Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


-rasm. Yirik shahardagi “Fotokimyoviy tutun (smog)” hodisasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   189
Bog'liq
ekologiya

 
8.5-rasm. Yirik shahardagi “Fotokimyoviy tutun (smog)” hodisasi 
 
8.4.3. Kislotali yomg‘irlar. 
Yaqin  o‘tmishda  ham  biz  bahor  momaqaldirog’idan  keyin  shovullab 
quyadigan  yomg’ir,  yoz  yomg’iri  yoki  qishdagi  laylakqordan  quvonar  edik.  Ular 
har  bir  faslning  o‘z  zavqi  borligini  bildirar  edi.  Endi  esa  ekologlar  ehtiyot 
bo‘lishimizni  va  uydan  bosh  kiyimsiz  va  soyabonsiz  chiqmasligimiz  haqida 
ogohlantiradi! 


105 
 
Atmosferaga  nima  bo‘ldi  ekan,  nima  uchun  oddiy  hodisa  bo‘lgan 
yog‘ingarchilikdan biz qo‘rqib qoldik? 
Ildam  qadamlar  bilan  rivojlanib  borayotgan  sanoat  yildan-yilga  ko‘proq 
yoqilg‘i yoqishni talab qilmoqda. Yomg'ir kunlari soyabonlardan foydalanishning 
sababi ham shunda, yomg'irdan ivib ketishda emas. 
Biz avtomobil dvigatellari va qozonxonalarda shunchalik ko‘p yoqilg'i yoqib 
yuboramizki,  havoni  azot  oksidlari  va  oltingugurt  dioksidlari  bilan  ifloslantirib 
yuborganmiz. Oqibatda yog’ayotgan yomg’ir suvi taxir bo‘lib qoladi. 0‘shandagina 
biz "kislotali” yomg‘irlarning salbiy ta’siri haqida so‘zlay boshladik. 
Kislotali  yomg‘irlar  o‘rmonlarning  yo‘q  bo‘lib  ketishi,  hosilning  nobud 
bo‘lishi, tuproq unumdorligining pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. 
Bundan  tashqari,  kislotali  yomg‘irlar  binolar,  madaniy  yodgorliklar, 
quvurlarni  yemirmoqda,  avtomobillarni  ishdan  chiqarmoqda,  zaharli  metallar 
yerning suv sizib o‘tadigan qatlamlariga kirib borishi mumkin. 
Kislotali  yomg'irlar  yog‘ishining  oqibatini  AQSH,  Germaniya,  Chexiya, 
Shveytsariya,  Avstraliya  va  sanoati  rivojlangan  boshqa  ko‘plab  mamlakatlarda 
kuzatish mumkin. 
Kislotali  yomg‘irlar  ko‘l,  daryo  va  boshqa  suv  havzalariga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatadi,  ulardagi  taxirlik  darajasi  ko‘tarilib,  suvdagi  o‘simlik  va  hayvonlar 
nobud  bo‘ladi.  Suv  tubida  organik  moddalar  ko‘payib,  ulardan  zaharli  metallar  - 
alyumin, simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy ajralib chiqadi. Ushbu zaharli metallar suvga 
o‘tib, inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. 
Kislotali yomg‘irlar nafaqat suvning o‘simlik va hayvonot olami uchun zarar 
yetkazadi, balki ular yerdagi o‘simliklarni ham nobud qiladi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish