Samarqand davlad universteti raqamli texnalogiyalar fakulteti informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi mavzu: Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish Bajardi


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari



Download 315,24 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi315,24 Kb.
#209107
1   2   3   4
Bog'liq
4-laboratoriya

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo‘lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda.

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari:

Ixtisoslashgan ilmiy-texnika zonalari tarmog‘ini barpo etish, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga yuqori texnologiyalarni samarali joriy etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatiladigan interfaol xizmatlar hajmini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, mamlakat axborot xavfsizligi tizimini mustahkamlash, elektron hujjat aylanishi mexanizmini takomillashtirish.

Mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish, ularni dunyo standartlariga yetkazish va shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilyapti.

Ko‘z o‘ngimizda ro‘y berayotgan taraqqiyot odimlarini barcha sohalarda bo‘lgani kabi telekommunikatsiya tizimida yaqqol kuzatishimiz mumkin. Avvallari faqatgina so‘zlashuv uchun ishlatilgan telefon simidan bugun internet, tovushli aloqa va ma’lumotlar uzatish kabi turli qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish, videotelefoniya va hatto teleko‘rsatuvlar ko‘rish imkoni bor. Bularning barchasi so‘nggi yillarda telekommunikatsiya tarmog‘ining izchillik bilan modernizasiya qilinishi natijasida yuzaga keldi. Hukumatimiz tomonidan mazkur sohaga eng zamonaviy vositalar joriy qilinishiga katta e’tibor qaratilgani bois, bugun yurtdoshlarimiz ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lmoqdalar.

Axborot asri deya e’tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnalogiyalarisiz hayotimizni tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamalakat darajasida soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan. Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olingan. Prezidentimizning ”O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori bu borada dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Amaliy harakatlar natijasida yurtimizning olis mintaqalarida axborot resurslarini yaratish va undan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmog‘ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Barcha oliy o‘quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirilgan www.edu.uz, www.markaz.uz veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet tarmog‘ining milliy segmentida axborot resurslarni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq barcha o‘quv yurtlari vebsaytlari www.edu.uz axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan. Bundan tashkari, o‘quv yurtlarining o‘quv qo‘llanma va ma’ruza matnlari «Ziyo» elektron-ta’lim bazasida joylashtirilgan, «ZiyoNET» axborot-ta’lim tarmog‘ining resurslari yaratilgan, o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan www.literature.uz veb-sayti ishga tushirilgan, maqolalar to‘plami, o‘quv qo‘llanmalar va E-collector referatlar hamda oltita tilga mo‘ljallangan — www.multilex.edu.uz on-layn lug‘at yaratildi.

O‘quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, ta’lim jarayoniga masofaviy o‘qitishni joriy etish, talabalar va o‘qituvchilarning mustaqil o‘qishini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (TDPU) qoshida www.pedagog.uz axborotta’lim portali yaratildi. Mazkyp portalning masofaviy o‘qitish bo‘limida o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha test vazifalari va virtual laboratoriya stendlari joylashtirilgan. Universitet bo‘yicha 250 kompyuterni birlashtirgan "TDPU-INTRANET» tarmog‘i faoliyat yuritadi.

2007 yilning oxiriga kelib, oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan 500 dan ziyod elektron o‘quv qo‘llanma ro‘yxatga olingan, o‘qitiladigan predmetlar aksariyati bo‘yicha ma’ruzalarning elektron matnlaridan oliy o‘quv yurtlari axborot-resurs markazlarida foydalanish mumkin.

ZiyoNET ta’lim tarmog‘i resurs markazining bo‘linmasi tomonidan «ZiyoNET» portalining «Biblioteka» bo‘limida 6000 dan ziyod axborot-ta’lim resurslari joylashtirilgan. Barcha resurs markazlarida axborot va kompyuterlarni zararli dasturlardan himoyalash bo‘yicha zarur choratadbirlar ko‘rildi. Buning uchun doimiy tarzda yangilanib turadigan maxsus viruslarga qarshi dasturlar qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi 381-son farmoniga muvofiq oliy o‘quv yurtlari qoshida axborot-resurs markazlari tashkil etilmoqda, bu esa kadrlarni tayyorlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot-resurs markazlardagi kompyuterlarning umumiy soni 1600 dan ziyodni tashkil etadi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining barcha o‘quv yurtlari orasida byudjet mablag‘lari hisobiga tayyorlangan 307 o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari tarqatilgan. Ishlar ta’lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.




Download 315,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish