Maktabgacha ta`lim tashkilotida jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarini rejalashtirish Rejalashtirish juda murakkab ijodiy jarayon bo`lib, mutaxassis faoliyatining har tomonlama samarador bo`lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni yodda tutish kerakki, tasdiqlangan, ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan rejalashtirish ko`p yillar davomida hech qanday o`zgarish va qo`shimchalarsiz qolishi mumkin. Biroq doimiy yangilanishni talab qiladigan ko`plab omillar mavjud. Rejalashtirishning samaradorligini oshirishda eng muhim omil shundaki, barcha pedagogik jarayonlar doimiy nazoratda bo`lishi kerak.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berish va tarbiyalashda boshqa sohalardagi rejalashtirishdan sezilarli darajada farq qiladi. Bu harakat faolligini o`rganishning o`ziga xos jarayoni, tizimli dastur ta`lim va tarbiya vazifalarini hal qilish zarurati bolalarning jismoniy rivojlanishiga, ularning sog`lomlashtirish jarayoniga maqsadli ta`sir ko`rsatadi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar bilan jismoniy mashqlarning barcha turlarini o`tkazish quyidagicha rejalashtiriladi:
- jismoniy tarbiya mashg`ulotlari;
- kun tartibidagi jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish tadbirlari;
-jismoniy tarbiya va ommaviy tadbirlar (dam olish, xordiq chiqarish va
- bolalarning mustaqil harakat faoliyati.
Bundan tashqari, faoliyat bilvosita ta`sir ko`rsatuvchi jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarining samaradorligini mutaxassisning tibbiy xodimlar va ota-onalar bilan o`zaro hamkorligi belgilaydi.[14]
Ta`lim jarayonini rejalashtirish Ta`lim jarayonini rejalashtirishning barcha hujjatlari direktiv va operativ turlarga bo`linadi.
Direktivlarga xujjatlarga quyidagilar kiradi:
1) jismoniy tarbiya asosiy vositalarini o`z ichiga olgan dastur;
2) dasturning muayyan bo`limlari uchun soatlar sonini tartibga soluvchi reja.
Operatsion hujjatlarga quyidagilar kiradi:
1) o`quv materiallarini yil davomida taqsimlash rejasi;
2) tematik dastur;
3) choraklik reja;
4) jismoniy tarbiya mashg`uloti konspekti;
Dastur. Mutaxassis jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini rejalashtirish bo`yicha ishni dastur bilan tanishishdan boshlashi kerak.
Hozirgi vaqtda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida «Davlat talablari» (2018) bilan birga, «Ilk qadam» yangi dasturi qo`llanilmoqda.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining zamonaviy dasturlari jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish ishlarini tashkil etish va o`tkazish yondashuvlari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, dasturlar bilan tanishishda har tomonlama e`tiborlilik talab etiladi.