Salohidinov Muhriddin. 50-QMBKICH Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmalari berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Arxitektura va shaharsozlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi) to‘g‘risidagi Nizom talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari, shu jumladan, neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, inshootlar qurish va ulardan foydalanish, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni (kommunal-maishiy maqsaddagidan tashqari) chiqarib yuborish uchun kon ajratmalari berishning yagona tartibini belgilaydi.
Litsenziyaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasi kon ajratmalari deb ataladi.
Yer qa’ri kon ajratilishini tasdiqlovchi dalolatnoma (1-ilova) asosida foydalanish uchun beriladi. Dalolatnoma litsenziya egasi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar qa’ridan foydalanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydi*.
* Ushbu Nizomda kon ajratmasi deganda foydalanuvchiga foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun beriladigan ham ishlov berilgan, ham ishlov berilmagan yer qa’rining bir qismi tushuniladi (keyingi o‘rinlarda “kon ajratmasi” deb ataladi).
2. Nizom, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini loyihalashtiruvchi, quruvchi, foydalanuvchi va rekonstruksiya qiluvchi barcha yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Kon ajratmalari olingan litsenziyalarga muvofiq foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan korxonalargagina ushbu korxonalarda maxsus loyihalar va kon-texnika xizmatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, berilishi mumkin.
4. Ishlangan kon inshooti yoki yer qa’rining bir qismidan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoxud konlarda obyektlarni joylashtirish uchun foydalanishni mo‘ljallayotgan qazilma boyliklarni qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi ko‘rsatib o‘tilgan ishlar boshlangunga qadar unda foydali qazilma koniga ishlov berishga kon ajratmasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, mazkur Nizomga muvofiq kon ajratmasi olishga majburdir.
5. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi, shu jumladan foydali qazilmalarni qazuvchi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlangan konlarida ham, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi. Yor osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoki foydali qazilmalarni qazib oluvchi ishlab turgan korxonaning ishlov berilgan konlaridagi obyektlarga joylashtirish uchun kon ajratmasi foydali qazilmalarni qazuvchi korxona ixtiyorida bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
6. Zararli moddalarni va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun kon ajratmasi berishga istisno hollarda hamda har bir aniq holatda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotining zararli moddalarni, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik imkoniyati yo‘qligi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish yoki oqova suvlarni yoki chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan gorizontlarning aralashib ketuvchi jinslari va qatlam suvlari bilan birga qo‘shilishi haqidagi xulosasi zarurligi to‘g‘risidagi shart mana shunday shartlardan biri hisoblanadi.
7. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yangidan qurilayotgan yer osti inshootlari uchun, shuningdek, mavjud kon ajratmasiga yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) zarurligini keltirib chiqaruvchi bunday inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun kon ajratmasi loyiha hujjatlari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan inshootlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) boshlanishidan oldin rasmiylashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |