8.6. Atmosferani muhofaza qilish tadbirlari.
O‘zbekistondagi ifloslantiruvchi manbalardan yiliga atmosferaga
4 mln. t yaqin zararli moddalar chiqmoqda. Ulardan 50 % SO
2
, 15 %
SN
4
, 14 % CO
2
, 9 % NO
2
, 8 % qattiq moddalar, 4% o‘tkir zaharli
moddalardir. Qoraqum va Qizilqum sahrolari chang b o‘ronlari tufayli
atmosferani chang to‘zon bilan ifloslantiradi. Orol dengizini qurigan
qismidan chang va tuz atmosferani ifloslantiradi. Olmaliq, Ohangaron,
Andijon, Buxoro, Qo‘qon, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va CHirchiq
kabi sanoatlashgan shaharlarda ftoridlar, q o‘rg‘oshin, SO
2
, CO, NO,
Cl va F li vodorodlar, NO
2
, NH
3
va chang miqdori RECHK dan yuqori.
Havo tarkibidagi zararli gazlar t o‘g‘ridan-to‘g‘ri nafas yo‘llariga
kirib, o‘pkaga va qonga o‘tadi. Bu hodisa ayniqsa yoshi o‘tgan
kishilarga, yosh bolalarga k o‘proq ta’sir etadi va turli xil surunkali
kasalliklarga sabab b o‘ladi.
110
Atmosferaga chiqarilayotgan har qanday modda ifloslantiruvchi
hisoblanadi, faqatgina suvning tabiatda aylanishida ishtirok etuvchi suv bundan
mustasno. Atrof muhit komponentlari bir-biriga dialetik bog‘langanligi tufayli
insonning xo‘jalik faoliyati natijasida ifloslangan atmosfera o‘z navbatida
tabiatning boshqa komponentlariga ham ta’sir etib, inson, hayvonlar va o‘simliklar
organizmida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. SHu sababli biz atmosfera
ifloslanishini inson organizmiga, hayvonlar va o‘simliklarga salbiy ta’sirini ko‘rib
chiqamiz.
1.
Havoning ifloslanishi kishi organizmga salbiy ta’sir etib, ular
salomatligining yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, oltingugurt oksidi,
uglerod oksidi, uglerod sulfid, vodorod sulfid, ftor brikmalari, azot oksidlari, har
xil sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar va qishloq xo‘jalik pestitsidlari kishi
organizmida har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.
2.
Atmosfera havosini ifloslanishi o‘simliklarning va qishloq xo‘jalik
ekinlarining normal o‘sishiga ham salbiy ta’sir etadi. Sanoat markazlaridan
ko‘tarilgan har xil zaharli chang va gazlar yana qaytib qishloq xo‘jalik ekinlariga
tushadi, ular modda almashinishini buzadi, natijada ekinlar, o‘simliklar kasallanib
kam hosil beradi yoki quriy boshlaydi.
3.
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham salbiy ta’sir etadi.
Hayvonlar atmosferadagi havodan nafas olganda hamda o‘simliklar bilan
ovqatlanganda uning organizmi zaharli chang (ftor, qo‘rg‘oshin, surma va boshqa)
va har xil gazlar bilan zaharlanadi. Hozir hayvonlar orasida "sanoat flyufozi" kasali
keng tarqalib, o‘simlik, suv va yem-xashak tarkibida to‘planib qolgan ftor moddasi
tufayli vujudga kelgan.
4. Atmosferaning ifloslanishi tunuka tomlar zanglashini, binolar va boshqa
inshoatlarning nurashini, korroziyaga uchrashini ham tezlashtiradi. SHu sababli
havo ko‘proq ifloslangan shaharlarda korroziya jarayoni qishloqlarga nisbatan 100
marta ortiqdir.
Atmosferaning
ifloslanishini
oldini
olish
tadbirlari:
avtomobillarni gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish,
111
neftni
qayta
ishlash
zavodida
neftni
q o‘shimcha
ravishda
oltingugurtdan
tozalash,
chiqindisiz
va
kamchiqindili
texnologiyalarni tadbiq qilish, rudalardan kompleks foydalanish,
mazutni oltingugurtdan tozalashni takomillashtirish, kauchuk ishlab
chiqarish zavodlarida q o‘shimcha sulfat kislotasi, spirtni ajratib olish,
mazut va ko‘mir o‘rniga gaz yoqilg‘isini ishlatis h, shaharlarga yaqin
joylardagi sanoat korxonalarini joylashtirishni optimallashtirish,
sanitariya himoya mintaqalarini tashkil etish, k o‘kalamzorlashtirish,
changlarni, zararli moddalarni yutuvchi filtrlardan foydalanish,
adsorbsiya usullari yordamida z aharli gazlarni tozalash va boshqalar.
Atmosferani muhofaza qilishda oldini olish tadbirlaridan tashqari
havo ifloslanishinining zararli ta’sirini kamaytiruvchi tadbirlar ham
muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlar 3 ta katta guruhga b o‘linadi: 1.
Atmosfera
havosini
muhofaza
qilishning
huquqiy
chora-tadbirlari;
2.
Texnologik tadbirlar; 3. Loyihalashga asoslangan tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |