“Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish



Download 36,5 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi36,5 Kb.
#705695
Bog'liq
Salom-fizika




_________________ ___-umumta’lim
maktabi fizika fani o`qituvchisi
__________________________ning “Salom fizika”
nomli kechaga tayyorlagan


SSENARIYSI

Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish


“Salom fizika” nomli mavzuda kecha o`tkazish uchun 7-8–sinf o`quvchilari jalb etiladi. Kechani o`tkazishdan maqsad fizika fani asoslaridan olgan bilimlarini namoyish qilish, tabiat va undagi hodisalarni to`g`ri talqin qilish fizikani turmushda va texnikada ishtirok etishini tushuntirish, o`qishga ongli yondoshish hislarini rivojlatirish, puxta va atroflicha bilim olishga o`quvchilarni undashdan iborat.


O`qituvchi o`quvchilarga tabiat hodisalari va fizikaga doir she’rlarni yod oldiradi, ashula va o`yinlar o`rgatadi.
Farg`ona shahridagi 1-umumta’lim maktabning 7-8-sinflari tomonidan “Salom fizika” degan mavzuda o`tkazilgan kecha quyidagi reja asosida olib boriladi:
1.Kirish so`zi.
2. Kechaning rasmiy qismi.
3. Viktorina.
4. Ashula va o`yinlar.
Kechani maktabning fizika o`qituvchisi. A.So`fiyeva kirish so`zi bilan ochdi. U o`z so`zida tabiat hodisalari, texnikada va turmushda ishlatiladigan asboblar, kosmik raketalar va hokazolar fizika fani bilan bog`liq ekanligini, hamma joyda fizika hoziru nozir ekanligini tushuntiradi.
Shundan keyin kechaning rasmiy qismi boshlanib, 7-8–sinflar o`quvchilari Uyg`unning va o`zlari shu mavzuga atab yozgan she’rlaridan namunalar o`qib beradi.


1-o`quvchi:
Fizka sanalur, fanlarning shohi,
Ibn Sinodir, uning sardori.
Zaryadlar ta’sirin ochganda Kulon,
Ilmda tanhodir bu ulug` inson.
Ulug`bekning nomi butun olamda,
Arximed richagi bizning qo`llarda
2-o`quvchi:
Bilaman, kattadir fizik olimlarning
Fizika faniga qo`shgan xissasi.
Ko`pdan insonni hayratga solgan
Lazer nurining yangi qissasi.
Nur demak, jahon nurafshon,
Jahon xalqlarining iqboli shunda.
Bugun do`stlarga – Assalom! – demak.
Shunday ulug` ayyomda, yop-yorug` kunda!

Assalom, so`zimning kirish qismidan.


Assalom, qalbimning yurak to`ridan.
Assalom, o`zbekning o`g`il-qizidan.
Assalom, bo`lajak yosh fiziklardan.

Bugungi uchrashuv do`stlik timsoli,


Fizika fanining siru asrori.
Hakam hayati timoshasi bu,
Ikki komandaning uchrashuvi bu.

Fizika – bu fanlar otasi,


Kimyo, algebra unga egizak.
Nyuton, Arximedning hissasi,
Fizika faniga qo`ygandir bezak.
Fizika kitobini qo`lga olganda,
Bilamiz Paskal qilgan mehnatin.
Misol va masalalar yechganda,
Qadrlaymiz mehnatin.


3-o`quvchi:
Ehtimol, shu zalda o`tirganlardan
Kimdir, birov oyga uchishi mumkin.
Kimdir kelajakning raketasida,
Cheksiz fazolarni quchishi mumkin.
Amotlar sirini o`rganib kimdir,
Olamga nur sochmog`i mumkin.
Xali biz bilmagan son-sanoqsiz,
Tilsimlarni ochmog`i mumkin.


4-o`quvchi:
Men she’rga soldim aytar so`zimni,
Baxtiyor sezaman g`oyat o`zimni.
Xush kelibsiz! Bizni etdingiz shod,
Qadamlaringizga ming-ming hasanot.
Salobat to`kib o`tirgan hayat a’zolari,
Sizlarga assalomu alaykum! Salom!
Assalom!


5-o`quvchi:
Kechamizga “Salom, fizika” deb qo`ydik
nom,
Barcha g`alabani birga ko`ramiz baham.
Shu buzilmas do`stlik beradi ilhom,
Assalomu alykum! Salom! Assalom!
Fizika fanining ixlosmandlariga.
Assalomu alykum! Salom! Assalom!


So`ngra viktorina boshlanib qiyidagi savollarga javob beriladi:



  1. Jismlar sovuqdan torayadi, deyishadi. Xo`sh, shunday ekan, nima uchun butulkadagi suv muzlasa butulka yorilib ketadi?

  2. Idishga uch xil modda suv, kerosin va simob quyilgan. Ular qanday tartibda joylashadi?

  3. Nima uchun choynakning jo`mragi asosiy qopqoqli qismidan sal balandroqda bo`ladi?

  4. Nima uchun sovuq joylarda simobli termometr ishlatiladi?

  5. Nima maqsadda sut yoki qatiq solinadigan qog`oz paketga parafin shimdiriladi?

  6. Nima uchun elektr toki o`tayotgan simda o`tirgan qush elektr toki to`xtashi bilanoq uchib ketadi?

  7. va formulasini taqqoslang

  8. Elektr stansiyalarda elektr toki qanday paydo bo`ladi?

Tajribalar



  1. Katta shisha banka ichidagi suvga bo`sh stakanni to`ntarib tushursangiz, stakanga suv kirmaydi. Nima uchun?

  2. Plastmassa likopcha (tarelka)dagi suvni stkanga o`tkazib olish. Plastmassa tarelkaga ozgina suv solinadi, toza stakan olib, ichiga alanga tashlaymiz va suvli tarelka ustiga to`nkaramiz. Tarelkadagi suv stakan ichiga tortiladi. Stakanni ko`tarsak tarelka ham yuqoriga ko`tariladi. Stakanni to`g`ri qo`ysak, tarelka yuqorida bo`lib, stakan pastda bo`ladi va suv stakanni ichiga joylashadi.

  3. Paxtani yoki yog`och chizg`ichni harakatga keltirish, (Shisha tayoqchani yaxshilab gazetaga ishqalab zaryadlab olamiz va yengil paxtaga tekkizamiz. Paxta ham shunday zaryadga ega bo`ladi. Shisha tayoqchani silkitib paxtani tushuramiz va shisha tayoqchani havoda shisha tayoqchadan qochib yuradi yoki lampochka ustiga yog`och chizg`ichni qo`yib zaryadlangan shisha tayoqchani yaqinlashtiramiz, yog`och chizg`ich lampochka ustida aylana boshlaydi. Bunday hodisalarning sababini tushuntiring.)



Kechani rasmiy qismi tamom bo`lgach, ashula va o`yinlar ijro etiladi. Kecha oxirida hayot a’zolari tomonidan qo`yilgan baxolarni hisobga olgan holda o`quvchilar o`quv qurollari bilan taqdirlanadilar.
Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish