Kimyoviy element – yadro zaryadlari bir xil bo'lgan atomlarning muayyan turidir.
Moddalar massasining saqlanish qonuni. Moddalar massasining saqlanish qonunini dastlab, rus olimi M.V.Lomonosov kashf etdi (1748-56 y) va uni keyinchalik Lavuazye rivojlantirdi. Bu qonun shunday ta'riflanadi: kimyoviy reaksiyalarda qatnashuvchi dastlabki moddalar massalarining yig'indisi reaksiya mahsulotlari massalari yig'indisiga tengdir.
Tarkibning doimiylik qonuni. Fransuz olimi Prust turli moddalarning tarkibini tajribalar yordamida o'rganib, 1809 yilda moddalar tarkibining doimiylik qonunini yaratdi: har qanday toza modda qayerda va qanday usulda olinishidan kat'iy nazar, uning tarkibi hamma vaqt bir xil bo'ladi.
Masalan, karbonat angidridni quyidagi uch usulda olinadi:
1.Ko'mirni yondirib olinadi:
2.Tabiiy gazni yondirib olinadi:
3.Oxaktoshni ko'ydirib olinadi:
Bunda har uch usul bilan olingan karbonat angidridning ham tarkibi bir xil, ya'ni CO2.
Do'stlaringiz bilan baham: |