SamDU o`quv ishlari bo`yicha prorektor: prof.A.Soleev
Kirish
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida Maktabgacha ta`limda dastlabki gimnastikani tashkil etish kursi bo`lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiyaning turli xil milliy hamda chet el tajribalaridan samarali foydalanishga o`rgatish, ularni jismoniy tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlariga mos holda, maqsad va vazifalarini amalda bajarishga o`rgatishdan iborat.
Maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, rivojlantirish va tubdan isloh qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarmog`ini talabga mos ravishda kengaytirish, malakali mutaxassis kadrlarga bo`lgan ehtiyojini ta`minlash, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash rejasini tubdan yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta`lim dasturlari va texnologiyalarni tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-2707-sonli qarori (29.12.2016 y.), «Nodavlat ta`lim xizmatlarini ko`rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3276-sonli qarori (15.09.2017y), «Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PQ-3261-sonli qarori (09.09.2017 y.), «O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi PQ-3305-sonli qarori (30.09.2017 y.), «Maktabgacha ta`lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» PF-5198-sonli Farmoni (30.09.2017 y.) Maktabgacha ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda (09.05.2019), 2019-2023 yillar davrida O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi (13.02.2019) tasdiqlandi.
Joriy hujjatlar maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ilg`or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta`limda ta`lim berish sifatini oshirish, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo`llaniladigan zamonaviy ta`lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish imkoniyatini yaratadi.
Bo`lajak mutaxassislarning kasbiy mahorati, bolalar, ularning ota-onalari, mutaxassislar jamoasi bilan olib boradigan ko`p qirrali hamda ijodiy faoliyatida namoyon bo`ladi. Bo`lajak mutaxassislar bolalarning rivojlanishi, o`sish jarayonini tushunish bilan birgalikda, harakat faolligini oshirish, va inson tanasining o`ziga xos funksiyalarini bilishi, o`yin hamda harakat tayyorgarligining dasturiy mazmunini anglash bilan bir qatorda bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligini tashxislash ko`nikmalariga ega bo`lishlari, shuningdek, tarbiyalashning zamonaviy metod va usullaridan xabardor bo`lishlari zarur.
O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ishlariga katta e`tibor berib kelinmoqda. Barkamol yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Respublikamizda zamonaviy uzluksiz ta`lim tizimi shakllandi.Ushbu ta`lim tizimining poydevorini maktabgacha ta`lim tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sog`lom,aqlan yetuk,ma`nan boy,har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat.Masofali ta`lim muassasasi tarbiyachisi maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya berish uchun nazariy va metodik bilimlarni egallashi g`oyat muhimdir.Masofali ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya tizimini kun tartibi, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari, chiniqtirish,madaniy-gigenik ko`nikmalar,ertalabki badantarbiya tashkil etadi. Jismoniy tarbiya shakllarini to`g`ri tashkil etish va o`tkazish metodikasii bilan bo`lajak mutaxassislar “Maktabgacha ta`limda dastlabki gimnastikani tashkil etish” fanini o`rganish orqali egallab boradilar. Dasturda Masofali ta`limda jismoniy tarbiya metodikasi fanining nazariy jixatlari asoslab berilgan. Masofali ta`limda jismoniy tarbiya metodikasi o`quv fanini o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan birlamchi ma`lumotlar yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |