Texnika o‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o‘yinchoqlari sodda, boshqarish va foydalanish
jihatidan qulay va osondir. Bu o‘yinchoqlar o‘ynashda buyumning
asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlaming asosiy tipi mavjud:
kublar, prizmalar, konuslar, piramida, silindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to‘plami.
turli blok-devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish materiallari. 0‘ynashga mo‘ljallangan mayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) qurilish materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin [13; 73-b.].
Do'stlaringiz bilan baham: |