FAO
tashkiloti
ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda
sayyoramizning har bir kishisiga (jon boshiga) o‘rta hisobda 0,27 gektar haydalma
yer to‘g'ri kelmoqda, mutaxassislarning fikricha esa hozirgi taraqqiyot darajasida
bir kishiga oziq-ovqat yetishtirish uchun o‘rtacha 0,4-0,5 gektar va uy-joy,
kommunikatsiyalar uchun yana 0,1 gektar yer maydoni zarur.
Bugungi kunda respublikamizda bir kishisiga o‘rtacha 0,14 gektar
sug‘oriladigan yer maydoni to‘g‘ri keladi. Bu o‘rtacha dunyo ko‘rsatkichidan
salkam ikki marta kamdir. Jumladan bu ko‘rsatkich Kanadada - 1,83; AQSH -
0,78; Fransiyada - 0,31; Xitoyda - 0,08; Yaponiyada-0,04 gektarni tashkil etadi.
Yuqoridagi yer resurslariga oid ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki,
Respublikamiz sharoitida yerlarni muhofazalash va ulardan oqilona foydalanish
muhim ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahamiyatga ega masalalardan biri
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |