Nuqtalarning otmetkalari bo’yicha gorizontallar o’tkazish
Relyefning xarakterli nuqtalarining otmetkalari nivelirlashning turli usuli bilan aniqlanadi. Joy relfini gorizontallar bilan tasvirlash uchun nuqtalarning otmetkalari bo’yicha istalgan kesim balandligi da gorizontallar o’tkaziladi. Gorizontallar ko’pincha butun otmetkali nuktalardan o’tkaziladi. Kesim balandligi joy relyefiga bog’liq bo’lib, topografik rejalarda gorizontallar har 0,5; 1,0; 2,0; 5,0 m va hokazodan o’tkaziladi.
Berilgan ikki nuqta otmetkalari bo’yicha shu nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqda ma’lum kesim balandligidagi gorizontallar o’tadigan nuqtalar o’rnini aniqlash interpolyasiya qilish deyiladi. Interpolyasiya analitik yoki grafik usul bilan bajarilishi mumkin. Grafik usullar analitik usulga asoslanganligidan, dastlab, analitik usulning mohiyati bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Analitik usul. Rejadagi A va B nuqtalar otmetkasi bo’yicha har metrda gorizontallar o’tkazish kerak bo’lsin. Masalan, nuqtalarning otmetkalari HA = 345, 40 m. HB = 347, 85 m bo’lib, har metrdan ( = 1 m) gorizontallar o’tkazish kerak. Misolimizda A va B nuqtalar orasidan otmetkasi 346,00 va 347,00 m bo’lgan ikki gorizontal o’tadi. Shu otmetkali nuqtalar o’rnini aniqlash interpolyasiya qilish deyiladi.
A
5-расм
nalitik usulda interpolyasiya qilish uchun, 5-rasmdagi kabi, 0,5 yoki 1 sm dan parallel chiziqlar o’tkazilib, ularga misoldagi eng kichik otmetkadan boshlab sonlar yoziladi (misolda 345,0 dan boshlangan). So’ngra A otmetkasi bo’yicha nuqta belgilanib, shakldagi kabi AB chiziq chiziladi. B dan chiqarilgan tik chiziqda B ning otmetkasi bo’yicha B1 nuqta belgi-lanadi, u A bilan tutashtirilsa, AB chiziqning profili AB1 topiladi. AB1 ning 345,00 va 347,00 otmetkali gorizontal chiziqlar bilan kesishgan M va H nuqtalarning AB ga tushirilgan proyeksiyalash t va p belgilanadi. AMt va AMp larning ABB1 uchburchaklikka o’xshashligidan quyidagilarni yozamiz:
yoki
bu yerdagi belgisiz va larni aniqlash uchun tenglamadagi hadlar qiymatini qo’yamiz. AB =d – masshtab bo’yicha o’lchab topiladi.
Shunda, (a)
bo’ladi. Ma’lum qiymatlar (a) va (b) ga qo’yilib, va topilgach, 5–rasm, a da A dan va ni masshtab bo’yicha o’lchab qo’ysak, 346,00 m va 347,00 otmetkali m va n nuqtalar topiladi.
Analitik usulda ko’p hisoblash ishlari hamda ortiqcha vaqt talab qi-linganligidan, grafik usul ishlatiladi.
Grafik usul. Interpolyasiya qilishning quyidagi grafik usullari qo’llaniladi;
1
6-расм
. O’lchagich ishlatilib interpolyasiya qilish. B nuqtaning otmetkasi 347,85 m, A nuqtaniki esa 345,40 m. Shu ikki nuqta oralig’ida otmetkalari 347,00 m va 346,00 m bo’lgan nuqtalar o’rnini topish uchun millimetrli qog’oz olib, har 1 yoki 0,5 sm dan gorizontal chiziqlar belgilanadi; so’ngra AB tomon uzunligi milimetrovkaning bir quyuq gorizontal chizig’i bo’yicha qo’yiladi (6–rasm). Chiziq uchlari A va V bilan belgilanadi va shu chiziq otmetkasi 345,00 m deb qabul qilinadi. A va B nuqtalardan chiqarilgan perpendikulyar chiziqlar bo’yicha ixtiyoriy yirik masshtabda (masalan, 1 sm ni 0,5 m deb qabul qilib) A va B nuqtalarning 345,00 dan bo’lgan balandligi (ya’ni AB chiziqdan qatoriga 0,40 m va 0,85 m) o’lchab qo’yiladi. Topilgan A va B nuqtalar tutashtirilsa, B va A nuqtalar o’rtasidagi chiziq profili hosil bo’ladi. Endi otmetkalari 346,00 m va 347,00 m bo’lgan gorizontal chiziqlarning ABchiziq bilan kesishgan M va H nuqtalarining AB chiziqqa tushirilgan gorizontal proyeksiyalash t va p lar belgilanadi. Bu nuqtalar otmetkasi 346,00 m va 347,00 m bo’lgan gorizontallar o’tadigan nuqtalar o’rni bo’ladi. O’lchagich bilan At va Ap kesmalar AB tomoniga A uchidan boshlab qo’yilsa, rejada otmetkalari 346,00 m va 347,00 m bo’lgan gorizontallar o’tuvchi nuqtalar o’rni topiladi (7-rasm).
7-rasm
1:500 va 1: 1000 masshtabda taxeometrik reja olishda gorizontallar har 0,5 m dan, 1 :2000 masshtabda reja olishda - joy relyefi tasnifiga qarab har 0,5 - 1 m dan, 1:5000 masshtabda reja olishda esa har 1 —2 m dan o’tkaziladi. Shunga ko’ra relyefni 1:500 masshtabli rejaga tushirishda piketlar oralig’i 15-20 m dan, 1:1000 masshtabda reja olishda - 20 -50 m dan, 1:2000 masshtabli reja olishda 40-60 m dan, 1 :5000 masshtabli reja olishda esa 80-100 m dan katta bo’lmasligi kerak.
Reja olish aniqligini oshirish maqsadida, asbob o’rnatilgan nuqta (stansiya) dan piketlargacha bo’lgan masofa ma’lum chekdan katta bo’lmasligiga e’tibor beriladi. Masalan, relyefni 1 :500 masshtabli rejaga olishda piketlargacha bo’lgan masofa 100 m dan, joyda konturi aniq bo’lgan tafsilotlardan olingan piketlargacha bo’lgan masofa 60 m dan, 1:1000 masshtabli reja olishda relyef piketlarigacha bo’lgan masofa 150 m dan aniq kontur piketlargacha bo’lgan masofa 80 m dan, noaniq konturgacha bo’lgan masofa esa 100 m dan oshmasligi lozim. 1:2000 masshtabli reja olishda stansiyadan relyef piketlarigacha bo’lgan masofa 200 m, aniq kontur piketlarigacha bo’lgan masofa 100 m, noaniq kontur piketlarigacha bo’lgan masofa 150 m dan, 1:5000 masshtabli reja olishda esa relyef piketlarigacha bo’lgan masofa 300 - 350 m, aniq kontur piketlarigacha bo’lgan masofa 150 m, noaniq kontur piketlarigacha bo’lgan masofa 200 m dan oshmasligi kerak.
Joyning tafsilotlari va relyefini rejaga tushirish taxeometrik yo’lni o’tkazish bilan bir vaqtda amalga oshirilganida har bir stansiyada quyidagi ishlar bajariladi:
taxeometr nuqtaga o’rnatiladi, asbob nuqtaga markazlashtiriladi, limb tekisligi gorizontal holatga keltiriladi, oriyentirlanadi. Limbni magnit meridiani yoki oldingi chiziq yunalishida oriyentirlash mumkin. Taxeometr limbini magnit meridiani bo’yicha oriyentirlash uchun vernyer noli limb noliga to’g’rilanadi va alidadaning mahkamlash vinti burab mahkamlanadi. So’ngra limb bo’shatiladi, alidada bilan taxeometr aylantirilib, bussol magnit strelkasining shimoliy uchi limbdagi nolga to’g’ri keltiriladi. Shunda trubaning vizir o’qi magnit meridianiga oriyentirlangan bo’ladi. Limb shu holatida mahkamlanadi, alidada esa bo’shatiladi. Truba biror yo’nalishga vizirlanib limbdan olingan sanoq yo’nalishning magnit azimuti bo’ladi. Limbni oldingi chiziq yo’nalishida oriyentirlash uchun vernyer noli limb noliga to’g’rilanadi va truba oldingi punktdagi reykaga vizirlanadi. Shunda birinchi vernyerdan olingan sanoq nolga teng bo’ladi. Agar alidada bo’shatilib, truba keyingi vexaga vizirlansa, vernyerdan olingan sanoq keyingi va oldingi chiziq yo’nalishi orasidagi burchakni ifodalaydi;
taxeometr o’rnatilgach, asbob balandligi o’lchanib jurnalga yoziladi. Qarash trubasi keyingi punktdagi reykaga vizirlanadi, dalnomerdan, gorizontal va vertikal doiralardan sanoqlar olinib, jurnalga yoziladi;
qarash trubasi oldingi punktdagi reykaga vizirlanadi. Bunda ham dalnomer, gorizontal va vertikal doiralardan sanoqlar olinib jurnalga yoziladi;
vertikal doira o’ng tomonda bo’lsa, chapga o’tkaziladi. Dastlab, keyingi punktdagi reykadan, so’ngra oldingi punktdagi reykadan sanoqlar olinib jurnalga yoziladi. Agar reykada asbob balandligi belgilangan bo’lsa qarash trubasi reykadagi belgiga, reykada balandlik belgilanmagan bo’lsa qarash trubasi reykaning biror qiymatiga yoki uchiga vizirlanadi;
5)har bir stansiyada vertikal doiraning nol o’rni, qiyalik burchagi hamda taxeometrik jadvallardan foydalanib, poligon tomonining gorizontal proyeksiyasi va nisbiy balandligi hisoblab chiqariladi. Reja olishda avtomat-taxeometr qo’llanilsa, poligon tomonining gorizontal proyeksiyasi va nisbiy balandlik bevosita aniqlanadi;
stansiya atrofidagi tafsilot va relyef rejaga olinadi. Buning uchun joydagi kontur va relyefning tavsifli nuqtalariga birin-ketin reykalar o’rnatiladi; vertikal doira chapda bo’lganda, qarash trubasi piketlardagi reykaga vizirlanadi va dalnomer, gorizontal hamda vertikal doiralardan sanoqlar olinadi (3- jadval). Taxeometrik jadvallardan foydalanib stansiyadan piketlargacha bo’lgan masofalarning gorizontal proyeksiyalari hamda nisbiy balandliklar hisoblab chiqariladi. Reja olishda avtomat-taxeometr ishlatilayotgan bo’lsa, piketlargacha bo’lgan masofaning gorizontal proyeksiyasi va nisbiy balandliklar bevosita asbob yordamida
Do'stlaringiz bilan baham: |