Topografik s’yomka va uning mohiyati
Gorizontal s’yomkada joydagi nuqtalarning gorizontal tekislikka bo’lgan proyeksiyalari aniqlanib, joyning konturli rejai chiziladi, s’yomka, asosan teodolit bilan bajariladi.
Topografik reja chizish uchun, dastlab gorizontal s’yomka, keyin shu joyda vertikal s’yomka qilinib, shu ikki s’yomka materiallari bo’yicha joyning topografik rejai chiziladiki, bu juda ko’p vaqtni oladi va ortiqcha mablag’lar talab qiladi. Shuning uchun joyning topografik rejaini chizish uchun shu joyda gorizontal hamda vertikal s’yomka bir vaqtda bir asbob bilan bajariladi, bu topografik s’yomka bo’ladi.
Topografik s’yomka, ishlatiladigan asbob va ishlash usuliga qarab, taxeometrik va menzula s’yomkasiga bo’linadi. Taxeometrik s’yomkada dala va kameral ishlar ikki bosqichda bajariladi, menzula s’yomkasida esa dala va kameral ishlar bir vaqtda bir asbob bilan dalada bajariladi.
Bu s’yomkada gorizontal hamda vertikal s’yomka bir vaqtda bajarilganidan, ishlatiladigan asbob ham shunga moslangan bo’ladi, bu asbob taxeometr deyiladi. Taxeometr yasalishi va zarur kattaliklarning qanday aniqlanishiga qarab, doiraviy va avtomatik taxeometrlarga bo’linadi. Doiraviy taxeometrda topografik reja chizish uchun kerakli chiziqning uzunligi dalnomer bilan o’lchanadi, uning gorizontal qo’yilishi hisoblab topiladi; taxeometr bussol yordamida magnitli meridian buyicha oriyentirlanadi; nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik, vertikal burchak va dalnomer masofa buyicha trigonometrik yo’l bilan hisoblanadi. Avtomat taxeometrlarda esa masofaning gorizontal qo’yilishi va nisbiy balandlik iplar to’ridagi maxsus egri chiziqlar yordamida, hisoblanmasdan topiladi, ya’ni egri chiziqlar bo’yicha reykadan olingan sanoqlar masofa va nisbiy balandlik bo’ladi.
D o i r a v i y taxeometr. Bussol, dalnomer iplari hamda vertikal, doira bilan ta’minlangan takroriy teodolit - doiraviy taxeometr bo’ladi.
Taxeometrik reja olish deganda, joyning gorizontal va vertikal rejaini bir yula olish tushuniladi. Taxeometrik reja olish natijasida joyning tafsilotlari va relyefi tasvirlangan topografik karta yoki reja hosil bo’ladi.
Taxeometrik reja asosan 1:1000, 1:2000 va 1:5000 masshtablarda olinadi. Reja olishning bu usuli ko’pincha murakkab relyefli kichik joyning, shahar, posyolka va qishloqlardagi ochiq joylarning, uzunasiga ketgan inshootlar, masalan, yo’llar, elektr va telefon liniyalari, gaz, suv, neft quvurlari va shu kabilarning trassalari rejaini olishda qo’llaniladi.
Taxeometrik reja olishda asbob o’rnatilgan nuqta (stansiya) da turib joydagi biror nuqtaga o’rnatilgan reykaga qaraladi va shu nuqtagacha bo’lgan masofa (chiziq), uning yo’nalish burchagi hamda nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandligi o’lchanadi. Shularga asoslanib, joydagi nuqtaning uchta koordinatasi: stansiyaga nisbatan rejali o’rni (x, y), balandligi (h) aniqlanadi.
Reja olishning bu usulida gorizontal burchaklar - taxeometr bilan, masofa - ipli yoki qo’sh tasvirli dalnomerlar bilan o’lchanadi, nisbiy balandlik esa taxeometrik nivelirlab aniqlanadi. Taxeometrik reja olishdagi tayyorgarlik ishlari teodolit bilan reja olishdagi kabidir. Joyda bajariladigan ishlar rejai olinadigan joyni rekognossirovka qilish, reja olish shoxobchasi punktlarining o’rinlarini tanlash, ularni joyda belgilash, reja olish shoxobchasini xosil qilish, joyning tafsiloti va relyefini rejaga tushirish hamda reja olish natijasini joyda tekshirishdan iborat. Joyda bajarilgan o’lchash natijalari (jurnallar) ni tekshirish va ishlab chiqish, punktlarning koordinatalari va otmetkalarini aniqlash hamda joyning topografik rejaini tuzish esa kameral ishlar bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |