6-bob. Autsorser faoliyatini tashkil etish 21. Komissiya qarori asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limlari bilan autsorser о‘rtasidagi shartnoma bir yildan uch yilgacha bо‘lgan muddatga tuziladi.
Bunda bir yillik muddat barcha autsorserlarga, uch yillik muddat esa muassasa oshxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zamonaviy jihozlar bilan tо‘ldirish maqsadida investitsiya kiritish sharti bilan majburiyat olgan autsorserlarga nisbatan qо‘llaniladi.
22. Autsorser tomonidan muassasalarda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bо‘yicha uzoq muddatga rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar taqdim qilinganda, Komissiyaning qaroriga asosan tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limlari bilan autsorser о‘rtasida besh yilgacha muddatga shartnomalar tuzilishi mumkin.
23. Autsorserlarga muassasalarning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun tо‘lov nol stavka bо‘yicha belgilanadi hamda ovqatlantirishni tashkil etish uchun iste’mol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati maktabgacha ta’lim muassasasiga ajratilgan О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari doirasida qoplanadi.
24. Autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etiladigan muassasalarda bolalarni ovqatlantirishni moliyalashtirish ota-onalar tо‘lov pullari, О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Bunda autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etilgan muassasadagi mavjud oshpaz, oshxona ishchilari, omborchi shtat birliklari belgilangan tartibda qisqartiriladi.
25. Autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati, vazni, tarkibining taomnomaga muvofiqligi muassasa mudiri, hamshira, ota-onalar vakillaridan iborat Brakeraj komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi va nazorat yakunlari muassasaning tayyor taomlar sifatini nazorat qilish bо‘yicha yuritilgan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi brakeraj daftarida har kuni qayd qilib boriladi.
Brakeraj komissiyasi autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati, vazni, tarkibining taomnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limiga bildirgi kiritadi.
26. Bildirgi asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limlari Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish bо‘yicha Tanlov komissiyasi bilan kelishgan holda, ishchi guruh tashkil qiladi va autsorser faoliyatini о‘rganib chiqadi hamda о‘rganish natijalarini Komissiyaga taqdim etadi.
27. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari va meyorlari bajarilishi holatining monitoringini olib borish hamda kunlik sinamalar olish muassasa tibbiyot xodimi zimmasiga yuklanadi.
28. Tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish guruhlarda tashkil etilganda, tayyor taomlar taomnomada belgilangan miqdorlarda va sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda bо‘lishini ta’minlashga muassasa rahbari mas’ul hisoblanadi.
29. Autsorser tomonidan sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi, oshxona xodimlarining sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishini nazorat qilish tuman (shahar) davlat sanitariya-gigiyena nazorati markazi tomonidan amalga oshiriladi.
30. Taomnoma rejasi bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib ravishda, har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik о‘rtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda autsorser tomonidan bir kun oldin soat 16:00 gacha tuziladi.
31. Muassasa rahbari tomonidan joriy kundagi tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ertalab soat 9:00 ga qadar tasdiqlangan buyurtmada kо‘rsatilgan bolalar soniga kо‘ra asosiy taomnoma autsorser tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda uch nusxada tuziladi.
Autsorser har kuni asosiy taomnomaning bir nusxasini muassasa rahbariga taqdim etadi va bir nusxasini tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limiga har о‘n kunda hisobot bilan topshiradi.
32. Taomnomada tayyor taomlar vazni, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va ularning miqdorlari kо‘rsatiladi.
33. Muassasada tarbiyalanuvchilarning xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash maqsadida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari autsorser tomonidan yuritiladi.
34. Oshxona va oshxona jihozlarini ta’mirlash, xodimlar ish haqi, oshxona jihozlari, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantiruvchi va yuvish vositalari bilan ta’minlash ishlari autsorser tomonidan amalga oshiriladi.
35. Autsorser har о‘n kunda tasdiqlangan taomnomalar nusxalari va kо‘rsatilgan xizmatlar bо‘yicha hisob-faktura hujjatlarini, muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan buyurtmani tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limi markazlashtirilgan buxgalteriyasiga taqdim etadi.
Bunda autsorser barcha xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) о‘z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda, amaldagi о‘rtacha bozor narxlari bо‘yicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqadi.
Amaldagi о‘rtacha bozor narxlari har oyda tuman va shahar hokimliklari tomonidan aniqlanib, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim qilingan narxlarni tahlil qilib, hokimlikning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtiradi hamda tegishli hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmasiga tasdiqlangan holda taqdim etadi.
36. Hisobotlar asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limlari autsorserga kо‘rsatgan xizmatlari bо‘yicha tegishli mablag‘larni joriy oyning 25-kuniga qadar о‘tkazib berishni ta’minlaydi. Bunda joriy oyning qolgan kunlari uchun mablag‘lar keyingi oy kunlari uchun tо‘lanadigan mablag‘larga qо‘shib о‘tkazib beriladi.
37. Muassasa xodimlarining ushbu muassasada ovqatlanishini tashkil etish autsorser bilan xodim о‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq tо‘lov asosida amalga oshiriladi.
Faoliyati bolalar tarbiyasi bilan uzluksiz ravishda bog‘liq bо‘lgan xodimlar (mudira, hamshira, tarbiyachi va yordamchi tarbiyachi) shartnoma asosida ovqatlanadi.
38. Muassasa xodimlarini ovqatlantirish alohida taomnoma asosida tashkil qilinadi.
39. Ovqatlantirish narxlari ovqatlangan xodimlar soni, ular uchun sarflangan taomlar miqdori va qiymati orqali aniqlanadi va har bir xodimga tо‘lov puli belgilanadi.
40. Xodimlarning muassasada ovqatlanganligi uchun tо‘lovlar xodimlar tomonidan joriy oyning 25-kunidan kechiktirmay autsorserga tо‘lab beriladi.
41. Xodimlarning muassasada ovqatlanganligi uchun tо‘lovlar miqdorini hisoblashda xodimning faqat ishda bо‘lgan kunlari e’tiborga olinadi.
Xodimning ishda bо‘lmagan kunlari uchun undirilgan tо‘lovlar keyingi oy uchun tо‘lov amalga oshirilayotganida hisobga olinadi.