Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi



Download 0,95 Mb.
bet24/99
Sana03.03.2022
Hajmi0,95 Mb.
#480036
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99
Bog'liq
sohalar kompetensiyasi

Maktabgacha ta’limning ingliz tizimi. Buyuk Britaniya noyob madaniyat va an’analar davlati hisoblanadi. Ingliz ta’lim berish tizimi dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biri deb hisoblanadi, Britaniya ta’lim dasturlari eng yuqori standartlarga mos keladi. Buyuk Britaniyada maktabgacha ta’lim berish kambag‘al ishchi oilalar bolalariga kо‘ngilli yordam berish harakatiga asosan vujudga kelgan. 1816 yilda Robert Ouen ilk bor Shotlandiyada о‘z fabrikasi ishchilarining farzandlari uchun ilk bor bolalar bog‘chasini ochgan. XX asr boshlarida opa-singil Makmillanlarning tashabbusi bilan bir nechta bolalar bog‘chalari ochilib, ularda asosan kam ta’minlangan oilalar farzandlarining salomatligi va yaxshi ovqatlanishlari uchun g‘amxо‘rlik kо‘rsatilgan [18; 38-b.].
Rivojlanish bosqichlari. 1988 yilda «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonuni kuchga kirib, unda nafaqat ta’lim standartlari, balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Angliya, Shotlandiya va Uelsda majburiy ta’lim 5 yoshdan, Shimoliy Irlandiyada esa 4 yoshdan boshlanadi. О‘qitishni boshlash muddati Yevropada eng erta deb hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim ustuvor yо‘nalish toifasiga 1996 yilda maktabgacha ta’lim tizimi haqidagi qonun qabul qilingandan keyingina tushgan. Uni qabul qilishdan asosiy maqsad bolalar bog‘chalarida ta’lim berish sifatini yaxshilash, ta’lim standartlarini oshirish va erta ta’lim berishni moliyalashni oshirishdan iborat. Taklif qilingan tizim doirasida о‘ziga xos о‘quv rejasi о‘rnatilib, uning bajarilishi maktabgacha ta’lim muassasasining davlat ta’lim tizimi talablariga javob berishi lozim. Maxsus ehtiyojlarga muhtoj va ingliz tili ularning ona tili bо‘lmagan bolalarga alohida e’tibor berilgan. Shuni ta’kidlash joizki, bolalar tarbiyasi va ta’lim olishi о‘rtasidagi farq hamma mamlakatlarda mavjud emas. Buyuk Britaniyada esa ikkalasi ham ahamiyatli va zarur, deb tan olingan. Birlashgan Qirollikda bunday xizmat kо‘rsatuvchi 25 turdagi muassasalar faoliyat olib boradi va shuning uchun bu yerdagi ta’lim tizimi turlicha va ahamiyati ham teng emas. 1997 yildan Angliyada erta ta’lim islohoti amalga oshirilmoqda. Bu davrgacha erta ta’lim olish va tarbiyalashga yondashish tizimlashtirilmagan edi – maktabgacha tarbiya muassasasi xohlaganicha о‘qitish dasturi yoki xizmat kо‘rsatish turlarini qо‘llashi mumkin edi. Bu holat yagona ta’lim tizimiga jamlanmagan «noyob» yondashishlarning tarqalishiga olib keldi. О‘qitish uchun xizmatlar sifati о‘zgarib turar edi. Angliyadagi 3-4 yoshdagi bolalar uchun maktabgacha ta’lim Yevropada eng yaxshilardan biri deb tan olingan bо‘lsa-da, Buyuk Britaniyada о‘tgan asrning 90-yillar boshiga kelib undan faqat 20 foizgina bolalar foydalanar edilar. Qabul qilingan islohot 3-4 yoshdagi bolalar tarbiyasi uchun yagona ta’lim dasturi ishlab chiqarilishiga yо‘naltirilgan edi. 1988 yilda maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun 15 mlrd. dollar miqdorida mablag‘ sarflangan. Shu bilan birga 1997 yilga kelib Buyuk Britaniyada maktabgacha ta’limning birorta ham xususiy tizimi bо‘lmagan bо‘lsa-da, hozirga kelib ularning soni 20 tadan oshib ketdi [18; 41-b.].
Germaniyada maktabgacha ta’lim tizimi. Germaniya qonunlarida maktabgacha ta’lim olishning bepul huquqi belgilangan. Bolalarni 4 oyligidanoq yasliga olib borish mumkin. Kо‘pchilik nemislar bu huquqdan foydalanadilar. Nemislarda keksa avlod vakillari bо‘lmish buvi va buvalar nevaralar tug‘ilgandan sо‘ng nafaqaga chiqib, ularga qarash majburiyatlari tushunchasi yо‘q. Shuning uchun ota-onalar bolalarini bolalar bog‘chalari va yasliga berishga majbur bо‘ladilar. Maktabgacha tarbiya muassasalarining (MTM) rang-barang shakllari va turlari hayratlantiradi. Eng qiziqarli bolalar bog‘chalari turlari quyidagicha:


  1. Download 0,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish