Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi


-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni tо‘ldirish tartibi



Download 1,09 Mb.
bet79/99
Sana04.06.2022
Hajmi1,09 Mb.
#636464
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99
Bog'liq
fayl 1493 20210818

3-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni tо‘ldirish tartibi
8. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanilmaydigan xonalar bо‘lganda tashkil etiladi.
9. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning о‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi о‘rinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) arizasi va bola sog‘lig‘i holati tо‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
10. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
bolaning qonuniy vakili arizasi;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yо‘llanma;
bola sog‘lig‘i holati tо‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
11. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar о‘z faoliyatini davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i asosida amalga oshiradi.
12. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar о‘z faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.
13. Bitta xonada kо‘pi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada tashkil etishga yо‘l qо‘yiladi.
14. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena talablariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan xonalarida tashkil etiladi.
15. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar qabul qilinadi.
16. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 2 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar qabul qilinadi.
17. Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan tо‘ldirilishi mumkin.
18. Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va:
bola qonuniy vakilining arizasi bо‘yicha;
tibbiy kо‘rsatmalar bо‘yicha;
bola maktabgacha ta’lim tashkilotining tо‘liq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha ta’lim tashkilotiga yо‘llanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shart.
19. Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
20. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat kо‘rsatishi mumkin:
rivojlantirish guruhi;
bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi;
inklyuziv guruh;
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va kо‘pi bilan 30 nafar bola bilan tо‘ldiriladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi 5-6 yoshdagi bolalar uchun (umumta’lim muassasalariga qabul qilishdan bir yil avval) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida yordam berish maqsadida, shuningdek, bolalarni umumta’lim muassasalarida о‘qishga tayyorlash va teng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi kо‘pi bilan 30 nafar bola bilan tо‘ldiriladi.
Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhi kо‘pincha maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida, shuningdek, bо‘sh turgan xonalar bо‘lsa — umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, «Barkamol avlod» bolalar markazlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari negizida tashkil etiladi;
Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar uchun о‘ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik kо‘maklashish, о‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega bо‘lmagan bolalar bilan birga о‘qishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh kо‘pi bilan 15 nafar bola bilan tо‘ldiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin.
21. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.
22. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida bо‘lgan vaqtida ularning hayoti himoya qilinishini va sog‘lig‘i mustahkamlanishini tashkil etish;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qо‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi;
bolalarni umumta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich ta’limga shaxsga yо‘naltirilgan yondashuvni qо‘llagan holda tayyorlash sifati;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlamaslik.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish