9.4-jadval
Orol dengizi havzasidagi davlatlar hududida
shakllanadigan va iste’mol qilinadigan suv resurslari
Davlatlar
Amudaryo havzasi
Sirdaryo havzasi
Orol dengizi
havzasi bo‘yicha
jami
Shaklla-
nadigan
Iste’mol
qilina-
digan
Shaklla-
nadigan
Iste’mol
qilina-
digan
Shaklla-
nadigan
Iste’mol
qilina-
digan
O‘zbekiston
5,14
38,91
6,39
17,28
11,53
56,19
Qirg‘iziston
4,04
0,38
26,79
4,3
30,83
4,41
Tojikiston
44,18
9,88
0,38
2,46
44,56
12,34
Qozog‘iston
-
-
2,5
12,29
2,5
12,29
Turkmaniston
2,79
21,73
-
-
2,79
21,73
Afg‘oniston
22,19
7,44
-
-
22,19
7,44
Jami:
78,34
78,34
36,06
36,06
114,4
114,4
9.1-rasm. Tabiatda suvning aylanishi
118
Suv ekologik tizimning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, tabiatdagi
moddalarning katta (geologik) va kichik (biologik) aylanma harakatlarida faol
ishtiroq etadi. Ekologik tizimda suvning o‘rni va ahamiyati nihoyatda muhim
bo‘lib, biosferadagi hayotning mavjudligini hamda biosferaning evolyusion
rivojlanishini ta’minlaydi.
Suv harakatchan bo‘lganligi sababli muhim geomorfologik omil sifatida yer
yuzasi relyefini o‘zgartirishda ishtirok etadi, ya’ni ma’lum yerdagi parchalangan
tog‘ jinslarini yuvib ularni suv havzalarining quyi qismiga olib borib yotqizadi.
Natijada yer yuzasida ichki kuchlar ta’sirida paydo bo‘lgan balandliklarning
tekislanishi yuz beradi.
Suv kundalik hayotimizning barcha sohalarida qo‘llanilishi bilan boshqa
tabiiy resurslardan katta farq qiladi. Chunki jamiyatda suvning o‘rnini bosa
oladigan boshqa resurs yo‘q. Masalan, agar ko‘mir, neft, gaz kabi yoqilg‘ilarni
olsak, ularni o‘rnini bosa oladigan atom, termoyadro, quyosh yoki gidroenergiyalar
mavjuddir. Lekin hozirgacha suvning o‘rnini bosa oladigan boshqa resurs yo‘q. Bu
esa suvni juda muhim bebaho tabiiy resurs ekanligidan dalolat beradi. Suv
geografik qobiqdagi barcha jarayonlarda ishtiroq etadi. U yer yuzidagi modda va
energiya aylanishida faol ishtirok etadi. Fotosintez jarayonida yiliga 4,6·10
11
tonna
kislorod ajralib chiqishi uchun 2,25·10
11
tonna suv zarur.
Planetamizdagi suv qoplami uning issiqlik tartibini belgilab beradi. Okean
va dengizdagi suvlar quyoshdan kelayotgan issiqlikning qariyib 55 % ni to‘plab,
qishda uning atrofini juda ham sovib ketishdan saqlab turadi. Atmosferadagi suv
bug‘lari esa quyosh radiatsiyasining filtri hisoblanadi.
Suv yuqori issiqlik sig'imiga va past issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatiga
egaligi bilan fasllar va ob-havoning o‘zgarishiga katta ta ’sir ko‘rsatadi.
Quyoshdan keladigan issiqlikni o‘ziga yutib, yillik va sutkalik harorat
o‘zgarishlarini tartibga solib turadi.
Suv – eng arzon elektr energiya manbaidir. Dengizlar, daryolar va boshqa
bir qator suv havzalari suv yo‘llari vazifasini bajaradi, aholini baliq va boshqa
mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Sanoatning turli sohalarida katta miqdorda suv
119
ishlatiladi. Jumladan, 1 tonna po‘lat ishlab chiqarish uchun 4000, qog'oz ishlab
chiqarish uchun 1000, tabiiy nitrotsellyulozalar ishlab chiqarish uchun 750, shoyi
ishlab chiqarish uchun 400, sodalar olish uchun 300, sirka ishlab chiqarish uchun
100, sintetik benzin olish uchun 50-90 m
3
suv sarflanadi.
Suv ayniqsa organizmlarning yashashi uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Yer yuzidagi tirik organizm suvsiz yashay olmaydi. CHunki yer yuzidagi barcha
tirik organizm tanasi va to‘qimalarida ma’lum miqdorda suv mavjud. Suv tirik
organizmlar uchun birlamchi hayot muhiti hisoblanadi. Inson organizmining 65 %
dan ortig‘i, o‘simliklarning 85-90%, hayvonlar organizmining 75% suvdan
iboratdir. Inson organizmi uchun suv o‘ta muhim. Agar inson tanasidagi suvning
12 % ni qandaydir sabablarga ko‘ra birdaniga yo‘qotsa, u holda inson halok
bo‘ladi. Suv tufayli organizmda hayotiy muhim mineral tuzlar eritma holatida
mavjuddir. Suv ishtirokida qon turli moddalarni so‘rib oladi va boshqa to‘qimalar
oralig‘ida sintez yuz beradi. Organizmning turli organlaridagi va to‘qimalaridagi
suvning miqdori deyarli bir xil bo‘lib, ular quyidagi raqamlarda ifodalanadi: bosh
miya yarim shari qobig‘ida 83,3 %, bog‘lovchi to‘qimada – 80 %, buyrakda – 82
%, terida – 72 %, suyakda – 22 %, tish emalida – 0,2 %.
Shu bilan birga, suv organizm uchun termoregulyator vazifasini ham
bajaradi. SHu sababli har bir inson sutka davomida havo haroratiga qarab 2 – 4
litrdan (past haroratda) 6 – 6,5 litrgacha (harorat + 40
o
S bo‘lganda) suv iste’mol
qiladi. Inson organizmiga ko‘p moddalar, albatta tarkibiy qismida suv bo‘lgan
ovqat bilan birga kiradi. Inson organizmida (Mendeleyev kimyoviy elementlari
davriy sistemasidagi) 40 ta kimyoviy elementlar borligi aniqlangan, ya’ni birinchi
navbatda nisbatan katta miqdorda O
2
, S, N, lar borligi qayd etilgan. Inson
organizmiga uning tanasi to‘qimalari tarkibidagi Ca, Mg, Na, K, P va boshqa
elementlari bo‘lgan mineral tuzlarning 80 % i suv bilan birga kiradi. Tananing tirik
to‘qimasida bu elementlar asosan kimyoviy birikma ko‘rinishida bo‘ladi.
Suv insonning shaxsiy gigiyenasi uchun ham juda zarur omillardan
hisoblanadi. Har bir inson sutkada shaxsiy gigiyenasi va maishiy-kommunal
zaruriyatlari uchun o‘rtacha 150-200 litr suv sarflaydi.
120
Planetamizning ko‘plab tumanlarida toza ichimlik suvi yetishmovchiligi
muammosi asosiy muammoga aylanib bormoqda. Olingan ma’lumotlardan
ko‘rinib turibdiki, chuchuk suv zahiralari gidrosferadagi umumiy suv hajmining 2
foizga yaqinini tashkil qiladi. Yerdagi chuchuk suv zahiralari yer osti suvlari bilan
qo‘shib hisoblanganda 47 mln.km
3
atrofida. Bu suvlarning kattagina qismi (24 mln
km
3
) Antarktida, Grenlandiya, qutb orollari va tog'liklardagi muzliklarga to‘g'ri
keladi.
Quruqlikning taxminan 60 foizini arid va yarim arid yerlar egallagan. Bu
hududlarda yashovchi aholi oddiy ichimlik suvi yetishmovchiligidan aziyat
chekmoqdalar. Bunday kam suvli hududlarga Afrika qit’asining katta qismi,
Meksika, Pokiston, Eron, AQSHning o‘nlab shtatlari va O‘rta Osiyoning arid
iqlimli mintaqalari kiradi. Chuchuk suv yetishmovchiligi nam iqlimli gumid
mintaqalarda ham sezilmoqda. AQSHning bir qator shtatlarida, Kanada, Janubiy
Amerikaning tropik mintaqalarida, Osiyo va Afrikada tabiiy suv yetarli bo‘lsada,
ularga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortgan. Bu yerlardagi eng muhim suv manbalarining
ifloslanishi chuchuk suv yetishmovchiligiga olib kelmoqda. AQSH aholisining 1/7
qismi suv yetishmovchiligini boshidan kechirmoqda. Kelajakda Germaniya,
Fransiya, Buyuk Britaniya va G'arbiy Yevropaning boshqa davlatlarida suv
yetishmovchiligi sodir bo‘lishi mumkin. Bu hol tobora soni o‘sib borayotgan
insonlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning boshqa yo‘llarini qidirib
topishga majbur qiladi. Shu maqsadda yer osti suvlari har tomonlama
o‘rganilmoqda va ishlatilmoqda. Aysberg muzlaridan foydalanish loyihalari ishlab
chiqilmoqda. Sho‘r suvlarni chuchuklashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Buning uchun ko‘plab mamlakatlarda chuchuklashtirish stansiyalari qurilmoqda.
Dunyo bo‘yicha hozirgi kunda 800 dan ortiq chuchuklashtiruvchi stansiyalar ishlab
turibdi. Ularda sutkasiga 1,7 mln. m
3
chuchuk suv ishlab chiqilmoqda.
Chuchuklashgan suvlarning 90 foizi ichimlik suvi sifatida ishlatilmoqda.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug'orish davomida juda ko‘p miqdorda suv
yo‘qotiladi. AQSH da sug'orish uchun ishlatiladigan suvning yo‘qolish
koeffitsiyenti 0,6 ga teng, hamdo‘stlik, ya’ni MDH mamlakatlarida 0,4 dan 0,7
121
gacha, Qozog'istonning janubida esa 0,25-0,35 gacha o‘zgarib turadi. Bu esa
kelajakda ekinlarni sug‘orishda suvtejamkor sug‘orish texnologiyalarini yanada
kengroq joriy qilishni talab qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |