Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi


Jismoniy tarbiyа. Aqliy tarbiyа. Axloqiy tarbiyа. Mehnat tarbiyasi



Download 1,09 Mb.
bet56/127
Sana18.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#391078
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127
Bog'liq
fayl 1493 20210818 (2)

Jismoniy tarbiyа. Aqliy tarbiyа. Axloqiy tarbiyа. Mehnat tarbiyasi

Jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi ta’limot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga ta’rif berilganda, «badantarbiya», «jismoniy barkamollik», «jismoniy tarbiya», «jismoniy rivojlanish» degan asosiy tushunchalar qo‘llaniladi. «Badantarbiya» tushunchasi eng umumiy hisoblanadi. U xalq madaniyatining bir qismi sifatida qaraladi. Badantarbiya jamiyat odamlarini jismoniy jihatdan mukammallashtirish uchun to‘plangan, vujudga keltirilgan va foydalaniladigan moddiy hamda madaniy qadriyatlar yig‘indisidir. Badantarbiyaning mazmuni quyidagilardan iborat:

1) mehnat va turmushdagi ko‘nikmalami (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalaming tozaligi) va gigiyenik rejimga doir odatlar (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uyqu, ovqatlanish gigiyenasi va h.k.);

2) tabiatning tabiiy sharoitlarida (havo, quyosh va suv) organizmni chiniqtirish;

3) jismoniy mashqlami o‘z ichiga oladi.

Jismoniy barkamollik odamning tarixan shart qilib olingan uyg‘un
jismoniy rivojlanishi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi darajasi bo'lib,
u jamiyat talablariga eng maqbul tarzda mos kelishi kerak.

Jismoniy rivojlanish - odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining o‘zgarishini ifodalaydigan biologik jarayon. Tor ma’noda bu antropometrik va biometrik ko‘r satkichlar: bo‘y, tana og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pka sig‘imi, qaddi-qomat va boshqalardir [13; 43-b.]. Jismoniy rivojlanish biologik hayot qonunlari - muhit va organizmning birligi, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga muntazam ravishda o‘tishiga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o‘zgartirib, organizmning funksional imkoniyatlari darajasini ancha oshirish, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish mumkin.

Jismoniy tarbiya bilan tarbiya boshqa jihatlarining o‘zaro aloqasi, bir tomondan, tarbiya maqsadi va vazifalari birligi bilan, boshqa tomondan, shaxs tuzilishi va uning rivojlanishida biologic va ijtimoiy hodisalaming birligi bilan belgilanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida ongni rivojlantirishga, axloqqa muvofiq odamlar xulqatvoriga faol ta’sir etish mumkin. Mustahkam salomatlik va to‘laqonli jismoniy rivojlanish ishchanlikni, turli xildagi vazifalarni bajarishga tezda moslashishni belgilaydi. Jismoniy mashqlar organizmning o'sishi va rivojlanishiga, uning funksional imkoniyatlari kengayishiga chuqur ta’sir ko'rsatadi. Harakat faoliyati miya peshona qismidagi bo‘limlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, u aqliy faoliyatni amalga oshirishda yetakchi o‘rin tutadi. Qo‘llar va barmoqlaming harakati nutq harakati markazi rivojlanishini rag‘batlantiradi. Shu
munosabat bilan bolaning nutqi, shu bilan birga fikrlashi ertaroq
va to‘laqonliroq rivojlanadi. Harakat barcha analizator sistemalarning ishini faollashtiradi. Shu tariqa hissiy organlar tezroq va muvaffaqiyatliroq rivojlanadi. Jismoniy va aqliy tarbiyaning mustahkam aloqasi fazodagi mo‘ljal olishlarini rivojlantirishda ham namoyon bo‘ladi. Ular aqliy faoliyat xilma-xil turlarining zarur
jihati bo‘lib, faqat ko'rish organi orqaligina emas, shu bilan birga
harakat organlari va boshqa analizatorlar ishtirokidagi jismoniy mashqlar yordamida, ayniqsa, faol o‘zlashtiriladi. Rejim jarayonlarini, jismoniy mashqlami o‘tkazish, chiniqish paytida bolalarning dunyoqarashi o‘zgaradi, ular ayrim eng oddiy bilimlami egallaydilar. Mustahkam sog‘lik faol aqliy faoliyatning
asosi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan bog‘liqdir. Bolalar gigiyena, chiniqtirish tadbirlarini, harakatli o‘yinlami bajarish chog‘ida faqat axloqiy xulq-atvor (mardlik, halollik, tartiblilik va h.k.) to‘g‘risidagina tasawurlarga ega bo‘lib qolmay, shu bilan birga ana shu xulq-atvor xususida mashq qiladilar, ularda irodaviy sifatlar (qat’iyat, mustaqillik va h.k.) rivojlanadi [13; 44-b.]. Aksariyat jismoniy mashqlaming his-tuyg‘uga boyligi ularning bola shaxsini shakllantirishga ta’sirini kuchaytiradi.

Jismoniy tarbiya asosan ishning jamoa shakllarida amalga oshiriladi. Jismoniy mashg‘ulotlarda, harakatli o‘yinlarda bolalarda jamoatchilik tuyg‘usi shakllanadi, uyushqoqlik, intizom tarbiyalanadi. Jismoniy tarbiya bilan estetik tarbiyaning aloqasi dastawal shunda o‘z ifodasini topadiki, to‘laqonli jismoniy rivojlanish -
bola estetik tashqi ko‘rinishining garovidir. Bolalarda chiroyli qaddiqomat, umumiy estetik qiyofa (chiroyli kiyinish, tartiblilik va h.k.) to‘g‘risida tasawurlar shakllanadi. Bolalar mashqlami bajarar ekanlar, erkin, chiroyli, ifodali harakat qilishga o‘rganadilar, bu esa estetik tuyg‘ulami tarbiyalashga ko‘maklashadi.
Jismoniy tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Umumiy chidamlilikni rivojlantirish - ishchanlikni tarbiyalash asosidir. Jismoniy mashqlar jarayonida harakat tajribasini to‘plash, harakatlar uyg‘unligini, kuchni chamalashni va boshqa qobiliyatlami rivojlantirish mehnat harakatlarini egallashda o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash odatini tarbiyalash ham muhimdir. Sog‘lom, chaqqon bola mehnat topshiriqlarini oson bajaradi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish