7
2-Mavzu: Korxonaning xuquqiy maqomi, ta’sis xujjatlari, tashkiliy
tuzilishi bilan tanishish
O’zbekiston mustaqillikka erishgach xususiy korxonalarni, masuliyati
cheklangan jamiyatlarning, aksadiyorlik jamiyati va tadbitkorlarning sonini
ko’paytirish maqsadida ko’plab sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu munosabat bilan
“Ishtixon Agroservis MTP ISM ” MCHJ tashkil topgan.
Jamiyat O’zbekiston respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik
shaxs hisoblanadi.Jamiyat belgilagan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan
keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Jamiya o’z faoliyatini tartibda
belgilangan ustav va O’zbekiston respublikasning qonunlariga muvofiq va ta’sis
hujjatlariga asosan amalga oshiradi. Jamiyat o’z majburiyatlari bo’yicha
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Jamiyatning ishtirokchilari ularning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar
va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati
doirasida javobgar hisoblanadi. Jamiyatning o’z hissasini to’la qo’shmagan
ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha har bir ishtirokchi hissasining
to’lanmagan qismining qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Jamiyat o’zining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek
belgilangan tartibda ro’yxarga olingan o’z emblemasiga, Tovar belgisiga ega
bo’lishga haqli. Jamiyat o’z egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan
alohida mol-mulkka ega, o’z nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi sudda
da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Jamiyat o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va
O’zbekiston Respubliksining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi (06. 05. 2014y. O’RQ-370 – son) Qonun
va “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi (03.06.2016y. O’RQ-387 –son)
Qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.
8
“Ishtixon Agroservis MTP ISM ” MCHJ ning ustavi O’zbekiston
Respublikasining “Ma’suliyati cheklangan hamda ma’suliyati cheklanmagan
jamiyatlar to’g’risidagi” qonuni va boshqa qonun osti xujjatlari, shuningdek
Jamiyat ishtirokchilarning 2017 yil 18 dekabrdagi ta’sis shartnomasi asosida ishlab
chiqilgan.
Korxonaning ta’sis shartnomasida quyidagilar bayon qilingan:
v
Umumiy qoidalar
v
Jamiyat tashkil etishdan maqsad va faoliyat turlari
v
Ishtirokchilarning ulushni kiritish bo’yicha majburiyatlarini buzganliklari
uchun javobgarlik
v
Daromad va ziyonlarni taqsimlash shartlari va tartibi
v
Jamiyat boshqaruv organi
v
Ishtirokchilarning jamiyatdan chiqish tartibi
v
Nizolarni hal qilish
v
Yakuniy qoidalar.
Jamiaytning ustav fondi 4 498 700 122 (to’tr milliard to’rt yuz to’qson sakkiz
million yeti yuz ming bir yuz yigirma ikki) so’m miqdorda belgilangan. Korxonada
yakka ta’sischi Samarqand viloyat Agroservis mashina traktorlar parki MJCH
bo’lib hisoblanadi.