Olimlarning nomi
|
Yer ellipsoidining hisoblangan yili
|
Ellipsoid katta yarim o’qining uzunligi, m.
|
Qutblarining siqiqligi
|
Delamber
|
1800
|
6375653
|
1:334,00
|
Bessel
|
1841
|
6377397
|
1:299,15
|
Xeyford
|
1909
|
6378388
|
1:297,00
|
F.N.Krasovskiy
|
1940
|
6378245
|
1:298,30
|
WGS-84
|
1984
|
6378137
|
1:298,257223563
|
,
a-katta yoki ekvatorial yarim o’q (radius), v-kichik yoki qutbiy radius,
-qutblarning siqiqligi.
Yer ellipsoidi kichik va katta radiuslari bir-biridan farqi juda kichikdir. Shuning uchun katta aniqlik talab qilinmaydigan geodezik va kartografik ishlarda yer shar shaklida deb qabul qilingan.
Yer sharini kattaligini aniqlash bilan juda qadimdan shug’ullanganlar. Eramizdan avval yashagan Pifagor asarlarida yer shar shaklida bo’lsa kerak degan fikrni uchratish mumkin. Aristotel asarlarida esa yerni shar shaklida ekanligi haqida dalillar keltirilgan. Yerni kattaligini aniqlash uslubini eramizdan oldingi Eratosfen asarlarida uchratish mumkin. Mamun xalifaligining siyosiy va ilmiy markazi bo’lgan Bog’dod shahari observatoriyasida ishlagan xorazmlik ulug’ matematik va astronom, xozirgi zamon algebrasining asoschisi Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy o’z asarlarida yer shaklini ilmiy asoslab bergan. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy o’zining 2 tomlik «Geodeziya» asarida yer shaklini ilmiy va amaliy jihatdan o’rganib, jahon sivilizasiyasiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uning asarlarini keyinchalik Yevropa olimlari o’rganib rivojlantirdilar.
Yer shari kattaligini aniqlashning geodezik uslubi gradus o’lchashlar uslubi deb yuritiladi:
; S - meridianni 1° yoyi uzunligi,
, R - meridian aylanmasining radiusi.
Gradus o’lchash uslubi ikki qismdan:
1. Meridianda joylashgan 2 nuqtani oralig’idagi masofani geodezik usulda o’lchash.
2. Shu nuqtalarni geografik kengligini o’lchash natijasida 2 nuqta orasidagi joyni grafik nuqtasini o’lchashdan iborat.
Yer ellipsoidini elementlari gradus o’lchash natijalariga asoslanib hisoblab chiqariladi. Fransuz olimi Delamber (1800) hisoblab chiqargan yer ellipsoidi hozir faqat tarixiy ahamiyatga ega.
MDHda 1946 yilgacha geodezik ishlarda nemis astronomi F.V.Bessel (1841) hisoblab chiqargan yer ellipsoidi elementlaridan foydalanilar edi. Keyingi yillarda sovet olimlari Bessel ellipsoidi MDH territoriyasida geoid shakldan ancha farq qilishini aniqlashdi.
Amerikalik olim Xeyford yer ellipsoidini elementlarini hisoblashda AQShda o’tkazilgan gradus o’lchash natijasiga asoslandi. 1924 yilda Halqaro geodeziya va geofizika jamiyati bu ellipsoidni Halqaro ellipsoid deb qabul qilishni taklif etdi.
1940 yilda Krasovskiy yer ellipsoidini elementlarini hisoblab chiqdi. Bu ellipsoidga Krasovskiy referens-ellipsoidi deb nom berildi. Krasovskiy ellipsoidi yerni haqiqiy shakli geoidga yaqin.
Yer ellipsoidi qutblari siqiqligi: 1:298,3. Radiusi 6371,11 km.
Do'stlaringiz bilan baham: |