Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189
Bog'liq
ekologiya

tuproqlar 
degradatsiyasi
  deyiladi.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  tuproq  degradatsiyasi 
natijasida dunyo bo‘yicha 7 mln. ga dan ortiq haydaladigan yerlar ishlab chiqarish 
jarayonidan chiqmoqda.  
Quyida  tuproq  holatining  yomonlashishi  bilan  bog‘liq  jarayonlarni  alohida-
alohida ko‘rib chiqamiz.  
Tuproq sho‘rlanishi. 
 Tarkibida suvda oson eriydigan va osimliklarga salbiy 
ta’sir  qiladigan  tuzlarning  miqdori  0,30  %  dan  ko‘p  bo‘lgan  tuproqlarga 
sho‘rlangan tuproqlar 
deyiladi. Sho‘rlangan tuproqlar, asosan chalacho‘l va cho‘l 
mintaqasida,  daryolarning  quyi  oqimida  joylashgan  allyuvial  tekisliklarda 
tarqalgan. Sho‘rlangan tuproqlar asosan Cl
-
, SO
4
2-
, CO
3
2-
, NCO
3
-
 anionlari va Ca
2
+, 
Mg
2
+,  Na+  kationlarining  o‘zaro  ekvivalent  miqdorda  reaksiyaga  kirishishi 
natijasida hosil bo‘lgan tuzlar asosida shakllangan. Ularga quyidagi tuzlar kiradi: 
CaCl
2
 
            MgCl
2
 
                   NaCl 
CaSO
4
 
            MgSO
4
 
                   Na
2
SO
4
 
CaCO
3
 
            MgCO
3
 
                   Na
2
CO
3
 
Ca(HCO
3
)
2
 
            Mg(HCO
3
)
 2
                    NaHCO
3
 


143 
 
Bu tuzlarning o‘simlikka zararli ta’siri ularning suvda eruvchanlik darajasiga 
bog‘liq.  Shuni  nazarda  tutgan  holda  eng  zararli  tuzlarga  NaCl  (osh  tuzi),  CaCl
2
 
(kalsiy xlor) va MgCl
2
 (magniy xlor)  kiritilgan. Kam zararli tuzlarga MgSO
4
 (taxir 
tuz),  CaSO
4
  2H
2
O  (gips)  mansubdir.  Sho‘rlangan  tuproqlar  quyidagi  sabablarga 
ko‘ra paydo bo‘ladi: 
1.  Tuproq  hosil  bo‘lish  jarayonida  vulqonlar  otilishi,  tog‘  jinslarining 
yemirilishi natijasida ularning tarkibidagi birlamchi minerallar parchalanadi. Hosil 
bo‘lgan  ikkilamchi  minerallar  muhitning  ta’siri  va  o‘zgarishi  natijasida  o‘zaro 
reaksiyaga kirib, bir, ikki va ko‘p valentli tuzlar hosil qiladi. 
2.  Sug‘oriladigan  maydonlarga berilayotgan  suv  tarkibida  ma’lum  miqdorda 
tuzlar bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ular tuproqning ustki qismida yig‘iladi. 
3. Har xil darajada sho‘rlangan yer osti suvlarining kapillyar naychalar orqali 
tuproqning  ustki  qatlamiga  ko‘tarilishi  va  bug‘lanishi  natijasida  ularning 
tarkibidagi tuzlar o‘simlik ildizi tarqalgan  qatlamda yig‘iladi. 
4.  Qurib  qolgan  ko‘l  va  suv  havzalaridagi  tuzlar  shamol  ta’sirida  atrofdagi 
hududlarga tarqaladi, tuproqning ustki qatlamini  sho‘rlantiradi. 
5.  Tuzga  chidamli  o‘simliklarning  vegetatsiya  davri  tugagach,  uning 
qoldiqlari  (poyasi,  bargi,  ildizi)  chirishi  natijasida  ularning  tarkibidagi  tuz 
tuproqning ustki qatlamida yig‘iladi. 
Yuqoridagi  omillar  ta’sirida  tuproqda  ikki  xil  sho‘rlanish  shakllanadi: 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish