O„ta ortiq og„irlikdagi semiz kishining ovqatlanishi.
SHunday qilib, ovqatlanish ratsioningizdagi kaloriya dastlab 1800 kkal kam
bo„lmasligi shart. Kaloriyani kamaytirishni shakar, shakarli va konditer mahsulotlarini,
hayvon yog„larini, nonni olib tashlash hisobiga erishish mumkin. Biroq ovqatlanish
ratsionida oqsil moddasini normal miqdorini saqlab qolishga (70-80g) harakat qilish
kerak, sabzavot va mevalarni miqdorini ko„paytirish lozim.
Semirishda maxsus chegaralangan parxezdan foydalanishni har doim jismoniy
tarbiya mashg„uloti bilan birga qo„shib olib boriladi. Bunday kompleks ta‟sir etishni
samarasi sezilarli darajada etarli bo„lib,kundalik og„irlikni yo„qotish 300 gr yaqinni
tashkil etishi mumkin va umumiy hayotiy faoliyatini oshiradi, kayfiyatini yaxshilanishi
bilan kuzatiladi. Og„irlikni normallashtirishda juda qat‟iy bo„lmagan parhezni saqlash
kerak, og„irlikni esa muntazam ravishda trenirovka yoki mashq qilish orqali ushlab
turish mumkin.
Parxez qilishda har xil darajadagi kaloriyani chegaralashni kaloriyasiz ovqatdan
foydalanishga, ratsiondagi kaloriyani 1200 kkal gacha pasaytirib borishi natijasida eng
yaxshi samaradorlikka erishish mumkin. Ovqatlanish kaloriyasini chegaralashni
tavsiya qilish bilan birga, ogohlantirib qo„yishni ham xoxlaymiz: ratsionni xaddan
tashqari
qisqartirishga jalb qilmang o„ta ortiq og„irlik ham zarar, ovqatlanish
komponentlarni o„rnini hech narsa bosa olmaydigan kamchilik va shu bilan birga
zararlidir. Agarda shunday qilib yog„ va sharbat suvlarini qabul qilishni chegaralash
mumkin, unda oqsil esa tezroq organizmda og„ir buzilishlarga olib keladi.
To„g„ri ovqatlanganda 80-100 oqsil, 300-400 gr karbonat suvlari, 80-100
yog„larni olishi kerak.
SHundan ko„rinib turibdiki, biz ovqatni nafaqat to„g„ri keladigan miqdorda
iste‟mol qilish kerak, lekin oqsillarni, yog„larni, karbonat suvlarini o„zlashtirish uchun
optimal o„zaro nisbati 1:1:4 ga teng bo„ladi. Miriqib to„ygandan keyin ovqatni eyishni
to„xtatishni tavsiya qilinadi. Stoldan turayotgan vaqtingizda, siz yana biror narsani
eyishga engilgina extiyojni sezishingiz kerak.
O„ta ortiqcha og„irlik ko„pchilik holatlarda past jismoniy faollik va keragidan
ortiqcha eyish natijasidir. Jismoniy tarbiya normal og„irlikni ushlab turishga yordam
beruvchi vosita sharoitida, ular uchun juda muhimdir. Ovqatlanish koloriyasiga
kelganimizda, yoshni ortib borishi bilan uni pasaytirish kerak. Agarda 30 yoshdan 40
yoshgacha uni taxminan 3%, 40 yoshdan 50 yoshgacha 6% ga, 50 yoshdan-60
yoshgacha 14% ga, 60 yoshdan 70 yoshgacha 20% ga va 70 yoshdan 80 yoshgacha
30% ga kamaytirish mumkin. YOshi kattalar uchun ovqat radioni 1200 kkal gacha
pasaytirilganda yurak-qon tomir sistemlari, yoshni almashuvi va qon sistemasini
buralib qolish funksiyasini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |