Shakuriy do’stlari yordamida Qo’qon shahriga boradi va u yerda yangi maktabdagi o’qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga qaytib kelgach, o’z qishlosh Rajabaminda 1901 yilning kuzida birinchi yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi.
Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, O’rta Osiyodagi boshqa ma’rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.
Shakuriy faqat o’qituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan, u o’z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni shaxsiy mablaglari hisobiga nashr qildirgan. Masalan, uning «Rahnamoi savod» («Savod chiqarish qo’llanmasi») deb atalgan kitobi shu tariqa chop etilgan.
Shakuriy, dastlab, qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilgan. Unda o’zi rahbarligida rafiqasi muallimalik qilgan. Keyinchalik o’g’il va qiz bolalar guruhini birlashtirib o’qita boshlagan.
1921 yilda Samarqand shaxradagi 13maktabga mudir qilib tayinlanadi. U bolalarni tarbiyalash, o’qitishga katta g’ayrat bilan kirishdi, ko’p yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o’qituvchisi vazifalarida ishladi.
1925 yilda AShakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o’z mablag’lari xisobiga to’rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.
Abduqodir Shakuriy 1943 yilda vafot etgan.
BOBOOXUN SALIMOV
Davlat va siyosat arbobi, ma’rifatparvar Bobooxun Salimov 1874 yili Gurlan bekligida qozikalon Salimoxun oilasida dunyoga keldi.
Asli ismi Muhammad bo’lib, unga hurmat yuzasidan Bobooxun deb taxallus berilgan. U boshlangich ta’limni olgach, Xiva shahridagi Olloqulixon madrasasida tahsilni davom ettiradi. Arab, fors, rus tillarini o’rganadi, she’rlar mashq qiladi. 1910—1918 yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon saroyida otasi o’rnida shayxulislom lavozimini ado etadi. 1917 yil Xivadagi inqilobiy voqyealarda ishtirok etib, parlament sifatida tashkil etilgan Majlis a’zoligiga saylanadi. 19181920 yillarda To’rtko’lda yashab, «Yosh xivaliklar» partiyasiga a’zo bo’lib kiradi. 1920 yili xalq vakillarining Butunxorazm I qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Adliya noziri lavozimiga saylanadi. Keyinchalik u Xorazmdagi maktab, maorif ishlarida qatnashadi. 1924 yilda Xorazm ruhoniylarining 1qurultoyi chaqirilishi va o’tkazilishiga rahbarlik qildi.
B.Salimov islom g’oyalari asosida yangilikka intilishga, shariatda tenglikka erishishga, xon amaldorlarining huquqlari bilan o’sib kelayotgan savdogarlar va sanoatchilar, hunarmandlar va ziyolilar huquqlarini tenglashtirishga intildi. Dastlab u xonlikda mayda huquqiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan taraqqiyotga erishiSh mumkin, deb hisoblagan.
Bobooxun Salimov 20yillar oxirida kommunistik totalitar tuzum tomonidan ziyolilarning ta’qib qilinishi satijasida davlat ishlaridan chetlashtiriladi. Uning qarashlari, maqsad va g’oyalari bolshevistik siyosatga zid edi. Shuning uchun u 1929 yil 10 may kuni kechqurun sovet hokimiyati tomonidan sudsiz, so’roqsiz otib o’ldiriladi. Bobooxun Salimov qabrining qayerdaligi noma’lum.
ISXOQXON TO’RA IBRAT
Isxoqxon Ibrat ma’rifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaatchilaridan bo’lib, 1862 yilda Namangan yaqinidagi To’raqo’rg’on qishlogida tugilgan.
Dastlabki ma’lumotni eski maktabda, so’ngra onasining qo’lida oladi. Keyinroq Qo’qonga borib madrasaga o’qishga kiradi.
Isxoqxon Ibrat 1886 yilda madrasani tugatib, To’raqo’rgonga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda ma’rifat tarqatish bilan boshladi. O’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.
Isxoqxon Ibrat 1887 yilda haj safariga otlanadi. So’ng U Sharq mamlakatlari bo’ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istambul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaHarlarida bo’ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qilaDi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. I
Isxoqxon Ibrat 1912 yilda yozuvlar tarixiga bag’ishlasgan «Jome’ ulxutut» («Yozuvlar majmuasi») asarini yaratdi va o’z matbaasi «Matbaai Ishoqiya»da bosmadan chiqardi.
Ibrat chin qalbdan o’z xalqining ilmli, ma’rifatli bo’lishini istadi. Keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiytarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poyetik ijodining maekmui bo’lmish «Devoni Ibrat» she’rlar to’plamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid «Tarixi Fargona», «Tarixi madaniyat» va «Mezon uzzamon» ilmiy asarlarini yaratdi.
Ibratning so’nggi yillardagi hayoti ancha taxlikali o’tdi. 1935 yildan e’tiboran u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937 yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va ma’rifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi.
Isxoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi noma’lum.
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY
Do'stlaringiz bilan baham: |