Samarqand davlat arxitektura


SO’Z BOShI 1. Geodeziya fani va uning vazifalari



Download 2,9 Mb.
bet2/15
Sana13.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#663863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6-ХГИ Tахеометрик съёмка услубий курсатма

SO’Z BOShI
1. Geodeziya fani va uning vazifalari

Geodeziya Yerning shakli va o’lchamini o’rganuvchi fan bo’lib, undan turli inshootlarni loyihalash va qurish ishlarida ham keng qo’lamda foydalaniladi.


Mamlakatimiz bo’ylab olib borilayotgan barcha qurilish ishlarida turli geodezik o’lchash ishlari bajariladi. “Geodeziya” fanidan taxeometrik s’yomka ishlari uchun uslubiy ko’rsatmada inshoot loyihasini joyga ko’chirish, qurish va ishlatish davridagi geodezik ishlarni bajarish usullari ham o’rganiladi. Shunday qilib, yer yuzining shakli va kattaligini aniqlab, uni qog’ozda reja, karta va profil holida tasvirlash hamda inshootlarni barpo qilishda turli geodezik o’lchash ishlarini o’rganish bilan shug’ullanadi.
Geodeziya fani halq xo’jaligidagi turli qurilish ishlarida, shuningdek, mudofaa ishlarida ham muhim o’rinni egallaydi. Masalan, biror yo’l qurish yoki kanal qazishdan oldin ularning puxta, arzon bo’lishi va tez bitishi e’tiborga olinib, shu yo’l yoki kanal trassasi (o’q chiziq) uchun qulay joy taxminan belgilanadi. Bu ish rekognossirovka deyiladi. So’ngra, tanlangan trassa bo’ylab geodezik tayanch shoxobchalar barpo qilinadi va gorizontal hamda vertikal s’yomka (reja olish) ishlari bajariladi. S’yomka materiallariga ko’ra, shu joyning topografik rejai, nivelirlash natijalariga ko’ra esa trassaning bo’ylama va ko’ndalang profillari chiziladi. Plan va profillarga qarab, unda quriladigan turli inshootlar o’rni aniqlanadi va loyihalanadi, keyin yer qazish ishlari hajmi topiladi. Qurilishga sarf bo’ladigan mablag’ aniqlanadi.
Qurilish ishlarini boshlashdan oldin loyihadagi asosiy nuqtalarni, ya’ni qurilish o’rnini joyda ko’rsatish kerak. Bu ish loyihani joyga ko’chirish deyiladi. Loyihani joyga ko’chirish ishi ham geodezik o’lchash ishlari orqali bajariladi. Qurilish jarayonida inshootning to’g’ri qurilayotganligi ham geodezik kuzatishlar yordamida tekshirib boriladi.
Geodezik ishlar ikkiga: dala ishlari bilan kameral ishlarga bo’linadi.
Dala ishlari, asosan, joyda turli geodezik asboblar yordamida bajariladigan o’lchashlardan iborat;
Kameral ishlar, dalada o’lchab topilgan natijalarni hisoblab, reja va profil chizishdan iboratdir.
Kameral ishlar ham, o’z navbatida, ikkiga: hisoblash ishlari bilan grafik ishlarga bo’linadi.
Hisoblash ishlarida o’lchash natijalarining son qiymatlari matematika qoidalariga ko’ra ishlab chiqiladi, matematik munosabatlarga moslashtiriladi, o’lchash xatolari aniqlanadi va tuzatiladi, bu esa tenglash (baravarlash) deyiladi. Hisoblashni osonlashtirish uchun turli jadval, grafik, nomogramma, logarifm lineykalari, trigonometrik funksiyali kalkulyator va kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi.
Grafik ishlarda esa o’lchash va hisoblash natijalarida topilgan ma’lumotlar asosida kerakli chizmalar (reja, karta va profil) chiziladi.
Plan, karta va profil chizish uchun joyda bajariladigan o’lchash ishlari majmui s’yomka deyiladi.
S’yomka ikki xil bo’ladi: gorizontal s’yomka bilan vertikal s’yomka.
Agar s’yomka yer yuzidagi bir bo’lak joyning faqat tafsilotini tasvirlaydigan reja yoki karta chizish uchun bajarilgan bo’lsa, u gorizontal s’yomka deyiladi.
Joy konturi gorizontal proyeksiyasining o’ziga o’xshatib, ammo kichraytirilgan holda qog’ozga tushirilgan tasviri reja deb ataladi.
Yer yuzasi katta bo’lagining, yer egriligi e’tiborga olingan holda, ma’lum daraja kichraytirilib va bir qadar o’zgartirilib qog’ozga tushirilgan tasviri karta deyiladi.
S’yomka qilinadigan joydagi bino, ekin maydoni, yo’l, ariq va hokazolar tafsilot deyiladi. Planda joyning faqat tafsiloti tasvirlansa, bunday tasvir konturli reja deyiladi.
Yer yuzasidagi tabiiy baland-pastliklar majmui relyef deyiladi. Bir vaqtning o’zida ham joy tafsiloti, ham relyefi s’yomka qilinsa, bu ish topografik s’yomka deyiladi. Tafsilot bilan birga relyef ham tasvirlangan reja topografik reja deb ataladi.
Yer sirtidagi nuqtalarning biror yuzaga nisbatan turgan balandligini aniqlashga doir qilinadigan o’lchash ishlari majmui vertikal s’yomka deyiladi.
Nuqtalarning dengiz sathiga nisbatan turgan balandligi absolyut balandlik deb, bu balandlikni ifodalovchi son absolyut otmetka (belgi) deb ataladi.
Bir nuqtaning ikkinchi nuqtaga nisbatan turgan balandligi yoki pastligi nisbiy balandlik deyiladi.
Joyda ikki nuqtaning bir-biriga nisbatan balandligini aniqlash ishi nivelirlash deb ataladi.
Nuqtaning shartli ravishda biror yuzaga nisbatan turgan balandligi shartli balandlik deyiladi.
Joyning biror yo’nalishida qorozga kichraytirib chizilgan vertikal kesimining tasviri profil deyiladi. Profil yer yuzasidagi nuqtalar otmetkasi asosida chiziladi.
Okean va dengizdagi suvlarning tinch holatdagi sirti sathiy yuza deyiladi. Sathiy yuza yerning istalgan nuqtasida shovun chizig’iga perpendikulyar bo’lganidan, u hamma joyda gorizontal deb qabul qilinadi.
Agar sathiy yuza o’z yo’nalishida fikran davom ettirilsa, shu sathiy yuza bilan chegaralangan shar shakli (jism) hosil bo’ladi. Bu shakl geoid (yer shakli) deb ataladi va yerning umumiy shakli shunga o’xshash deb qabul qilinadi.
Yer massasi turli joyda turlicha bo’lganligidan yer kerishib vaqt-vaqti bilan o’z shaklini bir muncha o’zgartiradi. Shu sababli, yer shakli juda murakkabdir. Bu shakl hozircha matematik formulalar bilan aniq ifodalangan emas. Lekin yer shakli ellipsoidga o’xshaydi deb qabul qilinadi va yer ellipsoidi deyiladi.
Plan va karta chizishda yerning shakli va o’lchamini bilish kerak.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish