Tarmoqni va raqobatni tahlil etishning umumlashgan sxemasi.
1.
Tarmoq muhitini asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlili
(bozorning o’sishi, geografik masshtabi, tarmoq tuzilmasi,
masshtab samarasi va boshqalar.
2.
Raqobat tahlili:
Sotuvchilar raqobati (kuchli, kuchsiz yoki o’rtacha raqobat;
Raqobatchini kirish raqobati yoki kirish to’siqlarining
balandligi;
O’rinbosar tovarlar raqobati (kuchli, kuchsiz yoki o’rtacha);
Ta’minotchilarning bozor hokimligi va paydo bo’lish
sabablari;
Iste’molchilarning bozor hokimligi va paydo bo’lish sabablari.
3.
Harakatlanuvchi kuchlar tahlili.
4.
Strategik guruhlarni va asosiy kompaniyalarni raqobat vaziyati
tahlili:
Qulay vaziyat (omillar);
Noqulay vaziyat (omillar).
5.
Raqobatchini tahlil etish:
Asosiy raqobatchilar taklif etadigan harakatlar va strategik
yondashuvlar;
Qaysi raqobatchini kuzatish kerak va nima uchun kuzatish
kerak.
6.
Muvaffaqiyatning asosiy omillari tahlili.
7.
Tarmoq istiqboli va uning jozibadorligi tahlili:
Tarmoqning jozibadorligi va jozibasizligi omillari;
Tarmoqning o’ziga xos muammolari;
Foyda olish istiqboli (qulay, noqulay).
96
Tayanch vaziyatlar.
Tashqi muhitni strategik tushunish uchun kompaniya quyidagi yetti
savolga javob topishi zarur:
1. Tarmoqning asosiy iqtisodiy tavsifi qanaqa? Tarmoqlar bozor
hajmi,
o’sish tezligi, raqobat masshtabi, xaridorlarning va
sotuvchilarning nisbiy o’lchami, soni, kirish va chiqish murakkabligi,
sotuvchilarning
vertikal
integrasiyasi,
asosiy
texnologiyalarning
o’zgarish tezligi, raqobatchilar mahsulotining standartlashganligi va
individuallashganligi hamda foydasi kabi ko’rsatkichlar bilan bir-biridan
farq qiladi. Tarmoqning iqtisodiy tavsifini kompaniya strategiyasiga
ta’sir etish darajasi muhim ahamiyatga ega.
2. Raqobatning tavsifi qanaqa va besh raqobat kuchini har birining
quvvati qanday? Raqobatning keskinligi besh kuchning umumiy ta’siri
bilan aniqlanadi. Bular raqobatlashuvchi sotuvchilar musobaqasi bilan,
jozibador o’rinbosar tovarlar mavjudligi bilan, yangi raqobatchilarning
tarmoqqa
kirish
xavfi
bilan,
asosiy
ta’minotchilarning
va
iste’molchilarning bozor hukmronligi bilan ifodalanadi. Raqobat
tahlilining vazifasi har-bir kuchning raqobat bosimini aniqlashdan,
so’ngra qabul qilingan «raqobat qoidalari» asosida kompaniya qanaqa
strategiyalardan foydalanishini bilishdan iborat.
3. Tarmoqning raqobat muhiti va tuzilmasidagi o’zgarishlarga nima
sabab bo’ladi? Tarmoqdagi o’zgarishlar shart-sharoitlar, manfaatlar va
bosim kuchlari ta’sirida ro’y beradi. Umumiy harakatlantiruvchi kuchlar
bu tarmoqning uzoq muddatli o’sish o’zgarishlari, iste’molchilar
tarkibining o’zgarishi, yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo’lishi,
yirik kompaniyalarning tarmoqqa kirishi va chiqishi, globallashuv,
davlat va ma’muriy organlarning siyosat bilan bog’liq o’zgarishlari,
noaniqlik va tadbirkorlik tavakalchiligini pasaytirish harakatlari ta’sirida
ro’y beradi. Harakatlantiruvchi kuchlar va ularning tarmoqqa ta’sirini
chuqur tahlil etish samarali strategiyani shaklantirishning zaruriy sharti
hisoblanadi.
4. Qanaqa kompaniyalar yaxshi va yomon raqobat vaziyatiga ega
bo’ladi? Strategik guruhlar kartasini tuzish muhim ahamiyatga ega, lekin
raqobatchi kompaniyalarning o’xshash tomonlarini, farqlarini, bozor
97
vaziyatlarini kuchli va kuchsiz tomonlarini tushunishning majburiy sharti
emas. Bitta guruhda yoki qo’shni strategik guruhlarda zich joylashgan
raqiblar bir-biriga yaqin raqobatchilar hisoblanadi. Uzoq strategik
guruhlarda joylashgan kompaniyalar esa bir-biriga xavf solmaydi.
5. Raqobatchilardan qanaqa strategik harakatlarni kutish mumkin?
Ushbu
analitik
bosqich
raqobatchilar
strategiyasini
aniqlashni
(raqobatchilardan qaysi biri kuchli va qaysi biri zaifligini aniqlashni)
ularni raqobat mavqeini baholashni va kelajakda qanday strategik
harakatlarni amalga oshirishni aniqlashni nazarda tutadi. Bunday
kuzatishlarni amalga oshirish raqobatchilarning harakatlarini prognoz
qilish va unga qarshi tadbir- choralarni amalga oshirish imkonini beradi.
Raqobatchilarning
harakatlarini
kuzatishga
yetarlicha
e’tibor
bermaydigan rahbarlar ularning kutilmagan zarbasidan qiyin ahvolga
tushishi mumkin.
6.
Raqobat
muvaffaqiyatining
asosiy
omillari
qaysilar?
Muvaffaqiyatning asosiy omillari raqobatda moliyaviy muvaffaqiyatga
erishish yo’lida foydalanish mumkin bo’lgan strategik harakatlarning,
yondashuvlarning biznes natijalaridir. Raqobat harakatlarini e’tiborga
olib, tarmoq muvaffaqiyatining omillarini aniqlash eng muhim analitik
vazifa hisoblanadi. Muvaffaqiyat omillarini to’g’ri tushunadigan
kompaniyalar o’z strategiyasini ushbu omillarga nisbatan moslashtirish
va unga amal qilish hisobiga raqobat ustunligiga ega bo’ladilar.
Raqobatning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillarni
yaxshi tasavvur eta olmaydigan kompaniyalarning muvaffaqiyatli
strategiyani yarata olish ehtimoli juda past.
7. Tarmoq jozibadorligi va unda o’rtachadan yuqoriroq foyda olish
ehtimoli qanday? Ushbu savolga javob kompaniyaning strategiyasiga
asosiy ta’sirni o’tkazadi. Tarmoq va raqobat muhiti jozibador degan
xulosa odatda, agressiv strategiyadan foydalanib, mustahkam raqobat
mavqeini ta’minlashni sotishni va investisiyani amalga oshirishni kerak
bo’lsa, qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishni keltirib
chiqaradi. Agar tarmoq nisbatan jozibador emas degan xulosaga kelinsa,
boshqa
tarmoqdagi
kompaniyalar
ushbu
tarmoqqa
o’tishga
shoshilmasligi va izlanishlarni boshqa tarmoqqa yo’naltirishi mumkin.
98
Ushbu tarmoqdagi zaif kompaniyalar boshqa kuchliroq raqobatchilar
tomonidan qo’shib olinishi yoki o’zida singdirib yuborilishi mumkin.
Kuchli kompaniyalar esa o’z navbatida investisiyalarni chegarasini va
xarajatlarini pasaytirib, yangi mahsulotlarni kiritib, o’zining uzoq
muddatli raqobatbardoshligini va foydasini himoya qilishadi. Ba’zan
jozibasiz tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan kompaniya yetarlicha bozor
mavqeiga va zaif raqobatchilarga ega bo’lsa, u qulay joylashish hisobiga
yaxshi yashashi ya’ni, uning uchun tarmoq jozibador bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |