Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi. Milliy istiqlol g



Download 1.8 Mb.
bet5/15
Sana12.01.2017
Hajmi1.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Kul tigin bitigi


"Azizim, sen dushman so’zlariga darhol ishonib qo’ya qolma, uning so’zlari hiyla va aldovdan iborat bo’lib, u o’z maqsadiga erishish uchun o’zini nihoyatda muloyim qilib ko’rsatadi. Ichki olamini tashqi olami bilan bo’yab ko’rsatadi. Seni gaflatda ko’rgach, tadbir o’qini maqsad nishoniga uradi. U paytda sen uchun choratadbir ko’rish fursati o’tgan bo’lib, hasrat va nadomat yordam bermaydi. Chunonchi aytadilar:
Dushman ishi avval xiylayu, nayrang

So’ng xujum boshlaydi kiladi garang.

Bu selning yo’llari to’silmasa gar,

Yuzlanar bexisob fitnayu zarar.

Fitna yo’lin bugun to’smasang maxrsam,

Ertaga kuchayar bo’lib mustaausam!

Xo’ja Samandar Termiziy


Xalqchil talqinda mafkuraviy tahdidni — da’vatchining suhbatdoshini o’ziga og’dirib olish uchun qshshnadigan urinishlariga, mafkuraviy immunitetni esa shaxsning "og’masdan", o’zligida sobit va sodiq tura olishiga o’xshatish mumkin. Shuning uchun o’z qarashiga, shaxsiy fikriga ega bo’lmagan ogmachi odamlarni o’zbeklar "betuturiq", "subutsiz", "unga ishonib bo’lmaydi", "ikkiyuzlamachi", "sotqin", "xoin" kabi so’zlar bilan ataydi.

Bu kabi misollar mafkuraviy immunitetni sindirish, bo’shliq hosil qilib, o’z g’oyasini singdirib, xalqning ongi va qalbini egallash, g’oyani ommalashtirishning juda ko’p namunalari uchraydi. Chunki targ’ibotchilar olishuvi, kurashi ekuda uzoq tarixga ega. Bu haqda xitoylik faylasuf va harbiy qo’mondon Sun Szi (e.o. VI asrda) shunday degan edi:

• "Siz raqib mamlakatdagi barcha yaxshi narsalarni buzing, ayniting;

• Raqib davlatdagi atoqli arboblarni sherik qilib olib, jinoyatga boshlang;


• Raqib davlat rahbariyatining obro’sini to’king, qulay paytda ularning jamoat oldida sharmandasini chiqaring;

• Bu ishda o’sha mamlakatdagi eng past, maraz odamlar bilan sheriklik qiling;

• Raqib mamlakat odamlari orasida kelishmovchilik janjal chiqaring;

• Yoshlarni keksalarga qarshi gij-gijlang;

• Hukumatni yaxshi ish yuritishiga har qanday yo’l bilan qarshilik ko’rsating;

• Raqib qo’shinlarining ta’minoti, tartibiga to’siqlar qo’ying, buzing;

• Askarlarini qo’shiq va kuyga oshifta qilib, irodasiz qiling;

• Dushmaningizning an’analarini qadrsizlantiring, xudolariga ishonchini sindiring;

• Buzuq ayollarni yuborib, ularni yanada kuchliroq ayniting;

• Raqib tomon haqida ma’lumot olishga, bu ishda ular orasidan sheriklar topishga, ularga pul to’lashda juda saxiy bo’ling;

• Umuman pulni ham, va’dalarni ham ayamang, chunki ular ajoyib natijalarni beradi".

O’zbeklar bir-biri bilan salomlashgach, "Nima gaplar?" yoki "Egan-ichganing o’zingga, ko’rganeshitganingdan gapir", — deydi.

Ayniqsa, o’z shaxsiy manfaatlariga tegishli muammolarga duch kelganlarida odamlar uning sabablarini axtara boshlaydilar. Shu sababli, gazetalar sharhi, televideniyening kelasi hafta ko’rsatuvlari haqidagi xabarlari, iqtisodiyot, masalan, valyuta kursi, siyosiy hayot yangiliklari oldindan tarqatiladi. Xar bir kishi, o’ziga kerakli ma’lumotni tanlab tinglaydi, eshitadi va o’z savollariga javob topadi. O’zining suvga chanqogani qondirgani kabi "axborot chanqog’ini" ham qondiradi.

Agarda rasmiy ommaviy axborot vositalari odamlarda tug’ilgan savollarga javob topib bera olmasa, odamlar bu savollarga javoblarni o’zlari "to’qiydilar". Bu tarixda ko’p ko’rilgan.

