O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI SAMARQAND FILIALI SPORT TA’LIMI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH ORQALI OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SPORT TURLARI BO‘YICHA SPORTCHILAR ZAXIRASINI SHAKLLANTIRISH SIFATINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi
PQ-5279-son qarori
Qarorga binoan:
Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish,
kuchli olimpiya zaxirasini yaratish orqali sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash.
2022-yildan boshlab: Tuman (shahar)da olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazishni moliyalashtirish uchun 110 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi (respublika budjetidan — 55 milliard so‘m, mahalliy budjetlardan — 55 milliard so‘m) hamda ushbu maqsadlar uchun har yili har bir tuman (shahar)ga 300 million so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha beriladi. Bunda, ushbu mablag‘larning ajratilganligi va uning xarajatlari “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchi, trenerlar va boshqa mutaxassislarga, shu jumladan xorijiy sport mutaxassislariga Davlat budjetidan to‘lanadigan oylik ish haqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan mezonlar asosida to‘lab beriladi.
Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul kvotalari har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qabul kvotalari erkaklar va ayollar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab teng ravishda belgilanadi (2022/2023 o‘quv yilida ayollar ulushi 30 foiz, 2023/2024 o‘quv yilida — 40 foiz, 2024/2025 o‘quv yilida — 50 foizni tashkil qiladi) O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining tegishli paralimpiya sport turlari bo‘limlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratiladi Davlat budjeti Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi bekor qilinadi hamda o‘quvchilar to‘liqablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi