Ishlab chiqarish chiqindilari
– xom ashyo qoldiqlari, materiallar va
yarimmahsulotlar (polufabrikatlar), sifat ko‘rsatgichlarini qisman yoki to‘la
yo‘qotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga dastlabki
ishlov berilib, undan keyin ishlab chiqarish sohasida qo‘llash mumkin.
Iste’molga yaroqsiz chiqindilar
– qo‘llash muddatini o‘tab bo‘lgan
materiallar, eskirgan buyumlar va ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash
iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘lmagan chiqindilar hisoblanadi.
Masalan, plastmassadan tayyorlangan buyumlar, stol-stullar, quti va quvurlar va
hokazo. Bunday chiqindilar xom ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun
qo‘shimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |