15
5-Mavzu: Korxonaning hisob siyosati, ishchi schotlar rejasi bilan tanishish
“Ishtixon Agroservis MTP ISM ” MCHJning 2018 yillarga mo`ljallangan hisob
siyosati O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O`zbekiston Respublikasi
hukumatining qarorlari va yo`riqnomalari hamda me`yoriy hujjatlarga
quyidagilarni kiritish mumkin :
Ø
O`zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi
qonuni ;
Ø
O`zbekiston
Respublikasi
Buxgalteriya
Hisobining
Milliy
standartlari ;
Ø
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-
sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni
to`ldirish bo`yicha qoidalari” ;
Ø
Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan “Mahsulaot (ishlar , xizmatlar ) ni ishlab chiqarish va
sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi
to`g`risida” gi Nizom ;
Ø
Boshqa me`yoriy huquqiy hujjatlar asosida yuritiladi .
Hisob siyosatida quyidagi tarkibiy elementlar o`z aksini albatta topishi
lozim :
16
Buxgalterya hisobi barcha ishlab chiqarishga doir opratsiyalar , kapital ,
majburiyatlar va mol – mulkning hujjatlarda aks ettirilishi miqdor va pul
ko`rinishida uzluksiz o`zaro bog`liq munosabatlarda olib boriladi .
Buxgalterya hisobining tashkil etish bo`yicha javobgarlik korxona rahbari
zimmasiga yuklatiladi .
Buxgalteriya hisobining umumiy metodologik prinsiplariga rioya qilishni ,
barcha xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirish va uni
nazorat qilish , buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar hamda tezkor ma`lumotlarni
belgilangan muddatlarda taqdim etish , korxona moliyaviy xo`jalik faoliyatini
iqtisodiy tahlil etishni amalga oshirish korxona hisobchisi ya`ni“Ishtixon
Agroservis MTP ISM ” MCHJ jamiyat hisobchisi Eshboyev Vohidjonga
yuklatilgan .
Jamiyat hisobchisi O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga
zid keladigan operatsiyalar bo`yicha hujjatlarni qabul qilish va uni
rasmiylashtirishga huquqi yo`q .
Hisob registrlariga yozuv boshlang`ich hujjatlarni aniq tekshirish asosida
amalga oshiriladi . Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar
kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi . Xo`jalik operatsiyalarini bir martalik amalga
oshirish ish usuli ikki yoqlama yozuv asosida xo`jalik muomalasi bo`yicha tegishli
summani bitta schyotning debitiga va aynan shu summani ikkinchi schyotning
kreditiga qayd etish bilan amalga oshiriladi . Hisob registrlarida buxgalterya hisobi
bo`yicha yozuvni amalga oshirish , operatsiyalarning mazmuniga va harakteriga
17
qarab hujjatlar qabul qilinishiga yoki oy yakuni bo`yicha bir marta amalga
oshiriladi .
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik buxgalteriya hisoboti mulkchilik
shaklidan qat’iy nazar hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha,choraklik
hisobotlarni esa keyingi oyning 25-kunigacha tuzilib , kerakli idoralarga
topshirilishi lozim .
Do'stlaringiz bilan baham: