Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi. Milliy istiqlol g



Download 1,8 Mb.
bet7/11
Sana20.01.2020
Hajmi1,8 Mb.
#35714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fayl Milliyistiqlolgoyasifanidanmaruzalar


ABDULVOHID BURHONOV — MUNZIM

Ma’rifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi Mirzo Abdulvohid Burhonov 1875 yili Buxoroda tavallud topadi. Dastlabki ta’limni eski maktabda oladi.

XIX asrning 90-yillaridan Abdulvohid Burhonov Munzim taxallusi bilan ma’rifiy she’rlar yoza boshlaydi, keyinchalik esa amaliy faoliyatida ham ma’rifatparvarlik bilan pgutullanadi. XX asrning birinchi o’n yilligida Munzim yangi usuldagi yaaktab ochish uchun harakat qila boshlaydi. Buxorodagi dastchabki jadid maktabining ochilishi ham uning nomi bilan bog’liq. U 1908 yili Samarqandga borib, jadid maktablaridagi o’qitish uslubini o’rganadi va shu yili o’z hovlisida jadid maktabi, 1909 yilda esa katta yoshdagilar uchun kechki maktab tashkil etadi.

Buxoroda 1909 yildan shakllangan jadidlar tashkiloti avval ma’rifatparvarlik ishlarini olib bordi. Munzim bu tashkilot ishiga faol qatnashib, shu yili bir qator hamfikrlari bilan «Tarbiyai atfol» jamiyatini tuzishda ishtirok etdi. Bu deamiyat buxorolik ma’rifatparvarlar va hur fikrli ziyolilar o’rtasida ilgor demokratik g’oyalarni targ’ib etib, xalqning siyosiy ongini uygotishda katta ahamiyat kasb etdi.

1917 yil fevral inqilobidan so’ng Buxoro jadidlari A.Burhonov boshliq eski jadidlarga, F.Xo’jayev va A.Fitrat boshliq yangi jadidlarga bo’linadi. Birinchi guruhning asosiy faoliyati ma’rifatparvarlik bo’lsa, ikkinchi guruh keng islohotlar tarafdori edi. Keyinchalik bu ikki guruhning birlashuvi natijasida «Yosh buxoroliklar» partiyasi tuzilib, Munzim unga rais etib saylanadi.

1918 yildan 1920 yilning sentyabrigacha Munzim Toshkentda yashaydi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, u avval Markaziy ijroiya qo’mitasi raisining o’rinbosari, keyinchalik Xalq maorifi noziri, Sog’liqni saqlash noziri lavozimlarida ishlaydi.

Xalq maorifi noziri lavozimida ishlagan Munzim 1922 yil iyunida milliy kadrlar, xususan, muhandislar tayyorlash maqsadida bir guruh buxorolik yoshlarni Germaniyaga yuborish to’grisidagi BXSR xukumati qarorining qabul qilinishiga katta hissa qo’shadi. Shu qarorga asosan, u mazkur ishni tashkil etish bo’yicha komissiya raisi etib tayinlangan edi. 1922 yilning yozida Munzimning shaxsan o’zi buxorolik 44 kishini Germaniyaga olib borib, Berlindagi o’quv yurtlariga joylashtiradi.

1920 yillarning o’rtalaridan boshlab Munzim o’zini tamoman ijodiy va publisistik faoliyatga baxshida etadi,



Abdulvohid Munzim 1934 yilda uzoq davom etmagan kasallikdan so’ng vafot etgan.

ABDULHAMID ChO’LPON

Abdulhamid Sulaymon o’gli Cho’lpon yangi o’zbek she’riyatining asoschilaridandir.

Cho’lpon 1897 yili Andijon shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Cho’lpon avval eski maktabda, so’ng madrasada o’qiydi. Andijondagi rustuzem maktabida ta’lim oladi. Sharq adabiyoti, arab, fors tillarini o’zlashtiradi, rus tili va adabiyotini o’rganadi. Cho’lpon 10-yillarning o’rtalaridan ijtimoiy va ijodiy faoliyat bilan shug’ullana boshlaydi. U «Qalandar», «Andijonlik», «Cho’lpon» taxalluslari bilan matbuot nashrlarida maqola, she’r va turli xabarlar bilan chiqib turadi.

Uning «Do’xtir Muhammadyor», «Vatanimiz Turkistonda temir yo’llar», «Adabiyot nadir?» kabi ilk hikoya va maqolalarida hamda o’nlab she’rlarida jadidchilik g’oyalarining oshkora ifodalanganini kuzatishimiz mumkin.

Shoirning qisqa umri davomida «Tong sirlari», «Uyg’onish», «Buloqlar» kabi she’riy to’plamlari nashr etilgan. Uning teatr sohasida qilgan ishlari ham alohida e’tiborga sazovor. Cho’lpon o’zbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh vazifasida ishlash bilan birga o’nga yaqin pyesalar, teatr maqolalari yaratgan, uning «Yorqinoy», «O’rtoq Qarshiboyev», «Cho’rining isyoni», «Mushtumzo’r», «Zamona xotuni» kabi sahna asarlari o’zbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga muhim hissa bo’lib qo’shildi.

Cho’lpon «Kecha va kunduz» nomli roman e’lon qilib, o’zbek romanchiligi rivojiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Bu asarida xalqimizning asr boshlaridagi hayoti manzaralariny tasvirlar ekan, istibdod va jaholat millatning taraqqiyotini va hurligini bo’g’uvchi manfur hodisalar ekanmni badiiy aks ettiradi.

O’zbek adabiy tarjima maktabining rivojlanishida ham Cho’lponning beqiyos hissasi bor. U M.Gorkiyning «Ona» D.S.Pushkinning «Dubrovskiy», «Boris Godunov» hamda Shekspirning «Hamlet» tragediyasini va yana o’nlab xorijiy asarlarni o’zbek tiliga mohirlik bilan o’giradi.

Cho’lpon butun ongli hayoti davomida o’z Vatanining ozodligi, erki, kelajagi uchun qaygurdi va yonib she’rlar yozdi, turli janrlarda asarlar yaratdi. U 1928 yildan boshlab to umrining oxirigacha tazyiq ostida yashadi, chunki uning butun ijodida milliy g’oya qizil ip bo’lib o’tgan. U mustabid tuzum ostida ezilib yotgan millatni, xalqni kuylar edi. Lekin tazyiqlar nihoyatda kuchaygan bir sharoitda ham o’z e’tiqodidan qaytmadi. Ana shu e’tiqodi va irodasi tufayli 1937 yil qatagon qurboni bo’ldi.

Cho’lpon 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentdagi Bo’zsuv bo’yida qatl etilgan.


AShURALI ZOHIRIY

Taniqli ma’rifatparvar, yirik tilsho’nos, lug’atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885 yili Qo’qonda tugilgan. U dastlab Qo’qondagi Madalixon madrasasida tahsil ko’radi, arab va fors tillarini puxta egallaydi, o’zbek va forstojik mumtoz adabiyotini o’rganadi. Xar tomonlama bilim sohibi bo’lgan A.Zohiriy 1907 yildan boshlab rustuzem maktabida, shuningdek jadid maktabida o’zbek tili va adabiyotidan dars beradi. 1912—1919 yillarda esa pedagogik faoliyat bilan birga jurnalist sifatida ham qizg’in ish olib boradi. 1917—1918 yillarda Turkiston Muxtoriyati xukumatining barpo etilishi A.Zohiriy faoliyatiga yangicha yo’nalish bag’ishlaydi. U «El bayrog’i» gazetasiga muharrirlik qilib, Muxtoriyat g’oyalarining keng xalq ommasi o’rtasida tarqalishiga munosib hissa qo’shadi.

A.Zohiriy faoliyatining 1917 yildan keyingi asosiy yo’nalishi ma’rifatparvarlik bilan bogliq. U Qo’qondagi birinchi dorilmualliminning tashkilotchisi va dastlabki zamonaviy maktablarning muallimi sifatida Fargona vodiysi uchun ko’plab o’qituvchilarni yetishtirib berdi. U asos solgan dorilmuallimin keyinchalik pedagogik texnikumga aylantirildi. 1930 yili esa shu texnikum bazasida Fargona davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

AZohiriy erkparvar g’oyalari uchun 1929 yil noyabrida hibsga olinib, o’n yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qamoq muddatini tugatgach, alloma yana sevimli kasbi ma’rifatparvarlik bilan shurullanadi. Ammo 1937 yilda qatagon bo’roni avj olgach, u yana qamoqqa olinib, o’sha yilning 4 dekabrida otib tashlanadi.

A.Zohiriy qabrining qayerdaligi noma’lum.


ABDUQODIR ShAKURIY


Ma’rifatparvar, pedagog Abduqodir Shakuriy 1875 yilda Samarqandning Rajabamin qishlog’ida bogbon oilasida tug’ildi. Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shahridagi madrasaga o’qishga kiradi. Shakuriy rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib qoidalari va o’qitish usullari bilan tanishadi. Shundan keyin yosh muallimda o’z xalqining bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo’ladi.

Abduqodir Shakuriy Samarqand gimnaziyasida ko’rgan va o’zi orzu qilgan yangi o’qitish usullari Rossiyaning turli yasoylarida yashagan boshqa turkiy xalqlarda ham mavjudligini gazetalardan bilib oladi.


Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish