8-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish 40. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bо‘lgan bolalar uchun reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotga hududiy biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlari tibbiyot xodimlari tomonidan о‘tkaziladi.
41. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qо‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan shartnoma asosida о‘tkaziladi.
42. Tibbiyot xodimlari О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq tarbiyalanuvchining rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bо‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini о‘tkazadi.
43. Davolashning belgilangan kursi doirasida tibbiy reabilitatsiya muolajalarini о‘tkazish har bir tarbiyalanuvchi uchun mashg‘ulotlar jadvalini hisobga olib yakka tartibda о‘tqaziladi.
44. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda bolaning bо‘lish muddati tugaganidan sо‘ng uning qonuniy vakillari yashash joyidagi tibbiyot muassasasi uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bо‘lgan har bir bolaning tibbiy kartasidan kо‘chirma beriladi.
45. Tibbiy jismoniy tarbiya bо‘yicha mashg‘ulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega о‘qituvchi tomonidan о‘tkaziladi.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qо‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari tо‘g‘ri tashkil etilishi hamda о‘tkazilishi ustidan nazorat ushbu tashkilot joylashgan joydagi sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
47. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qо‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotining shtatidagi xodimlar sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan о‘tadi.
48. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qо‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar xodimlari sog‘liqni saqlash organlarining muassasalari tomonidan shartnoma asosida tibbiy tekshiruvdan о‘tkaziladi.