Mafkuraviy kurashlar tarixida targibot usullaridan, jumladan, mishmishlarning kelib chiqish sabablari, maqsadlari haqida ulug allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy bundan ming yil burun o’z davri uslubida shunday yozgan edi:

"Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolgoshshk tusini oladi. Chunki odamlarning maqsadlari xilmaxil; xalqlar o’rtasida tortishish va talashish ko’p"1, — deb yozadi va mishmish tarqatuvchilarning yolg’on so’zlashi zamirida aniq maqsaD, garazli manfaatlar yotishi haqida shunday deydi: "...bir kishi o’zini ko’rsatish maqsadida boshqa bir zid jinsni ayblab, yolg’on gap yoyadi, chunki u shu bilan (zid jins ustidan) galaba qozongan va o’z istagiga erishgan bo’ladi.

Bu ikki xil xabarning yomon istak va g’azab taqozosidan kelib chiqishligi ma’lum. Ikkinchi bir kishi esa o’zi sevadigan bir tabaqaga minnatdorchshshk bildirmoqchi bo’lib yoki yomon ko’radigan bir sinfni xafa qilmoqchi bo’lib, ular o’rtasida yolg’on xabar tarqatadi. Bu xil xabar tarqatuvchi avvalgi xabar beruvchi "muxbirga" yaqin bo’ladi. Chunki bu xabarni do’stlik yoki dushmanlik natijasida tarqatgan bo’ladi.

Uchinchi bir kishi o’zining past tabiatliligi sababli biron yaxshilikka erishish yoki o’zining yuraksiz va qo’rqokligi sababli yomonlikdan qutulish uchun yolg’on xabar tarqatadi.

Shunday kishilar ham bo’ladiki, ularning tabiatiga yolgchen xabar tarqatish o’rnapshb qolib, go’yoki unga shu vazifa yuklangandek bo’ladi va yolg’on xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi.

Ba’zi kishi (yolg’on xabar tarqatuvchiga) taqlid qilib, bilmasdan yolg’on xabar tarqatadi....".

XIX asrning ikkinchi yarmidan o’zbek xalqi milliy madaniyati, ma’naviyati taraqqiyotida mustamlakalik davri boshlandi. Mustamlakachshshk siyosatida Turkistonni nafaqat siyosiy, iqtisodiy, balki ma’naviy mustamlakaga aylantirish rejasi turardi. Buni ularning o’zlari ham yashirmas edilar. Bu haqda M.A. Muropiyev 1882 yil 30 avgust kuni Toshkent O’qituvchilar seminariyasidagi yig’ilishida "...musulmonlarimiz maorifining asosida ularni ruslashtirish... islomni buzish... umuman diniy jihatlarni buzish... yotmog’i lozim (344151) degan bo’lsa; Turkiston general gubernatori I.A.Kuropatkin esa kundaliklarida; "Biz 50 yil tubjoy aholini taraqqiyotdan chetda... tutdik", — deb qayd' etgan edi (344-165).

Agar fashizm o’z mafkuraviy xurujlarini "endi bosib olinishi kerak bo’lgan xalqlar"ga qarshi tashkil etgan bo’lsa, sobiq mustabid tuzum egallab olingan aholi uchun tuzdi. Lenin mafkurani odamlar tafakkurini o’zgartirishda qanchalik kuchli omil, kuch ekanligini hisobga olib, "partiya siyosiy faoliyatda ideologiyaga tayangan va tayanadi", deb uqtirdi. Sobiq sovet mafkurasi o’zbek xalqining "eski odatlarini yo’qotish" shiori ostida milliy g’ururni, mustaqillik g’oyasi, uning kurashchilarini mafkuraviy zaiflashtirish maqsadida maktabdan tashqari minglab ma’rifiy-siyosiy oqartuv bo’limlarini ochdi. O’zbek xalqining tafakkurini sovetlashtirishga bunday yondashuv ularning manfur maq sadlariga tezroq yetkazdi: sovet dekretlari, partiya dasturi, Konstitusiya tarkibotiga bag’ishlangan mitinglar, miting konsertlar, tashviqiy sudlar, tashviqiy mavsumlar, qishloqlarda yurib sho’ro tuzumi mohiyatini tushuntirishga urinib, teatr, konsert, ko’rgazma, ma’ruzalar, kino, qiroatxonalarni ishga soldi. Agitpoyezd, agatparoxod, klub, "qizil choyxonalar", siyosiy suhbat, "siyosiy kun" , disput, kechalar, jangovar varaqalar, "Chaqmoq", kinolektoriy, og’zaki jurnallar kabi targibottashviqotning yuzlab usullaridan foydalanib, makkor sho’ro xalqimizning ongiga soveting soxta g’oyalarini singdirdi.

Ikkinchi jahon urushi arafasida fashizm esa o’zining "ommaviy psixologik qirgin quroli"ni yaratdi. Uning nishoni insonning ongi, tuyg’ulari va ularga tayanuvchi ma’naviy, mafkuraviy immuniteti edi. Gebbelsning "targ’ibotchilar qo’shini" ana shu ong va tuygularni hamda ularga tayangan immunitetni zabt etishga kirishdi.

Nasistlarning targ’ibot vazirligi targabotchilari ovozida soxta nazokat, joziba barq urdi. Yolg’on va aldov me’yori oshirildi. Sodda, mo’minqobil sharqliklarning hushyorligini susaytirish maqsad qilib qo’yildi. Shu maqsadda ular Sharq xalqlarining "ogir ahvoli"ga "qaygurib", mustamlakachilikdan qutshshshlari (o’sha paytda sharq mamlakatlarining ko’pchiligi Angliyaning mustamlakasi edi) uchun o’z "begaraz" yordamlarini taklif qildilar.

Vatan xoinlarini yollab, ulardan yozma va ogzaki targibotda foydalanildi. Maqsad xalqni o’zlariga og’dirib, sherik qilib, undan so’ng uni qulga aylantirish edi. Agar busyang iloji bo’lmasa, bu ish hyech bo’lmasa, sharq xalqlarining fashizmga qarshi birlashuvining oldini olishda asqotishi kerak edi. Masalan, fashistlar o’zlarining Berlin va Rimdan uzatiladigan radioovozlarida milliy ozodlik kurashi olib borayotgan "do’st Hindiston xalqi"ga samimiy hurmatlarini, boy va qadimiy hind madaniyatini juda sevishlarini, Hindistonni Angliya mustamlakachiligidan ozod qilish ishtiyoqida ekanliklarini" har kuni takrorladilar.

Shuningdek fashist mafkurachilari ham islom dinini niqob qilib, foydalanishga urindi. Ular o’sha paytlarda ayrim Sharq mamlakatlarida panislomizm g’oyalari ko’tarilganligini bilib olishdi. Natijada, barcha sharq mamlakatlarini yagona panislomizm bayrogi ostida (Germaniya va Italiya homiyligi ostida) birlashtirishga harakat qilishdi. Maqsad aniq edi: yo o’ziga sherikka aylantirish, yo bo’lmasa, sharq mamlakatlarining fashizmga qarpsh birlashuviga yo’l qo’ymaslik ularni tushovlab turish edi.

Targibot shu qadar andishasiz ediki, ular nasistlarni azaldan musulmonlarning homiysi, g’amxo’ri bo’lib kelganliklarini, shu sababli Mussolinining xalifalik davlatini tuzib jamiki musulmonlarning rahbari bo’lishga rozi ekanligini e’lon qildilar. Bu haqda "Popolo d'Italiya" gazetasi o’zining 1937 yil 20 mart sonida: "Musulmon dunyosi azalazaldan yagona dohiy, homiyga muqtoj bo’lib kelmoqda... Bo’shab qolgan haliflik "islom dinining rahnamosi" lavozimini duche (Mussolini. M.Q) o’z zimmasiga olishga tayyor", Deb yozgan edi. Biroq sharq xalqlari bu aldovdan o’zlarini Himoya qiluvchi mafkuraviy himoya tizimi (hozirgi ibora bilan aytganda mafkuraviy immuniteti)ni yarata oldilar. Bu haqsa Suriyada chiqadigan "At-Tariq" (Yo’l) gazetasi 1942 yildagi 6sonida "Fashizmga qarshi kurashish har bir arabning milliy burchidir! Biz fashizmga qarshi kurashar ekanmiz, bizning hayotimizga xavf solayotgan tahdidga qarshi kurashamiz", degan umummilliy shiorni ko’tarib chiqdi. Sharq mamlakatlaridan fashist da’vatchilarini birin-ketin haydab chiqara boshladilar.

Yakka mantiq, rasmiylik yopiq jamiyat, tabaqalashtirilganlik sistemalilik tazyiq, ommaviylik prinsiplariga qurilgan kommunistik mafkura davri o’tgach, ayrim mamlakatlarda mafkuraga qo’shib, targ’ibottashviqot tizimidan ham voz kechildi. Chunki, mustaqillik qo’lga kirgach, yosh davlatlar o’z mustaqilliklariga tahdid solayotgan ichki va tashqi xavflarni dastlab kutmadilar, shu sabab ularga qarshi tayyorgarlik ham ko’rmadilar. Bunday vaziyat, vaqt va imkoniyatdan foydalangan siyosiy guruhlar o’z g’oyalarini targ’ibtashviq qilishda ancha ishlarni qilib olishadi. Natijada, nafaqat odamlarning mafkurasida, balki ayrim davlatlarning axborot maydonida ham bo’shliq paydo bo’ldi. Bu tezda o’z asoratlarini ko’rsata boshladi. Chunki yagona axborot maydoni ta’minlanmagan edi. Din niqobida hokimiyat uchun kurash xalqlar qalbi va ongini egallashga harakat ham shunday vaziyatda boshlandi.



"Tomchida kuyosh aks etgani singari alozumda olingan a;ar bir shaxsda millat yashaydi..".

Каталог: files
files -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
files -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
files -> O‘zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari
files -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
files -> O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati
files -> Valyutani tartibga solish to'G'risida o'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
files -> Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan
files -> Garov to'G'risidagi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
files -> Ipoteka to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 28 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma'qullangan


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa