SOG'LOM TURMUSH TARZI VA UNING TARKIBIY QISMLARI
Biz allaqachon aniqlaganimizdek, sog'lom turmush tarzi - bu tarkibiy qismlarning butun majmuasi, ularning asosiylari:
Sog'lom ovqatlanish;
Yomon odatlardan voz kechish;
Kun tartibiga rioya qilish.
Shunisi e'tiborga loyiqki, bu komponentlar umumiy tan olingan, ammo yagona emas. Bu, ta'bir joiz bo'lsa, sog'lom turmush tarzining asosidir, ammo agar siz ushbu asoslarni o'ziga xos og'riqli burch sifatida qabul qilsangiz, bu g'oya hech qanday yaxshi narsa keltirmaydi.
Harakat — borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon Harakat tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — Harakatdir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi H. va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu sababli Harakat borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi Harakat shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) mexanik harakat— jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning harakat nisbiydir, chunki Harakat Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning Harakati qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar Harakat Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi Harakat haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. Harakatning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, porshenningharakat.i), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va boshqa turlari farqlanadi. 2) fizik Harakat. (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning harakat.dan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon Harakatigacha, yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu Harakat. shakliga mansubdir); 3) kimyoviy Harakat(bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar Harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi); 4) biologik (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy harakat.dan keyin moddiy obʼyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik Harakatga va quyi yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik Harakatga. ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy Harakat. (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi Harakatning. shakllari ham mavjud. Tafak-kur — fikrning Harakati, informatsion Harakat, gʻoyaning Harakatningmaʼnaviy Harakat xayoliy Harakat va boi|qalar shular jumlasiga kiradi. /Hning eng sodda shakli mexanik Harakat boʻlib, uning man-bai tashqi taʼsirda, Harakat murakkab shak-llarining mayabai esa ichki aloqadorliklarda- ʻQadimdan Harakat va uning manbalari haqida turli konsepsiyalar ilgari surilgan. H.ni olamning asosiy mohiyati deb qarash Avestovya taʼkidlangan. Qad. Misr, Bobil, Xitoy, Hin-diston, Yunoniston olimlari Harkatning mohiyatiga oid maxsus asarlar yozishgan. Ular harakatning xususiyatlari, shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni ishlab chiqishgan. Ayrim faylasuflar esa harakatning mavjudligini ham inkor etgan. Eleylik Zenon H.ning yoʻqli-gini oʻzining "Axill va toshbaqa", "Dixatomiya", "Uchayotgan kamon oʻqi" kabi mashhur aporiyalarnda isbotlashga uringan. Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo mukammal asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida Gegel Harakatning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini taʼkidlagan. Harakatni tushuntirishda Harakatning moddiy tashuvchisi, manbai haqidagi gʻoyalar muhim ahamiyatga ega. Ingliz olimi J. Toland (1670—1722) Harakatni materiya bilan bogʻlab tushuntiradi. Uning fikricha, Harakatsiz materiya boʻlmaganidek, materiya ham Harakat boʻlishi mumkin emas. Bu fikr materialistik falsafaning asosiy tamoyiliga aylandi.
Harakatning moddiy tashuvchisi tushunchasi Harakat oʻz-oʻzicha mavjud emas, u har doim "nimaningdir" Harakati, "nimaning-dir" oʻzgarishi degan maʼnoni bildi-radi. Oʻsha "nima" Harakatning moddiy tashuvchisi boʻladi (u H. shakllarini ajratib koʻrsatishda taʼkidlab oʻtildi). Gʻoyaviy shakldagi .lar toʻgʻrisida gap borganda "Harakatning moddiy tashuvchisi" tushunchasi oʻz maʼnosini yoʻqotadi. Uning oʻrnini "harakatlanuvchi sistema" tushunchasi egallaydi. Bunday sistema moddiy yoki maʼnaviy shaklda boʻlishi mumkin. Inson tafak-kuri, axborotlar sistemasi, maʼnaviy sistema, gʻoyaviy sistema va shahrik. maʼnaviy shakldagi harakatlanuvchi sistemaga misol boʻlishi mumkin. Harakatning manbai haqida gapirganda mutafakkirlar qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutishadi. Ichki ziddiyatlar harakatning ichki manbaidir. Ayrim olimlar tashqi turtkini yoki dastlabki turtkini Harakat manbai deb bilishadi. Ularning fikricha, olamda abadiy sokinlik hukmron boʻlib, keyin dastlabki turtki tufayli u jarakat.ga kelgan Aslida. voqelik Harakatsiz boʻlishi mumkin emas, u doimo Harakatda, oʻzgarishda. Bu oʻzgarishlar ichki va tashqi ziddiyatlar tufayli amalga oshadi. Ibn Sino jism bir joyda va bir paytning oʻzida harakatda ham, sukunatda ham boʻlmaydi, Harakat zid-diyatlidir va uning natijasidir, deb koʻrsatgan edi. Ziddiyatlar jismni harakatga keltiradi, shu maʼnoda har qanday Harakatning manbai zziddiyatdadir.Harakat shakllari borliqsagi oʻzaro aloqadorliklarning namoyon boʻlishidir. Oʻzaro aloqadorlik moddiy va maʼnaviy shakllarda boʻladi va olamning yaxlitligini taʼminlaydi. Moddiy dunyoning asosida 4 xil — gravitatsion, elektromagnit, kuchli va kuchsiz yadroviy oʻzaro aloqa-dorliklar yotadi. Aloqadorliklar esa qoʻshilib fazo va vaqt strukturasini tashkil etadi. H. yoki harakatlanuvchi sistema xoh moddiy koʻrinishda, xoh maʼnaviy koʻrinishda boʻlishidan qatʼi nazar, olamning oʻzgarishi va rivojlanishi asosida yotadi. H. — mavjudlik boʻlsa, hara-katsizlik-sokinlik — yoʻqlikka mos keladi. Shu sababli H. borliqning adabiy va mutlaq xususiyati, sokinlik esa oʻtkinchi va nisbiy xususiyati deb hisoblanadi. Quyidan yuqoriga boʻladigan H. rivojlanish deyiladi, aksi regressivdir.
Sport (fr. desporter — „oʻynamoq“, „maza qilmoq“[1]) qatnashuvchilarning jismoniy va/yoki aqliy qobiliyatlarini solishtirishga va/yoki zavqlanishga moʻljallangan, tayinli qoidalarga ega faoliyat turidir.
Sport (ing . sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki sport musobaqalari Yunonistonda boʻlib oʻtgan. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tashkil qilinganidan keyin sport juda tez rivojlana boshladi. 1896-yilda 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.
Sportning asosiy 3 ta oʻzaro bogʻliqtashkiliy shakllari mavjud: ommaviy havaskorlik ; oʻquv fani sifatidagi S; yuqori natijalar Si. Ommaviy havaskorlik Si — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga koʻra chegaralanadi. Oʻquv fani sifatidagi sport — barcha turdagi taʼlim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiyjismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar sport i eng yaxshi sport kursatkichlari (rekordlar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarliklarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.
Taraqqiyot jarayonida sport jismoniy tarbiya doirasidan chiqib, mustaqil umummadaniy, siyosiy, estetik, iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. Sport dustona xalqaro aloqalarni kengaytirishga, xalqlarning uzaro birbirini tushunishi va doʻstligi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 19-asr oʻrtalaridan bir necha Gʻarb mamlakatlarida professional sport rivojlana boshladi. U tomoshabopligi, biznesga aylanib, katta daromad manbai boʻlib borayotganligi bilan ajralib turadi.
Sport turlarining 2 asosiy guruhi mavjud: milliy sport turlari va xalqaro sport turlari. Milliy sport turlari har bir xalqning oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosidarivojlangan. Xalqaro sportturlari muayyan sharoitlarda musobaqalar oʻtkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat boʻlib, bunda musobaqa ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini, natijalarni hisobga olish va baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, yagona qoidalardan foydalanishga asoslangan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. Sport bilan shugʻullanishda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, xalqaro sport tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqori sport koʻrsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi man etgan boshqa vositalardan foydalangan sportchi musobaqalardan chetlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |