Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi


О‘rta asrlarda Sharqda, Yevropada, Rossiyada ta’lim va tarbiya berish hamda til ta’limiga e’tibor



Download 1,09 Mb.
bet23/99
Sana04.06.2022
Hajmi1,09 Mb.
#636464
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Bog'liq
fayl 1493 20210818

О‘rta asrlarda Sharqda, Yevropada, Rossiyada ta’lim va tarbiya berish hamda til ta’limiga e’tibor
Rossiya Federatsiyasi maktabgacha ta’lim tizimining xususiyatlari. Ta’lim doirasidagi davlat siyosati mamlakat konstitusiyasi va ta’lim tо‘g‘risidagi qonunida о‘z aksini topgan gumanizm va demokratiya g‘oyalari asosida qurilgan. Bu hujjatlarda ta’lim insonni davlat, jamiyat va shaxsning о‘z manfaatiga maqsadli yо‘naltirilgan о‘qitish va tarbiyalash jarayoni ekanligi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘rsatilgan. Rossiya ta’limining tarkibini о‘quv dasturlari va turli pog‘onali davlat standartlari hamda yо‘nalishlari, shuningdek boshqaruvchi tashkilotlar – ta’lim tizimidan tashqari va ta’lim tizimiga bо‘ysunuvchi muassasalar tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim Rossiya Federatsiyasi о‘qitish tizimining birinchi pog‘onasidir. Eng kichik yoshdagi bolalar uchun ham ta’lim olish imkoniyatini berish g‘oyasi 1918 yilda «Yagona mehnat maktabi tо‘g‘risidagi Nizom» vujudga kelgandan sо‘ng paydo bо‘lgan. Nizom qabul qilingan kundan boshlab har bir bola tug‘ilganidan boshlaboq о‘qish huquqiga ega bо‘lishi mumkinligi kafolatlangan. Bugungi kun ta’lim standartlari «Bolalar huquqlari xalqaro Konvensiya»sida ifodalanib, unda quyidagilar ta’kidlanadi:
bolalar ta’lim olish maskanlariga qatnash imkoniyatiga ega bо‘lishlari kerak;
kattalar bolalarga о‘qish faoliyati uchun sharoit yaratib berishlari lozim;
ta’lim о‘z ichiga kichik odamni jamiyat doirasida о‘z hayotini tushunib yetishga tayyorlash uchun barcha kerakli sharoitlarni qamrab olgan
bо‘lishi zarur;
о‘quv jarayoni qatnashchilarining о‘zaro harakatlari bolani hurmat qilishni ifodalashga asoslangan bо‘lishi kerak [18; 37-b.].
Rossiyadagi maktabgacha ta’lim tizimi doimo о‘zgaruvchan holatda bо‘lib, u muntazam ravishda yangilanadi, kо‘rinishini о‘zgartiradi va mukammallashib boradi. Bola uchun ilk ustozlar uning ota-onasi hisoblanadi. Ular bolalarni gо‘dakligidan jismonan, intellektual va axloq masalalarida tarbiyalashlari lozim. Maktabgacha tarbiya muassasalari (MTM) faoliyati oilalarga bilim olish va tarbiyaning keyingi bosqichida yordam berishga qaratilgan. Ayrim mutaxassislar bolalar bog‘chalariga hojat yо‘q, maktabgacha tarbiya esa tо‘liq otaonalar zimmasiga yuklatilsin va ularning о‘zlari bolani 1-sinfga qayerda va qanday qilib
tayyorlash yо‘lini hal qilsinlar, deb ta’kidlaydilar. Lekin statistik ma’lumotlarga kо‘ra, MTMlar xizmatidan aksariyat ota-onalar foydalanadilar. Shuning uchun ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasi kelajakda Rossiya maktabgacha tarbiya modernizatsiyasini birinchi darajali masalalaridan biri deb belgilaydi. Namunaviy nizomlarga binoan, bolalar ta’lim muassasalari besh turga bо‘linadi:
rivojlanishning bir-ikki yо‘nalishini amalga oshirishni muhim deb bilgan bolalar bog‘chalari;
psixikasi normadan og‘ib ketgan bolalarni malakali korreksiyalashga qaratilgan kompensatsiyalovchi turdagi bog‘chalar;
tarbiyachi nazorati ostida bolalar bilan sog‘lomlashtirish mashqlari о‘tkazib boriladigan bolalar bog‘chalari;
о‘z hududida umumiy rivojlanish, sog‘lomlashtirish va kompensatsiyalovchi guruhlar turli variantlarda jamlangan bolalar bog‘chalari;
bolalarni erta rivojlantirish markazlari – kichkintoylar sog‘lomlashishi, yangi bilimlar va qobiliyatlarni egallashi, ruhiy madad olishi mumkin bо‘lgan bolalar bog‘chalari [18; 37-b.].
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tizimi kо‘p funksionallik, rang-barang rejalashtirish, ustuvor rivojlantirish yо‘nalishi va turli dasturlashni aniqlash erkinligi bilan ifodalanadi. Rossiyaning maktabgacha ta’lim tizimi «О‘quv jarayonni modernizatsiyasi Konsepsiyasi»ga asoslangan. Bu konsepsiyada ta’limning sifat kо‘rsatkichlarini ta’minlashga muhim ahamiyat berilgan. Bu hujjat ta’lim tо‘g‘risidagi qonunga, Rossiya Federatsiyasi Konstitusiyasiga, MTM tо‘g‘risidagi Namunaviy nizomlarga va Ta’lim vazirligining boshqa qarorlariga asoslangan. Bu Konsepsiyada alohida tashkilotlarning foydali tajribasi asosida о‘qitish mazmunini yangilash kerakligi haqida sо‘z yuritiladi. Nazariy tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, maktabgacha ta’lim mazmunini tо‘ldirishga stereotip yondashishlarni о‘zgartirish kerak, ta’lim berish jarayoni esa quyidagi tamoyillar ketmaketligi asosida kо‘rilishi lozim:
о‘qitishning rivojlantiruvchi xarakteri asosida о‘qitishni olib borish bolalarning yashirin va salohiyatli xislatlarini namoyon qiladi;
tizimli ta’lim bolalarga hodisalar, о‘rganilayotgan obektlar va hayotiy qadriyatlarning о‘zaro bog‘liqligini aniqlashga yordam beradi;
bolaning rivojlanishi uning his-tuyg‘ulari va yoshiga mos bilim olishning ratsional shakllariga tayanadi;
kо‘p madaniyatli tarbiyaning mazmunan kichkintoylarni madaniyat va о‘zining mahalliy hamda boshqa millat va elatlarning urf-odatlarining о‘ziga xosligiga yaqinlashtirish, boshqalar fikriga chidamliroq bо‘lish, о‘zining noroziligi, g‘azablanishi va xafaligini meyorlangan holda ifodalashdan iborat;
salomatligining sog‘lom turmush tarzi, gigiyena qoidalariga amal qilish va sport bilan shug‘ullanish ehtiyojiga asoslanadi [18; 38-b.].

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish