Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


-rasm. “Issiqxona samarasi” hodisasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   189
Bog'liq
ekologiya

8.3-rasm. “Issiqxona samarasi” hodisasi 
 
8.4.2.  Atmosferadagi  ozon  va  uning  yemirilishi. 
Ozon  (O
3
)  juda  kam 
miqdorda  ekanligiga  qaramasdan,  atmosferaning  yuqori  qatlamlarida  (ayniqsa 
stratosferada) boradigan fizikaviy jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Ozon qobig‘i 


100 
 
butun Yer sharini qoplab, atmosferada 10 kmdan 70 km balandlikkacha uchraydi, 
lekin  ozon  molekulalarining  (O
3
)  maksimal  miqdori  20-25  km  balandlikda 
joylashgan. Atmosferadagi ozonning umumiy massasi tahminan 3,2·10
9
 t ni tashqil 
qiladi. 
Ozon atmosferaning yuqori chegarasiga tushadigan quyosh nurlanishining 3 
%  ga  yaqinini  yutadi.  Yutilish  spektrning  0,22  -  0,29  mkm  to‘lqin  uzunligidagi 
ultrabinafsha  sohasida  sodir  bo‘ladi.  Spektrning  bu  sohasini  yutilishi  shunchalik 
kattaki, quyosh nurlarining energiyasi ozon qatlamining eng yuqori qismlarida, 50 
- 45 km balandlikda deyarli to‘liq yutiladi. Shu sababli bu balandlikdagi havoning 
harorati 0° gacha ko‘tariladi. 
Ultrabinafsha nurlarning asosiy xususiyati ularning yuqori biologik faollikka 
ega  ekanligidir.  Ular  bakteriyalarning  ko‘pgina  turlarini  o‘ldiradi,  badanni 
qoraytiradi,  organizmda  D  vitamin  hosil  bo‘lishiga  ko‘maklashadi.  Biroq, 
ultrabinafsha  nurlanishning  ozgina  miqdorigina  foydali  hisoblanadi.  Katta 
miqdorlari inson teri kasalliklariga (melanoma) va hatto kuyishga ham olib kelishi 
mumkin. 
Agar  ozon  bo‘lmaganda  biologik  faol  ultrabinafsha  nurlar  Yerdagi  barcha 
biologik  jarayonlarni  va  balki  butun  organik  hayotni  sezilarli  o‘zgartirgan  bo‘lar 
edi.  Demak,  ozon  himoya  ekranini  hosil  qiladi.  Atmosferaning  ba’zi  moddalar 
bilan global ifloslanishi ozon ekrani zichligini kamaytirishi va «ozon tuynuklari» 
ni paydo qilishi mumkin, deb hisoblanadi. 
Atmosferada  ozon  paydo  bo‘ladigan  fizikaviy  va  kimyoviy  jarayonlar 
murakkab tabiatga ega. Ikki atomli kislorod molekulalari quyoshning ultrabinafsha 
nurlarini  yutganda  qisman  atomlarga  parchalanadi.  Kislorod  atomlari  qo‘zg‘algan 
holda  bo‘ladi  (ya’ni  me’yoriy  holatdagiga  nisbatan  katta  energiya  zahirasiga  ega 
bo‘ladi).  Shu  sababli  ozon  molekulasi  uchlama  to‘qnashuvda  ya’ni  kislorod 
molekulasi,  kislorodning    atomi  va  ortiqcha  energiya’ni  qabul  qilib  oluvchi  azot 
yoki  boshqa 
gaz 
molekulasi  bir-biri  bilan  to‘qnashgandagina  hosil  bo‘ladi.  Bir 
vaqtning  o‘zida  qarama-qarshi  jarayon  -  ozonning  kislorodga  parchalanishi  sodir 
bo‘ladi. 


101 
 
Atmosferadagi  ozon  miqdori  sutkalik  (kunduzi  -  maksimum,  kechasi  - 
minimum)  va  mavsumiy  (bahorda  -  maksimum,  kuz  va  qishda  -  minimum) 
o‘zgarishlarga ega.  

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish