Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


Loyihalashga  asoslangan  tadbirlar



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   189
Bog'liq
ekologiya

Loyihalashga  asoslangan  tadbirlar. 
Loyihalashga  asoslangan  tadbirlar 
quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:  
1) shahar hududini mintaqalarga bo‘lish;  
2) tabiiy changlarga qarshi kurashish;  
3) sanitariya himoya chegaralarini tashkil qilish;  
4) turar joylar loyihalarini takomillashtirish;  
5) turar joylarni ko‘kalamzorlashtirish.  
Loyihalashga  asoslangan  tadbirlami  amalga  oshirishdan  maqsad  zararli 
moddalarning atmosfera havosiga tarqalishini kamaytirishdir. Sanoat korxonalarini 
shahar  hududida  oqilona  joylashtirishni  tashkil  qilish  shahar  bosh  loyihasi  va 
tumanlar loyihalariga hamda sanitariya m e’yorlariga asoslanishgan bo‘lishi kerak. 
Sanoat  korxonalarini  qurish  uchun  yer  maydonlari  ajratishda  joylarning  relyefi, 
iqlim  sharoiti,  shamollar  yo‘nalishi  va  sanoat  korxonalaridan  ajralib  chiqadigan 


113 
 
chiqindilarni atmosferada tarqalish qonuniyatlari inobatga olinadi. Shahar hududini 
mintaqalarga bo‘layotganda shamol yo‘nalishini hisobga olish muhim ahamiyatga 
ega.  Odatda  sanoat  korxonalarini  yaxshi  shamollatiladigan  joylarga  qurish  turar 
joylar  havosining  musaffo  bo‘lishini  ta  ’minlaydi.  Shamol  yo‘nalishini  hisobga 
olganda  o‘rtacha  yillik  shamol  yo‘nalishi  –  uning  yil  fasllaridagi  o‘zgarishlarini 
ham  hisobga  olish  maqsadga  muvofiqdir.  Odatda  sanoat  korxonalari  joylashgan 
yerlarda noxush holatlar, ayniqsa, qish faslida qattiq sovuq yoki yuqori darajadagi 
namlik sharoitlarida atmosferaning yer yuzasiga yaqin qatlamining yuqori darajada 
ifloslanishi  kuzatiladi.  Shahar  hududining  changlar  bilan  ifloslanishiga  qarshi 
kurash choralaridan biri, uni obodonlashtirishdir. Shu bilan birga, shahar hududida 
maishiy  chiqindilarning  yig‘ilib  qolishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,    sanitariya  nazorati 
organlarining tadbirkorlik bilan faoliyat olib borishlari ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.  Yig‘ilib  qoladigan  chiqindilar  yuqumli  kasalliklar  manbai  hisoblanadi.  Bu 
borada turar joylar bilan sanoat korxonalari joylashgan mintaqa oralig'ida himoya 
masofalari  bo‘lishi  kerak.  Bunday  himoya  masofalarining  katta-kichikligi,  sanoat 
korxonalaridan  atmosferaga  tashlanadigan  chiqindi  moddalarning  zaharlilik 
darajasiga, miqdoriga va texnologik jarayonlarning zamonaviyligiga bogliq. MDH 
mamlakatlarida sanitariya himoya mintaqalari beshta sinfga bo‘linadi:  
I  sinfga  tegishli  sanoat  korxonalarining  sanitariya  himoya  masofasi 
ifloslanuvchi manbadan aholi turarjoylari chegarasigacha 1000 m;  
II sinf sanoat korxonalari uchun 500 m;  
III sinf sanoat korxonalari uchun 300 m;  
IV sinf sanoat korxonalari uchun 100 m;  
V sinf sanoat korxonalari uchun 50 m. 
Ayrim  hollarda  ushbu  himoya  masofalarini  qisqartirish  zarur  bo‘lganda 
sanitar gigiyena muassasalari mutaxassislari va tegishli davlat idoralari qarorlariga 
asosan ularni uch martagacha kengaytirishi yoki qisqartirishi mumkin. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish