7-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishda ishtirok etadigan xodimlarning vazifalari 36. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bо‘limining mudiri:
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga hamda ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash ishlariga umumiy rahbarlik qiladi;
tarbiyalanuvchining muassasada bо‘lgan davri uchun muassasa hisob-raqamiga tushgan badal tо‘lovlari va davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalarda oziq-ovqat mahsulotlari muvofiqlik va gigiyenik sertifikatlar asosida tasarrufidagi muassasaga sifatli yetkazib berilishini ta’minlaydi;
bir nafar tarbiyalanuvchiga kunlik ovqatlanish narxlarini belgilashni, taomnoma blankalarini raqamlash, muhrlash, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishini ta’minlaydi;
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tо‘liq ta’minlagan holda amalga oshirilishiga shaxsan mas’uldir.
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri:
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va tо‘laqonli ovqatlantirishni tashkil etishga javobgar hisoblanadi;
maktabgacha ta’lim muassasasiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifat tavsifiga mos ravishda qabul qilinishini ta’minlaydi;
tarbiyalanuvchilarning muassasada bо‘lgan davri uchun badal tо‘lovlari о‘z vaqtida va tо‘liq tо‘lab borilishini ta’minlaydi;
ota-onalar yig‘ilishlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi tо‘g‘risida har chorakda bir marta hisobot berib boradi;
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish darajasini baholash maqsadida har yarim yilda kamida bir marta ota-onalar о‘rtasida sо‘rovnomalar о‘tkazadi va uning natijalarini muhokama qilib boradi;
maktabgacha ta’lim muassasasidagi brakeraj komissiyasining tarkibini tasdiqlaydi, zarur hollarda tarkibga о‘zgartirishlar kiritadi, brakeraj komissiyasining ishini muvofiqlashtiradi.
38. Maktabgacha ta’lim muassasasi hamshirasi:
taomnomalarning xilma-xilligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan tuzilishi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishini nazorat qiladi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, saqlanish qoidalariga amal qilinishini hamda iste’molga berilishini, tayyorlangan taomlar sifatini, mahsulotlarning taomlarni tayyorlashda tо‘g‘ri taqsimlanishini, taom vaznini va sifatini, oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan meyorlar asosida sarflanishini ta’minlaydi;
tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga asosan tashkil etadi;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bо‘yicha ta’minlanishi yuzasidan har о‘n kunlik hisobotini yuritadi;
yig‘ma hisobotlardan kelib chiqib, taomlar ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi;
tayyor taomlardan sinama olish, ularning organoleptik (hid bilish, ta’m bilish, kо‘rish) usul asosida baholanishini va jurnalga qayd etishni hamda taomlardan olingan sinamalar talab etilgan darajada saqlanishini ta’minlaydi;
ombor mudiri va oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzadi;
har uch yilda bir marta belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bо‘yicha malaka oshiradi.
39. Maktabgacha ta’lim muassasasi oshpazi eng kamida 3-razryadli oshpaz darajasiga oid maxsus kasbiy ma’lumotga ega bо‘lishi zarur va quyidagi vazifalarni bajaradi:
taomlarni maktabgacha ta’lim muassasasidagi taomnoma asosida tayyorlash texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bо‘ladi va tarqatadi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida tо‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi;
taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshiradi;
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini о‘rganadi hamda organoleptik usul orqali ularning sifat kо‘rsatkichlarini farqlaydi;
issiqlik ishlov beruvchi, vazn о‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bо‘yicha malaka oshiradi.
40. Maktabgacha ta’lim muassasasining oziq-ovqat mahsulotlari ombor mudiri (omborchi) eng kamida о‘rta maxsus (buxgalter, tovarshunoslik yoki oziq-ovqat texnologiyasi mutaxassisligi bо‘yicha) ma’lumotga ega bо‘lishi zarur va quyidagi vazifalarni bajaradi:
oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishni tashkil etadi, omborxonaga joylashtiradi va ularni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qiladi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining omborxonadagi qoldiq miqdoridan kelib chiqib, yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni shakllantirishda ishtirok etadi;
kunlik taomnomada belgilangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini oshxonaga beradi;
yetkazib beruvchilar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining yukxatiga mosligini tekshiradi, ularning vaznini о‘lchaydi va sifatini kо‘zdan kechiradi;
omborxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarining hisobini yuritadi, mahsulotlarni sifat tavsifiga, foydalanish muddatlariga amal qilgan holda saqlaydi;
omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarini yuritadi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bо‘yicha malaka oshiradi.
41. Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga mas’ul xodimlarning malakasini oshirish О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladi hamda О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan о‘quv rejasi va dasturi asosida amalga oshiriladi.