Tuproqning botqoqlanishi
asosan agrotexnika qoidalariga to‘liq rioya
qilinmasligi va zovurlarning yuqori samaradorlik bilan ishlamasligi natijasida yuz
beradi. Botqoqlashgan tuproq, botqoqlangan yer - haddan tashqari namiqqan
tuproq. Suvning uzoq vaqt ushlanib qolishi, yerning qurimaganligi sabab bo‘lib,
tuproq strukturasi buziladi. Dunyo bo‘yicha botqoqlangan yerlar asosan, Shimoliy
Yevropa, Rossiya’ning shimoliy hududlari, Kanadada katta maydonlarni band
qilgan. Bu yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun yangi zovurlar qurish,
eskilarini qayta tiklash, daryo va kanallardan suvning filtratsiyaga sarfini keskin
kamaytirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |