«M enejm ent» fanini o ’qitish doimo yangi bilim larga asoslanishi kerak.
Ayniqsa, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish fanni o ’qitishda yuqori
sam ara keltiradi. Fanni o ’qitishda zamonaviy kom pyuter texnologiyalari, keys-stadi
masalalari, ishbilarmonlik o ’yinlari va amaliy o ’yinlardan keng m iqyosda
foydalaniladi. Bundan tashqari, amaliyotda boshqaruvchilik faoliyatiga tegishli
bo ’lgan iqtisodiy, texnologik va huquqiy hujjatlar o ’rganiladi.
Darslarda m azkur fanni o ’qitish pedagogik texnologiyalardan, O ’UM,
keyslardan foydalanish lozim.
“M enejm ent” kursini o ’qitishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan
foydalaniladi:
Shaxsga y o ’naltirilgan ta ’lim. Bu ta ’lim o ’z mohiyatiga ko’ra ta ’lim
jarayonining barcha ishtirokchilarini tulaqonli rivojlanishlarini k o ’zda tutadi. Bu esa
ta ’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, m a’lum bir ta ’lim oluvchining shaxsini
emas, aw a lo , kelgusidagi m utaxassislik faoliyati bilan bog’liq o ’qish maqsadlaridan
kelib chiqqan holdayondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. T a’lim texnologiyasi tizim ning barcha belgilarini o ’zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bug’inlarini o ’zaro
bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga
y o ’naltirilgan
yondoshuv.
Shaxsning
jarayonli
sifatlarini
shakllantirishga, ta ’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish,
o ’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga y o ’naltirilgan ta ’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o ’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini
bildiradi. Uning natijasida shaxsning o ’z-o’zini faollashtirishi va o ’z-o ’zini ko’rsata
olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta ’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta ’lim beruvchi va
ta ’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalami
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e ’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta ’lim. T a’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta ’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
o b ’yektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qullashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta ’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qullash - yangi
kom pyuter va axborot texnologiyalarini o ’quv jarayoniga qullash.
O ’qitishning usullari va texnikasi. M a’ruza (kirish, m avzuga oid, vizuallash),
muammoli ta ’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O ’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o ’zaro
o ’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O ’qitish vositalari: o ’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, m a’ruza matni)
bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kom munikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan
bevosita o ’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-surov, oraliq va jo riy va
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o ’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o ’quv m ashg’uloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik karta k o ’rinishidagi o ’quv m ashg’ulotlarini rejalashtirish,
quyilgan maqsadga erishishda o ’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya m ashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlaming
nazorati.
M onitoring va baholash: o ’quv m ashg’ulotida ham butun kurs davom ida ham
o ’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqari
yoki yozm a ish variantlari yordam ida tinglovchilam ing bilimlari baholanadi.
“M enejm ent” fanini o ’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Exsel”
elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim m avzular bo ’yicha talabalar
bilimini baholash test asosida va kompyuter yordam ida bajariladi. “Internet”
tarm og’idagi rasmiy iqtisodiy k o ’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatm a materiallar
tayyorlanadi, test tizim i ham da tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy
nazoratlar o ’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: