Geografik tizim.
Geografik axborot tizimi – bu qarorlar qabul qilishga ko’maklashuvchi
tizimning maxsus kategoriyasi bo’lib, kompyuter grafikasini geografik ma’lumotlar bazasi
hamda tizimning boshqa vazifalari bilan integrallash imkonini va odamlarni geografik jihatdan
taqsimlashga oid qarorlar qabul qilishda ko’maklashuvchi xaritalar va shunga o’xshash
obyektlarni tuzish hamda ko’rsatish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, u jinoyatchilikka
tegishli geografik xaritani tuzish va milisiya kuchini to’g’ri taqsimlashga katta yordam beradi.
Shuningdek undan urbanizatsiya darajasini, o’rmonchilik san’atini, temir yo’l biznesini
o’rganishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |