Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


IJTIMOIY PROFILAKTIKA O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISI



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/65
Sana13.10.2022
Hajmi1,01 Mb.
#852784
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
Kitob 3647 uzsmart.uz

2.IJTIMOIY PROFILAKTIKA O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISI 
SALOMATLIGINING OMILI SIFATIDA. 
Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash rivojlanayotgan davlat sharoitida 
alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi: 
-
aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish; 
-
tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash; 
-
ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish; 
-
har bir insonni, uning ilk bolalik chog„idan boshlab, jisoniy va ruhiy 
rivojlantirish; 
-
sog„lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini shakllantirish; 
-
aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e‟tiborga olib har tomonlama gigienik 
tarbiyalash; 
-
aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dinamik kuzatish tizimini 
tadbiq etish. 


19 
Inson salomatligi ahvolini kuzatish quyidagilarni ko„rsatdi: 
-
aholining 16-20% salomatligi darajasi qoniqarli; 
-
aholining 32-44% salomatligi darajasi qoniqarsiz; 
-
aholining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasallik oldi holatida. 
Salomatlik darajasi qoniqarsiz holatda fiziologik tizimning elementlari o„rtasida 
kelishmovchiliklar ro„y beradi, organlar o„z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, 
charchash va holdan toyish kuzatiladi. 
SHuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e‟tibor profilaktikaga 
qaratilgan. 
Tibbiyotda profilaktika vositalari etarlicha, lekin o„sib kelayotgan avlod, asosan, 
davolovchi 
jismoniy 
tarbiya, 
medikamentlar 
va 
x.z. 
vositalar 
asosida 
sog„lomlashtiriladi. YA‟ni, kasalliklarning oldini olish emas, ularni davolash 
usullaridan foydalaniladi. Axir, salomatlikni asrovchi, kasalliklarning ol-dini oluvchi, 
umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim. Ko„p mamlakatlarda 
davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan ajratib qo„yilgan. 
Ijtimoiy profilaktika masalalarini hal etish maqsadida «Aholi salomatligini 
mustahkamlash va kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish ishlarining kompleks 
dasturi» ishlab chiqildi va uning davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan bajarilishi 
masalalari hal etildi. Profilaktik yo„nalish taraqqiyotining asosiy bosqichlari ko„rsatib 
berilgan. Atrof-muhitni sog„lomlashtirish, mehnat sharoitlarini va muhofazasini 
yaxshilash, sog„lomlashtiruvchi sanitar tadbirlarini o„tkazish, aholining ratsional 
ovqatlanishini ta‟minlash, aholini gigienik tarbiya qilish bo„yicha ishlarni faollashtirish 
masalalari ham keng yoritilgan. SHuningdek, oliy o„quv yurtlarida «salomatlik» 
maqsadli kompleks dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga quyidagi bo„limlar 
kiritilgan: mehnat sharoiti va muhofazasini tashkil etish; tibbiy ta‟minot; ratsional kun 
tartibini tashkil etish; jismoniy sog„lomlashtiruvchi tadbirlar; uy-joy xizmati; moddiy-
texnik ta‟minot; sanitar yorituv ishlari. 
2005 yili respublikamizda aholini sog„lomlashtirish bo„yicha davlat dasturi qabul 
qilingan va unda quyidagi bo„limlar mavjud:
1) sog„lom hayot tarzi muammolarini o„rganish; 
2) bolalar bog„chasi va maktabda sog„lom hayot turziga ehtiyojni shakllantirish; 
3) litsey, kollej va pedagogika oliy o„quv yurtlarida sog„lom hayot tarziga 
ehtiyojni shakllantirish; 
4) o„rta maxsus o„quv dargohlarida sog„lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish; 
5) malaka oshirish tizimida sog„lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish 
muammolarini o„rganish; 
6) sog„lom hayot tarzini shakllantirish jarayonini o„rganish va uni nazorat qilish 
tizimi; 
7) aholining sog„lom hayot tarziga ehtiyoji asoslari; 
8) sog„lom hayot tarzini tashviqot va targ„ibot qilish; 
9) sog„lom hayot tarzini O„zbekiston Respublikasining xal-qaro aloqalariga 
tadbiq etish. 
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy profilaktika tibbiyotda keng ishlab chiqilgan, har 
bir shaxs salomatligining garovi bo„lgan individual profilaktikaga esa etarlicha e‟tibor 


20 
berilmayapti. Ijtimoiy profilaktika individual profilaktik tadbirlar uchun sharoit yaratib 
berishi kerak. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish