Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


 Ekologik hamkorlikning zaruriyati



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   189
Bog'liq
ekologiya

13.3. Ekologik hamkorlikning zaruriyati 
Yer  sayyorasi  insoniyatning  umumiy  yashash  joyi,  yagona  uyi  hisoblanadi 
va  yer  yuzida  ekologik  halokatni  bartaraf  qilish  mavjud  200  dan  ortiq 
davlatlarning,  6,5  mlrd.  dan  ortiq  insonlarning  umumiy  vazifasidir.  Mavjud 
ekologik  muammolarni  hal  qilish, tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish xalqaro 
kelishuv  asosida,  umumjahon  miqyosida  amalga  oshirilgandagina  o‘z  samarasini 
berishi  mumkin.  Davlatlararo  hamkorlikning  zarurligi  sayyoramizda  biosferaning 
yagonaligidan  va  insonlarning  ta’siri  hech  qanday  davlat  chegaralari  bilan 
cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan 
ko‘plab  mintaqaviy  va  umumsayyoraviy  ekologik  muammolar  faqatgina 
davlatlararo hamkorlik yo‘li bilan hal qilinishi mumkinligi ma’lum bo‘lib qoldi. 
Hozirgi  vaqtda  tabiatni  muhofaza  qilish  sohasidagi  hamkorlikning
 
ikki 
asosiy  shakli  ajratiladi:  1.  Atrof  muhitni  muhofaza  qilish  va  resurslardan  oqilona 
foydalanishga  qaratilgan  ikki  tomonlama  va  ko‘p  tomonlama  shartnoma  va 
konvenstiyalar; 2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati. 
Turli  davlatlarning  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  sohasidagi  faoliyatini 
muvofiqlashtirish  uchun  davlatlararo  shartnomalar  va  konvenstiyalar  keng 
qo‘llaniladi.  Bunday  hamkorlik  dastlab  XIX  asrning  birinchi  yarmida  hayvonot 
dunyosidan  foydalanishni  tartibga  solish  yo‘nalishida  vujudga  kelgan.  Ayniqsa 
ko‘chib  yuruvchi  hayvonlarni  muhofaza  qilishga  katta  e’tibor  berilgan.  Faqatgina 
baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida 70 dan ortiq 
shartnomalar,  konvenstiyalar  mavjud.  Kitlarni  ovlashni  cheklashga  oid  birinchi 
xalqapo konvenstiya 1931 yilda tuzilib, unda Anktarktida atrofidagi suvlardan har 
yili 15 mingdan ortiq kit ovlanmaslik ko‘rsatilgan edi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 
ga  yaqin  turli  shartnoma  va  konvenstiyalar  tuzilgan.  Ularning  orasida  1963  yili 
Moskvada  tuzilgan  atmosfera,  suv  osti,  kosmik  fazodagi  yadro  sinovlarini 
ta’qiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.  


215 
 
1973 yilda nodir hayvon va o‘simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash 
to‘g’risidagi (SITES) xalqaro konvenstiya tuzildi.  
1972  yili  Stokgolmda  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  o‘tkazilgan 
Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  (BMT)  ning  I-Umumjahon  konferenstiyasida  5 
iyun Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb e’lon qilingan. 1973 yili Londonda 
dengizlarni  neft  va  boshqa  zaharli  ximikatlar  bilan  ifloslanishining  oldini  olish 
yuzasidan  yangi  xalqaro  konvenstiya  qabul  qilindi.  1978  yili  Ashxobodda  o‘tgan 
Xalqaro  Tabiatni  Muhofaza  qilish  Ittifoqi  (XTMI)  bosh  assambleyasida  Jahon 
tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi.  
1982-yil  BMTda  Tabiatni  muhofaza  qilishning  umumjahon  Xartiyasi  qabul 
qilindi.  Bu  muhim  hujjatlarda  tabiatni  muhofaza  qilishning  tamoyillari  va  ko‘p 
yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. 
Atrof muhitga inson ta’sirining kuchayishi 1985-yili Venada ozon qatlamini 
muhofaza  qilish  konvenstiyasi,  1992-yili  Rio-De-Janeyroda  Biologik  xilma-
xillikni  saqlash,  iqlimning  o‘zgarishi,  cho‘llashish  bo‘yicha  va  boshqa 
konvenstiyalarning tuzilishiga sabab bo‘ldi. 
Atrof  muhitni  muhofaza  qilish  sohasida  hamkorlik  turli  davlat  va  nodavlat 
tashkilotlari  faoliyatida  ham  amalga  oshiriladi.  Bunday  hamkorlik  maqsadlari, 
tuzilishi va faoliyati bilan farqlanadi, hamkorlik xarakteriga ko‘ra ikki tomonlama 
yoki ko‘p tomonlama, mintaqaviy va submintaqaviy bo‘lishi mumkin. 
BMT atrof muhit muhofazasi masalalariga katta ahamiyat beradi. BMTning 
1972-yilda  tuzilgan  atrof  muhit  bo‘yicha  maxsus  dasturi-  YuNEP  xalqaro 
hamkorlikni  amalga  oshirishda  muhim  rol  o‘ynaydi.  1948-yili  tuzilgan  nodavlat 
tashkilot-Tabiatni  Muhofaza  qilish  Xalqaro  Ittifoqi  (TMXI)  100  dan  ortiq 
davlatlar, 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi. Hozirgi 
vaqtda tabiat muhofazasi sohasida 250 dan ortiq yirik xalqaro nodavlat tashkilotlari 
faoliyat  ko‘rsatmoqda.  BMT  ning  fan,  maorif,  ta’lim  va  san’at  masalalari  bilan 
shug’ullanuvchi tashkiloti-YuNESKOning 14 loyihadan iborat «Inson va biosfera» 
dasturi  ko‘p  yillardan  beri  xalqaro  hamkorlikda  amalga  oshirilayotgan  eng  yirik 
dasturlardan biridir.  


216 
 
TMXI  1966-  yildan  xalqaro  "Qizil  kitob"ni  e’lon  qilib  keladi.  Biologik 
resurslarni himoya qilishda uning ahamiyati kattadir. 
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli bosqichiga yetgan 
hozirgi  davrda  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  sohasida  barqaror  xalqaro 
hamkorlikni  yanada  rivojlantirish  maqsadga  muvofiqdir.  Markaziy  Osiyoda 
«Orolni qutqarish xalqaro fondi», Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazi 
va boshqa tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish