Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   189
Bog'liq
ekologiya

Antropogen  ifloslanish
  deb  inson  faoliyati  natijasida  ifloslantiruvchi 
moddalarning 
atmosferaga 
tashlanishi 
tushuniladi. 
Atmosfera 
havosiga 
tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar agregat holati bo‘yicha 3 toifaga bo‘linadi:  
1.  gazsimon  (oltingugurt  oksidi,  azot  oksidlari,  uglerod  oksidlari, 
uglevodorodlar va h.k.) 
2. suyuq (kislotalar, ishqorlar, tuz eritmalari va h.k.) 
3. qattiq (kanserogen moddalar, qo‘rg‘oshin, organik va noorganik changlar 
va h.k.) 
Atmosfera  havosini  asosiy  ifloslantiruvchilar  -  bu  oltingugurt  oksidi  (SO
2
), 
azot  oksidlari  (NO
x
),  uglerod  oksidi  (CO)  va  qattiq  moddalardir. Bular  atmosfera 
havosining 
umumiy 
ifloslanishining 
98% 
ini 
tashkil 
qiladi. 
Asosiy 


95 
 
ifloslantiruvchilardan  tashqari  yana  70  xil  ifloslantiruvchilar  mavjud.  Atmosfera 
havosining eng xafvli ifloslanish turi - radioaktiv ifloslanish hisoblanadi. 
Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalar quyidagilar hisoblanadi: 
1. Avtotransport vositalari. 
2. Markazlashgan issiqlik va elektr tarmoqlari. 
3. Sanoat korxonalari. 
4. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari. 
5. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari. 
Atmosfera havosining sun’iy (antropogen) usulda ifloslanishi inson faoliyati 
bilan chambarchas bog’liqdir. Sanoat korxonalari, qurilish, energetika tarmoqlari, 
qishloq  xo‘jaligi,  konchilik  va  maishiy  xizmat  ko‘rsatish  korxonalaridan 
chiqadigan  zararli  gazlar,  bug’lar,  changlar,  bakteriya  va  mikroblar  atmosfera 
havosini sun’iy ifloslantiradi. 
Atmosfera havosiga chiqariladigan iflos moddalarning asosiy qismini zaharli 
gazlar  (SO
2
,  CO
2
,  NO
2
),  uglevodorodlar,  chang,  qurum,  metal  birikmalari  tashkil 
etadi. Ular ko‘pincha organik moddalar va yoqilg’ilarni yondirish paytida vujudga 
keladi. 
Dunyo  bo‘yicha  har  yili  atmosferaga  taxminan  2  mln  t  chang,  100  mln  t 
CO
2
, 50-60 mln. t azot oksidlari,  300 mln t qo‘rg’oshin birikmalari va qurum, 700 
mln  t  CO
2
  chiqariladi.  Qurum  tarkibida  1,5-2,0%  benzopiren  va  dioksin  kabi 
kanserogen  moddalar  mavjud  bo‘lib,  ular  nafas  olish  yo‘llari  orqali  inson 
organizmiga kirib, saraton kasalligini keltirib chiqaradi. 
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  1  tonna ko‘mir  yoqilganda  atmosferaga  taxminan 35 
tonna SO

va SO
3
, 6-7 tonna  qattiq zarrachalar (chang va qurum), 10 tonnagacha 
NO

ni chiqarmoqda.  O‘zbekistonda atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar 
chiqindilarining  tarkibi  va  salmog‘i  quyidagicha:  uglerod  oksidi  –  40  %, 
oltingugurt  oksidi  –  20  %,  azot  oksidi  –  9%,  uglevodorodlar  –  20  %,  qattiq 
moddalar – 6,5 % va boshqa moddalar – 4,5 % ni tashkil etadi. Toshkent shahrida 
bir  sutkada  20  mln  m
3
  ishlangan,  iflos  va  tarkibida  4%  CO
2
  bo‘lgan  gazlar 
atmosfera havosiga chiqariladi. 


96 
 
Atmosfera  ifloslanishida  tog’-kon  sanoati,  maishiy-kommunal  xo‘jaligi  va 
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining ulushlari ham nihoyatda kattadir.  
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  sanoati  taraqqiy  etgan,  transnort  va 
energetika  tarmoqlari  rivojlangan,  qishloq  xo‘jaligi  kimyolashtirilgan  va 
zamonaviy  mashinalar  bilan  ta’minlangan,  aholining  ko‘payishi  va  urbanizasiya 
jarayoni  yuqori  bo‘lgan  hozirgi  davrda  atmosfera  havosining  sun’iy  ifloslanishi 
uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik qilmoqda. 
Avtomobil, samolyot, kosmik kema, teplovoz, qishloq xo‘jaligi mashinalari 
nihoyatda  katta  miqdorda  kislorodni  sarflab,  atmosfera  havosini  is  gazi,  azot 
oksidi,  uglevodorodlar,  qo‘rg’oshin  birikmalari,  chang  va  boshqa  kanserogen 
moddalar  bilan  ifloslantirmoqda.  AQSH  da  atmosfera  havvosining  ifloslanishida 
avtotransport vositalarining hissasi 73 % ni, sanoat esa 17% ni tashkil yetadi.  
Atmosferaning  sun’iy  ifloslanishida  avtotransportning  hissasi 
juda 
katta. 
Yer 
yuzasidagi 
barcha 
avtomobillar 
bir 
sutkada 
atmosferaga  0,7  mln.  tonna  SO
2
,  110  tonna  SN
4
,  30000  tonna  NO
2
  va 
benzin  bug‘lari  chiqaradi.  Bundan  tashqari  ular  havoga  k o‘plab  CO
2
 
va  qo‘rg‘oshin  birikmalari  chiqaradi.  Respublikamizda  atmosfera 
ifloslanishida  transport  vositalarining  ulushi  o‘rtacha  67  %,  ayrim 
shaharlarda  (Toshkent ,  Samarqand,  Andijon,  Buxoro)  esa  80   %  dan 
ko‘pini tashkil etadi.  
Sanoat  korxonalarida  k o‘mir,  neft,  gaz  yoqilg‘ilari  chala  yonishi 
tufayli  atmosferaga  juda  k o‘p  chala    yongan  zarralar  (qurum,  kul, 
chang)  va    zararli  gazlar  CO,  CN,  S  birikmalari,  SO,  NO  lari  chiqadi. 
Ayniqsa  kimyo,  metallurgiya,  neftni  qayta  ishlash  va  qurilish 
materiallari ishlab chiqarish korxonalarining  tashlanmalari juda xavfli. 
Ulardan  chiqqan  turli  toksik    moddalar  inson    organizmiga  havo  
orqali  o‘tib  qonga  so‘riladi.  Qora  va  rangli  metallurgiya  korxonalari 
chang,  S  gazi,  S  va  N  oksidlarini  chiqaradi.  Alyuminiy  sanoati  esa 
atmosferani  ftor  moddasi  bi lan    ifloslantiradi.  Sement  zavodlarida  1 
tonna sement ishlab chiqarishda 100  kg sement changi  havoga chiqadi.  


97 
 
Bu  changlar  tuproqda  yig‘ilib  texnogen  qatlam  hosil  qiladi  va 
o‘simliklarga kuchli ta’sir qiladi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish