Atmosfera yog‘inlari - mintaqadagi barcha daryolarni suv bilan
ta’minlab turadigan deyarli yagona manba hisoblanadi va ma’lum darajada tabiiy
landshaftlar hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonini belgilaydigan
hodisadir. O‘zbekiston hududlarida yog‘ingarchilikning taqsimlanishi ularning
93
geografik joylashuvi, relyefi va atmosfera sirkulyasiyasi xususiyatlariga bog‘liqdir,
ya’ni yog‘in miqdorining hududiy qiymatlari 80-200 mm (tekisliklarda), 200 - 600
mm ga (tog‘ oldi va tog‘liklarda) teng.