Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   189
Bog'liq
ekologiya

Fotokimyoviy  tutun  (smog)
  –  bu  ma’lum  iqlim  sharoitlarida  sanoat 
korxonalari, transport vositalari va issiqlik energetikasi tarmoqlaridan chiqayotgan 
tutun  hisobiga  atmosfera  havosining  zararli  moddalar  bilan  haddan  tashqari 
ifloslanishidir.  Dastlab  “smog”  deganda  katta  miqdorda  ko‘mir  yoqilganda  hosil 
bo‘ladigan tutun tushunilgan. O‘tgan asrning 50-yillarida amerikalik olim Xaagen  
Smit Kaliforniyada hosil bo‘lgan “smog” hodisasini “fotokimyoviy tutun (smog)” 
tipiga  -  “Fotokimyoviy  tutun  (smog)”  hodisasi  atmosfera  havosi  tarkibida  azot 
oksidlari,  ozon,  azot  birikmalari  va  uchuvchan  organik  moddalarning  ko‘payishi 
natijasida  hosil  bo‘ladi  deb  ta’rif  bergan.  Yuqorida  nomlari  keltirilgan  modda  va 
birikmalar  yuqori  kimyoviy  faollikka  ega  va  bugungi  kunning  eng  dolzarb 
muammolaridan  biri  hisoblanadi.  “Fotokimyoviy  tutun  (smog)”  hosil  bo‘lganda 
turli gazlar hisobiga havo og‘irlashib, sarg‘ayib tuman hosil bo‘ladi va juda yomon 
qo‘lansa hid paydo bo‘ladi. 
Bunday  hodisa  birinchi  marta  Buyuk  Britaniya  poytaxti  Londonda 
kuzatilgan. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan 
ortiq  kishi  nobud  bo‘lgan.  Kuzatishlar  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  London  smogining 
hosil bo‘lishida CO

gazi  asosiy  o‘rinni egallaydi. Bu  hodisa vaqtida  atmosferada 
turli  zararli  gazlarning  miqdori  5-10  mg/m
3
  va  undan  yuqori  bo‘ladi.  Keyingi 
yillarda  dunyoning  yirik  shaharlarida  London  va  Los-Anjeles  tipidagi  smoglar 
qayd  qilingan.  Fotokimyoviy  tutun  (smog)  hodisasining  oldini  olish  muhim 
ahamiyatiga  ega.  Yer  yuzida  atmosfera  havosining  ifloslanishini  kamaytirish 
uchun  tezlik  bilan  zarur  choralar  ko‘rilishi  lozim.  Amerikalik  meteorolog  Luis 
Battan aytganidek: «Yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, yoki tutun yer 
yuzidagi insonlarni kamaytiradi». 


104 
 
Yirik  sanoat  shaharlari  havosida  inson  uchun  zararli  bo‘lgan  aerozol 
zarrachalar  miqdori  belgilangan  me’yorlardan  10-20  marta  ko‘p  bo‘lib,  kasallik 
tarqatuvchi  bakteriyalar  ham  me’yordan  5-10  marta  ortiq  bo‘lishi  aniqlangan. 
AQSH  (Los-Anjeles,  Pittsburg,  Donora...),  G‘arbiy  Yevropaning  yirik  sanoat 
shaharlarida  (London,  Afina,  Nitssa,  Milan...  ),  Xitoyning  yirik  shaharlari  va 
Mexiko,  Tokio,  Iokogama  kabi  megapolis  shaharlarda  zaharli  gaz  va  changlar 
aralashmasidan  vujudga  kelgan  achchiq  tuman  -  smog  yil  davomida  bir  necha 
marta  kuzatiladi.  Tokioning  sanoatlashgan  hududlarida  yashovchi  aholi  tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazilganda aholining 35% i, AQSH ning Donora shahrida 65 yoshdan 
oshgan  aholining 60 foizi smog  tufayli  o‘pka  va boshqa  nafas yo‘li kasalliklariga 
chalinganligi aniqlangan. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish