Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi
takomillashtirish masalalarini kо‘rib chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan о‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini kо‘rib chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va pedagog xodimlarining hisobotlarini eshitadi
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yо‘nalish-larini belgilaydi;
О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga kelishib olishga kiritish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan kо‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xо‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet mablag‘laridan, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish tо‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limlariga davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini va boshqa xodimlarini rag‘batlantirish tо‘g‘risida takliflar kiritadi
О‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya tо‘g‘risida”gi qonunining 51-moddasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari berilgan. Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridir. Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi [3].
Мактабгача таълим ташкилотлари ташкил этилишига qадар мудира тушунча амалиётда qўлланилган. Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining rahbari бўлиб qуйидаги вазифаларни бажарилган:
Mudiraning tashkiliy, ma’muriy, pedagoglik faoliyati va unga quyilgan talablar.
Mudira ishining mazmuni:
a) ma’muriy-xо‘jalik ishlarini boshqarish; b) tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik; v) ta’lim-tarbiya va metodik ishlarga rahbarlik; g) ota-onalar bilan ishlash uslublari; d) dastur talablarining bajarilishini nazorat qilish; ye) mudiraning maktabgacha ta’limi bо‘linmalari, ota-onalar,jamoatchilik oldidagi mas’uliyati; j) mudira ishini rejalashtirish; z) mudiraning xuquq va vazifalari. 3. Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchisi, uning yutuqlari,vazifalari va unga quyilgan talablar. 4. Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi (1.8-jadvalga qarang) [21; 65-b.]: 1.8-jadval.