Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189
Bog'liq
ekologiya

 
9.4-jadval  
Orol dengizi havzasidagi  davlatlar hududida  
shakllanadigan va iste’mol qilinadigan suv resurslari 
Davlatlar 
Amudaryo havzasi 
Sirdaryo havzasi 
Orol dengizi 
havzasi bo‘yicha 
jami 
Shaklla-
nadigan 
Iste’mol 
qilina-
digan 
Shaklla-
nadigan 
Iste’mol 
qilina-
digan 
Shaklla-
nadigan 
Iste’mol 
qilina-
digan 
O‘zbekiston 
5,14 
38,91 
6,39 
17,28 
11,53 
56,19 
Qirg‘iziston 
4,04 
0,38 
26,79 
4,3 
30,83 
4,41 
Tojikiston 
44,18 
9,88 
0,38 
2,46 
44,56 
12,34 
Qozog‘iston 


2,5 
12,29 
2,5 
12,29 
Turkmaniston 
2,79 
21,73 


2,79 
21,73 
Afg‘oniston 
22,19 
7,44 


22,19 
7,44 
Jami: 
78,34 
78,34 
36,06 
36,06 
114,4 
114,4 
 
 
 
9.1-rasm. Tabiatda suvning aylanishi 


118 
 
Suv  ekologik  tizimning  ajralmas  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  tabiatdagi 
moddalarning  katta  (geologik)  va  kichik  (biologik)  aylanma  harakatlarida  faol 
ishtiroq  etadi.  Ekologik  tizimda  suvning  o‘rni  va  ahamiyati  nihoyatda  muhim 
bo‘lib,  biosferadagi  hayotning  mavjudligini  hamda  biosferaning  evolyusion 
rivojlanishini ta’minlaydi.  
Suv harakatchan bo‘lganligi sababli muhim geomorfologik omil sifatida yer 
yuzasi  relyefini  o‘zgartirishda  ishtirok  etadi,  ya’ni  ma’lum  yerdagi  parchalangan 
tog‘  jinslarini  yuvib  ularni  suv  havzalarining  quyi  qismiga  olib  borib  yotqizadi. 
Natijada  yer  yuzasida  ichki  kuchlar  ta’sirida  paydo  bo‘lgan  balandliklarning 
tekislanishi yuz beradi.  
Suv  kundalik  hayotimizning  barcha  sohalarida  qo‘llanilishi  bilan  boshqa 
tabiiy  resurslardan  katta  farq  qiladi.  Chunki  jamiyatda  suvning  o‘rnini  bosa 
oladigan  boshqa  resurs  yo‘q.  Masalan,  agar  ko‘mir,  neft,  gaz  kabi  yoqilg‘ilarni 
olsak, ularni o‘rnini bosa oladigan atom, termoyadro, quyosh yoki gidroenergiyalar 
mavjuddir. Lekin hozirgacha suvning o‘rnini bosa oladigan boshqa resurs yo‘q. Bu 
esa  suvni  juda  muhim  bebaho  tabiiy  resurs  ekanligidan  dalolat  beradi.  Suv 
geografik  qobiqdagi  barcha  jarayonlarda  ishtiroq  etadi.  U  yer  yuzidagi  modda  va 
energiya aylanishida faol ishtirok etadi. Fotosintez jarayonida yiliga 4,6·10
11
 tonna 
kislorod ajralib chiqishi uchun 2,25·10
11
 tonna suv zarur. 
Planetamizdagi  suv  qoplami  uning  issiqlik  tartibini  belgilab  beradi.  Okean 
va  dengizdagi  suvlar  quyoshdan  kelayotgan  issiqlikning  qariyib  55  %  ni  to‘plab, 
qishda  uning  atrofini  juda  ham  sovib  ketishdan  saqlab  turadi.  Atmosferadagi  suv 
bug‘lari esa quyosh radiatsiyasining filtri hisoblanadi. 
Suv  yuqori  issiqlik  sig'imiga  va  past  issiqlik  o‘tkazuvchanlik  xususiyatiga 
egaligi  bilan  fasllar  va  ob-havoning  o‘zgarishiga  katta  ta  ’sir  ko‘rsatadi. 
Quyoshdan  keladigan  issiqlikni  o‘ziga  yutib,  yillik  va  sutkalik  harorat 
o‘zgarishlarini tartibga solib turadi.  
Suv  –  eng  arzon  elektr  energiya  manbaidir.  Dengizlar,  daryolar  va  boshqa 
bir  qator  suv  havzalari  suv  yo‘llari  vazifasini  bajaradi,  aholini  baliq  va  boshqa 
mahsulotlar  bilan  ta’minlaydi.  Sanoatning  turli  sohalarida  katta  miqdorda  suv 


119 
 
ishlatiladi.  Jumladan,  1  tonna  po‘lat  ishlab  chiqarish  uchun  4000,  qog'oz  ishlab 
chiqarish uchun 1000, tabiiy  nitrotsellyulozalar ishlab chiqarish  uchun  750, shoyi 
ishlab chiqarish uchun 400, sodalar olish uchun 300, sirka ishlab chiqarish uchun 
100, sintetik benzin olish uchun 50-90 m
3
 suv sarflanadi. 
Suv  ayniqsa  organizmlarning  yashashi  uchun  juda  muhim  ahamiyatga  ega.  
Yer  yuzidagi  tirik  organizm  suvsiz  yashay  olmaydi.  CHunki  yer  yuzidagi  barcha 
tirik  organizm  tanasi  va  to‘qimalarida  ma’lum  miqdorda  suv  mavjud.  Suv  tirik 
organizmlar uchun birlamchi hayot muhiti hisoblanadi. Inson organizmining 65 % 
dan  ortig‘i,  o‘simliklarning  85-90%,  hayvonlar  organizmining  75%  suvdan 
iboratdir.  Inson  organizmi  uchun  suv  o‘ta  muhim.  Agar  inson  tanasidagi  suvning 
12  %  ni  qandaydir  sabablarga  ko‘ra  birdaniga  yo‘qotsa,  u  holda  inson  halok 
bo‘ladi.  Suv  tufayli  organizmda  hayotiy  muhim  mineral  tuzlar  eritma  holatida 
mavjuddir. Suv ishtirokida qon turli moddalarni so‘rib oladi va boshqa to‘qimalar 
oralig‘ida  sintez  yuz  beradi.  Organizmning  turli  organlaridagi  va  to‘qimalaridagi 
suvning miqdori deyarli bir xil bo‘lib, ular quyidagi raqamlarda ifodalanadi: bosh 
miya yarim shari qobig‘ida 83,3 %, bog‘lovchi to‘qimada – 80 %, buyrakda – 82 
%, terida – 72 %, suyakda – 22 %, tish emalida – 0,2 %.  
Shu  bilan  birga,  suv  organizm  uchun  termoregulyator  vazifasini  ham 
bajaradi.  SHu  sababli  har  bir  inson  sutka  davomida  havo  haroratiga  qarab  2  –  4 
litrdan  (past haroratda)  6 – 6,5 litrgacha (harorat + 40
o
S bo‘lganda) suv iste’mol 
qiladi.  Inson  organizmiga  ko‘p  moddalar,  albatta  tarkibiy  qismida  suv  bo‘lgan 
ovqat  bilan  birga  kiradi.  Inson  organizmida  (Mendeleyev  kimyoviy  elementlari 
davriy sistemasidagi) 40 ta kimyoviy elementlar borligi aniqlangan, ya’ni birinchi 
navbatda  nisbatan  katta  miqdorda  O
2
,  S,  N,  lar  borligi  qayd  etilgan.  Inson 
organizmiga  uning  tanasi  to‘qimalari  tarkibidagi  Ca,  Mg,  Na,  K,  P  va  boshqa 
elementlari bo‘lgan mineral tuzlarning 80 % i suv bilan birga kiradi. Tananing tirik 
to‘qimasida bu elementlar asosan kimyoviy birikma ko‘rinishida bo‘ladi.    
Suv  insonning  shaxsiy  gigiyenasi  uchun  ham  juda  zarur  omillardan 
hisoblanadi.  Har  bir  inson  sutkada  shaxsiy  gigiyenasi  va  maishiy-kommunal 
zaruriyatlari uchun o‘rtacha 150-200 litr suv sarflaydi.   


120 
 
Planetamizning  ko‘plab  tumanlarida  toza  ichimlik  suvi  yetishmovchiligi 
muammosi  asosiy  muammoga  aylanib  bormoqda.  Olingan  ma’lumotlardan 
ko‘rinib turibdiki, chuchuk suv zahiralari gidrosferadagi umumiy suv hajmining 2 
foizga yaqinini tashkil qiladi. Yerdagi chuchuk suv zahiralari yer osti suvlari bilan 
qo‘shib hisoblanganda 47 mln.km
3
 atrofida. Bu suvlarning kattagina qismi (24 mln 
km
3
)  Antarktida,  Grenlandiya,  qutb  orollari  va  tog'liklardagi  muzliklarga  to‘g'ri 
keladi.  
Quruqlikning  taxminan  60  foizini  arid  va  yarim  arid  yerlar  egallagan.  Bu 
hududlarda  yashovchi  aholi  oddiy  ichimlik  suvi  yetishmovchiligidan  aziyat 
chekmoqdalar.  Bunday  kam  suvli  hududlarga  Afrika  qit’asining  katta  qismi, 
Meksika,  Pokiston,  Eron,  AQSHning  o‘nlab  shtatlari  va  O‘rta  Osiyoning  arid 
iqlimli  mintaqalari  kiradi.  Chuchuk  suv  yetishmovchiligi  nam  iqlimli  gumid 
mintaqalarda  ham  sezilmoqda.  AQSHning  bir  qator  shtatlarida,  Kanada,  Janubiy 
Amerikaning  tropik  mintaqalarida,  Osiyo  va  Afrikada  tabiiy  suv  yetarli  bo‘lsada, 
ularga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortgan. Bu yerlardagi eng muhim suv manbalarining 
ifloslanishi chuchuk suv yetishmovchiligiga olib kelmoqda. AQSH aholisining 1/7 
qismi  suv  yetishmovchiligini  boshidan  kechirmoqda.  Kelajakda  Germaniya, 
Fransiya,  Buyuk  Britaniya  va  G'arbiy  Yevropaning  boshqa  davlatlarida  suv 
yetishmovchiligi  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Bu  hol  tobora  soni  o‘sib  borayotgan 
insonlarning  suvga  bo‘lgan  ehtiyojini  ta’minlashning  boshqa  yo‘llarini  qidirib 
topishga  majbur  qiladi.  Shu  maqsadda  yer  osti  suvlari  har  tomonlama 
o‘rganilmoqda va ishlatilmoqda. Aysberg muzlaridan foydalanish loyihalari ishlab 
chiqilmoqda.  Sho‘r  suvlarni  chuchuklashtirishga  katta  e’tibor  qaratilmoqda. 
Buning  uchun  ko‘plab  mamlakatlarda  chuchuklashtirish  stansiyalari  qurilmoqda. 
Dunyo bo‘yicha hozirgi kunda 800 dan ortiq chuchuklashtiruvchi stansiyalar ishlab 
turibdi.  Ularda  sutkasiga  1,7  mln.  m

chuchuk  suv  ishlab  chiqilmoqda. 
Chuchuklashgan suvlarning 90 foizi ichimlik suvi sifatida ishlatilmoqda. 
Qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  sug'orish  davomida  juda  ko‘p  miqdorda  suv 
yo‘qotiladi.  AQSH  da  sug'orish  uchun  ishlatiladigan  suvning  yo‘qolish 
koeffitsiyenti  0,6  ga  teng,  hamdo‘stlik,  ya’ni  MDH  mamlakatlarida  0,4  dan  0,7 


121 
 
gacha,  Qozog'istonning  janubida  esa  0,25-0,35  gacha  o‘zgarib  turadi.  Bu  esa 
kelajakda  ekinlarni  sug‘orishda  suvtejamkor  sug‘orish  texnologiyalarini  yanada 
kengroq joriy qilishni talab qilmoqda. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish