelib chiqadi, bu maqsad o‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda ulaming yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Jadal o‘sish va rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola organizmining o‘ziga xos xususiyatidir. Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda
nozik bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyidagi soglomlashtirish vazifalari birinchi o‘ringa qo‘yiladi:

1) hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish,
organizmning tashqi muhit ta’siriga qarshiligini oshirish [13; 46-b.];

2) organizmning barcha sistemalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantirish, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish;

3) to‘g‘ri qaddi-qomat va tovonni shakllantirish, uyg‘un jismoniy rivojlantirish.

Bolalar organizmi nomukammal, nozik bo‘lsa-da, barcha to‘qimalaming juda egiluvchanligi, tezkorligi, modda almashinuvi jarayonlarining jadalligi qudratli rivojlanishni ta’minlaydi. Bola sharoitlaming o‘zgarishiga, jismoniy zo‘riqishga kattalarga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U o‘ziga tushunarli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga idroki baland bo‘ladi, bu esa bir qancha ta’limiy vazifalami hal etish imkonini beradi:

  1. jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va madaniy-gigiyenik ko‘nikmalami o‘zlashtirish bilan bog‘liq dastlabki bilimlami shakllantirish;

  2. shaxsiy va ijtimoiy gigiyena ko‘nikmalarini singdirish;

  3. kelgusida sport bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hayotiy zarur harakatlar, malaka va ko‘nikmalami shakllantirish.

Jismoniy mashqlar bolalaming to‘laqonli aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasiga yordam berib, ularning ma’naviy-irodaviy sifatlarini (jasurlik, halollik, qat’iyat va boshq.) rivojlantiradi. Jismoniy tarbiya maqsadlari va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bizning mamlakatimizda yagona davlat sistemasi barpo etilgan. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi mafkuraviy, ilmiy-metodik, dasturiy-meyoriy asoslar birligidan iborat. 0‘zbekistondagi jismoniy tarbiya tizimi o‘zining g‘oyaviyligi, xalqchilligi va ilmiyligi bilan ajralib turadi. U barkamol avlodni tarbiyalash, rivojlantirish, sog‘lomlashtirish bilan bog‘liqdir.

Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar bilan ish olib borishda bu qoidalar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish qoidasi harakat madaniyati asoslarini shakllantirishni va ayni vaqtda aqliy qobiliyatlami (topqirlik, kuzatuvchanlik, qiziqish va boshq.), axloqiy fazilatlami (intizomlilik, jamoatchilik va boshq.), estetik didni rivojlantirishni tn’minlaydi. U yoki bu alohida jismoniy mashq turlariga erta ixtisoslashuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. U bola salomatligiga va uning uyg'un jismoniy rivojlanishiga zarar yetkazishi, yangi ko‘nikmalar, keyinchalik sport mahorati tarkib topishida, shakllanishida i|iyinchilik tug‘dirishi mumkin [13; 47-b.].

Sog‘lomlashtirish yo‘nalishi qoidasi materiallar va vositalar mazmunini, hajmini tanlashni ko‘zda tutadi, u salomatlikni mustahkamlashni, shifokor-pedagog nazoratini amalga oshirishni ta’minlaydi. Jismoniy tarbiyaning mehnat tajribasi bilan aloqasi bolalami ijtimoiy asoslangan har xil harakatlar tajribasi bilan boyitishda namoyon bo‘ladi. Turli vositalardan foydalanib, bolalarda aniqlik,
harakatlar tezligi, sharoitga bog‘liq tarzda o‘zini moslashtirish, o‘quv, mehnat, maishiy kabi har qanday yangi faoliyatda tezda o‘z o‘rnini topish tarbiyalanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya sistemasi jismoniy tarbiya vazifalari ro‘yobga chiqariladigan ilmiy asoslangan mazmun, vositalar, metodlar va shartlarning kompleks mazmunidan iboratdir.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish