8.4. Atmosfera havosining ifloslanishi oqibatlari.
Atmosferga tabiiy va antropogen omillar ta’sirida chiqarilayotgan turli
gazlar va qattiq zarrachalar hisobiga quyidagi ekologik muammolar kelib
chiqmoqda:
1. “Issiqxona samarasi” hodisasi;
2. Ozon qatlamining yemirilishi;
3. “Fotokimyoviy tutun” hodisasi;
4. Kislotali yomg‘irlar.
Quyida ushbu ekologik muammolarga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
8.4.1. “Issiqxona samarasi” hodisasi.
Hozirgi kunda planetamizda iqlim o‘zgarishi holatlari, ya’ni Yer yuzasida
o‘rtacha yillik haroratning ko‘tarilib borayotganligini kuzatish mumkin. Ko‘pgina
olimlar bunga asosiy sabab sifatida atmosfera havosi tarkibida karbonat angidrid
(CO
2
), metan (SN
4
), xlorftoruglevodorodlar (freon), ozon (O
3
), azot oksidlari
(NO
x
) miqdorining ortib ketishini k o‘rsatmoqda (8.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |